Parazit
chuvalchanglarni
o'rganish.
Parazit
chuvalchanglarni
gelmintologiya fani o'rganadi. Gelmintlarni o'rganish va ularga qarshi
kurash choralarini ishlab chiqishda K.I. Skryabin boshchiligida gelmintolog
olimlar ko'p ishlarni amalga oshirishgan. Gelmintlarni o'rganishga bizning
vatandoshlarimiz ham katta hissa qo'shishgan. Ibn Sino o'zining «Tib
qonunlari» asarida dorivor giyohlar yordamida odam ichagidan parazit
chuvalchanglarni haydab chiqarish haqida yozgan. O'zbek olimlari A.T.
To'laganov o'simlik gelmintlarini, M.A. Sultonov, J.A. Azimov, E.X.
Ergashev yovvoyi va uy hayvonlari hamda o'simlik gelmintlarini
o'rganishgan. Olimlar olib borgan tadqiqotlar parazit chuvalchanglar
yetkazadigan zararni keskin kamaytirishga imkon berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |