g'azal Iug‘atda ayollarga do ‘st bo ‘lishga intilish dem akdir», - deb
yozadi XIX asrda yashagan hindistonlik olim Qobul M uhammad
«H aftqulzum » nomli asarida.
G ‘azal lirik turning Sharq adabiyotida eng k o ‘p tarqalgan va
eng m ashhur janri b o ‘lib, o ‘ziga xos qofiyalanish, taxallus q o ‘llash,
hajm, kom pozitsiya va g ‘oyaviy-tem atik xususiyatlarga ega.
O datda g ‘azalning dastlabki ikki misrasi o ‘zaro qofiyalanib,
qofiyalangan bayt matla' yoki mabda' deyiladi. Undan keyingi
baytlam ing toq m isralari ochiq qolib, ju ft m isralar matla' bilan
qofiyadosh b o ‘ladi. Oxirgi bayt m aqta’ deb ataladi va aksar hollarda
m aqta'da (ba'zan undan oldingi baytda) shoirning taxallusi keladi.
M asalan, yetti baytli g ‘azalning qofiyalanish tartibi quyidagicha
bo'ladi:
a-a, b-a, v-a, g-a, d-a, e-a, j-a .
B a’zan g ‘azallar taxallussiz b o iis h i ham m umkin. Masalan,
Navoiy devonidagi 27 ta g ‘azalda taxallus uchramaydi.
«G ‘azalning
chegarasi
11
baytdir»,
deb
yozadi
Qobul
M uhammad. Ammo o ‘tm ish va keyingi davrlarda yozilgan g ‘azallar
k o ‘zdan kcchirilsa, g ‘azallar besh baytdan o ‘n besh baytgacha
b o ‘lishi k o ‘zga tashlanadi. Lekin shunday bo ‘lishiga qaramay,
g ‘azallam ing aksariyati 7 va 9 baytli g'azallardir. M asalan, Alisher
N avoiy «Xazoyin ul-m aoniy» devonidagi 2600 g ‘azaldan 1747 tasi
7 baytli, 695 tasi 9 baytli g ‘azallardir.
G ‘azal baytlari orasidagi m azm uniy aloqadorlik ham muhim
m asalalardan
biridir.
G ‘azal
baytlari
orasidagi
mazmuniy
aloqadorlikning m uayyan k o ‘rinishi uning turli kompozitsion
tiplarini yuzaga keltiradi. Baytlararo m azm uniy aloqadorlik ikki xil
bo‘lib, g ‘azallar kom pozitsion jihatdan ikki turga b o ‘linadi:
1.Parokanda g ‘azallar.
2.Y akpora g ‘azallar.
Parokanda so‘zi tarqoq, sochilgan degan m a'nolam i bildiradi.
Parokanda g ‘azallarda boshdan-oyoq yagona fikr, kechinm a yoki
holat tasvirlanmaydi. H ar bir bayt m azm unan m ustaqil b o iib ,
avvalgi bayt keyingi baytning mazmunini belgilam aydi. Yagona
kechinm a yoki holat tasvirining y o ‘qligi sababli parokanda
g ‘azal!ardagi baytlam ing o ‘rni alm ashtirilsa yoki biror bayt tushib
10
qolsa ham, g ‘azalning umumiy mazmuniga unchalik putur
yetmaydi. Albatta, matla' va maqta' bundan mustasnodir. Chunki
matla'dagi misralar o ‘zaro qofiyadosh bo‘lsa, maqta'da shoiming
taxallusi keladi.
Parokanda g ‘azal
namunasi bo‘lgan Atoiyning quyidagi
g ‘azalini k o ‘rib chiqaylik:
Jam oling vasfini qildim chamanda,
Qizordi g ul uyattin anjumanda.
Tamanno qilg ‘ali la ’lingni ко ‘nglum,
Kishi bilmas onikim qoldi qanda.
Chu jonim din aziz jonona sensan,
Kerakmas jo n mango sensiz badanda.
M anga ul dunyada ja n n a t na hojat,
Do'stlaringiz bilan baham: