3
K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi
. Milliy mafkuraning diniy falsafiy ildizlaridan
biri, kishilarni komillik darajasiga yetkazishga xizmat qiladigan ta’limot-
tasavvufdir. Tasavvuf islom dini zaminida va islomiy haqiqatlar bag‘rida
vujudga kelgan, avliyolar e’tiqodidan tug‘ilgan, qariyb o‘n ikki asrdan beri
yashab kelayotgan ta’limot bo‘lib, unda insonning bir qancha ezgu istaklari va
ideallari mujassam. Tasavvuf asrlar osha kishilarni sog‘lom e’tiqod,
yuksak
ma’naviyat irfoniy tafakkur, ma’rifat va madaniyatga chorlagan va tarbiyalagan.
Jahonda tasavvuf diniy-irfoniy ta’limoti islom dinining keng tarqalishida
muhim rol o‘ynagan. Undagi komil inson g‘oyasi, yuksak ma’naviy
fazilatlarni shakllantirish yo‘llarini ko‘rsatishga undab kelgan. Islomning jahon
sivilizatsiyasiga munosib hissa qo‘shgan insonparvar din sifatida tarqalishi
bevosita tasavvuf ta’limoti bilan bog‘liq. Chunki «xavfsizlik, millatlararo
totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan,
o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat»
mamlakatimizda strategik
vazifalardan biri sifatida belgilab olindi
1
.
Mustaqillik yillarida muqaddas islom ta’sirida rivojlangan mumtoz
adabiyotni o‘rganish, islom dinining keng taraqqiy etishi, hamda uning
zamirida paydo bo‘lgan tasavvuf ta’limotining ilg‘or g‘oyalarini o‘rganish
yo‘lga
qo‘yildi.
O‘zbekistonda
demokratik
jarayonlarni
yanada
chuqurlashtirishning
yangi bosqichi boshlanib, so‘nggi yillarda O‘zbekiston
Respublikasi hukumati tomonidan din sohasida ham qator muhim hujjatlar
imzolandi va amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Islom akademiyasi,
Islom madaniyati
xalqaro markazi tashkil etilib, ish boshladi. Buxoro
shahrida tasavvufshunoslik maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bahouddin
Naqshband, Xoja Ahror Valiy Najmiddin Kubro, Abduxoliq G‘ijduvoniy
kabi mashhur mutasavviflar yubileylari nishonlandi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan
Millatlar Tashkiloti Bosh
Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi // «Xalq so‘zi», 2017 yil 20 sentyabr.
4
Tasavvuf ta’limotining yirik namoyandalari ilmiy ijodi namunalaridan
ko‘plab asarlar nashr qilindi. Respublikamiz rahbari BMT Bosh
assambleyasining 72-sessiyasida «Butun jahon jamoatchiligiga islom dinining
asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni muhim vazifa»
1
ekanligi to‘g‘risidagi
xulosasini
davom ettirib, Oliy majlisga murojaatnomasida islom dinining,
jumladan, tasavvuf ta’limotining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lgan diniy
bag‘rikenglikni ta’minlash sohasida ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi
2
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-
son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida»gi, 2017- yil 14- fevral PF-2774-son «Imom
Termiziy
xalqaro ilmiy tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
Farmonlari, «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi 2017-yil 23-iyundagi PQ-3080-son Qarori hamda mavzuga oid
boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda
hamda mumtoz o‘zbek adabiyotida tasavvuf ta’limotining o‘rganilishida
adabiyotshunos
Najmiddin
Komilov
tadqiqotlarining
muhim
ekanligi
mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: