Najmiddin komilov tadqiqotlarida tasavvuf va komil inson masalalari talqini



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/33
Sana27.01.2022
Hajmi0,81 Mb.
#412677
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
Bog'liq
najmiddin komilov tadqiqotlarida tasavvuf va komil inson masalalari talqini

tasavvuf, bu – 
Mutlaq ilohni tanish va sevish; avliyolar e’tiqodidan tug‘ilgan; pokiza axloq 
haqidagi ilmdir”,
degan xulosaga keladi. 
Olimni kitobxonlar nozik didli mohir tarjimon sifatida ham yaxshi 
bilishadi. Xususan, Farididdin Attorning “Ilohiynoma” (1994), Husayn Voiz 


14 
Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” (1994), 
Shayx Aziziddin Nasafiyning “Zubdat ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar qaymog‘i”–
1996) kabi asarlarini ustakorlik bilan o‘zbekchalashtirdi. 
Sharq mumtoz so‘z san’ati va tasavvuf falsafasining bilimdoni bo‘lib 
tanilgan Najmiddin Komilov uzoq yillar tarjimashunos olim sifatida faoliyat 
yuritgan bo‘lsa-da, u aslida ilmga navoiyshunos o‘laroq kirib kelgan edi. Uning 
tadqiqotchilik faoliyati 1965-yilda taniqli adabiyotshunos olim Rahmonqul 
Orzibekov rahbarligida yozgan “Fors-tojik adabiyotida Alisher Navoiyga 
izdoshlik tarixidan” nomli diplom ishi bilan boshlangan edi. Keyin bu salmoqli 
ishning asosiy xulosalari ustoz-shogird nomidan “Navoiy va adabiy ta’sir 
masalalari” to‘plamida nashr etildi
1
. Maqolada, jumladan, shunday fikrlarni 
o‘qiymiz: “Alisher Navoiyning o‘zidan keyingi tojik adabiyotiga ta’siri, 
dastavval, shunda ko‘rinadiki, Navoiygacha o‘zbek shoirlari ijodida 
zullisonaynlik (o‘zbek va tojik tilida she’r yaratish) ancha keng tarqalgani holda 
(Xorazmiy, Lutfiy, Atoiy va boshqalar), tojik shoirlari ijodida bu hol deyarli 
uchramas edi. XV asrning oxiri va XVI asrning boshlaridan boshlab tojik 
adiblari orasida ham turkiygo‘ylik paydo bo‘ldi. Bu esa o‘zbek adabiyotini 
yuksaklikka ko‘tarib, o‘zbek tilining qudratini namoyish etgan Navoiyning 
bevosita ta’siri natijasi edi. Tojik shoirlaridan birinchi bo‘lib o‘zbekcha she’r 
yozgan Navoiyning shogirdlari Kamoliddin Binoiy, Badriddin Hiloliy, 
Davlatshoh Samarqandiy, Zayniddin Vosifiylar edi”
2

Aslida Najmiddin Komilovdagi mumtoz adabiyotga muhabbat tug’ma 
bo‘lib, otasi Komil Qodir va onasi Iqlima Abduquddus qizi o‘z davrining 
ma’rifatli kishilari bo‘lib, oilada Sharq so‘z san’atining Shayx Sa’diy, Jaloliddin 
Rumiy, Xo‘ja Hofiz, Mir Alisher va Mirzo Bedil kabi zabardast namoyondalari 
asarlari mutolaa qilinardi. Sa’diyxonlik, rumiyxonlik, hofizxonlik, navoiyxonlik, 
bedilxonliklar ruhida tarbiyalanib, so‘zga erta oshno bo‘lgan yosh Najmiddin 
boshlang’ich ma’lumotni ham oilada oladi; o‘z ta’biri bilan aytganda, “muallimi 
1
Qarang: Orzibekov R., Komilov N. Fors-tojik adabiyotida Navoiyga izdoshlik tarixidan // Navoiy va 
adabiy ta’sir masalalari (Maqolalar to’plami) Fan, 1968. 330-343-betlar. 
2
O’sha maqola. 332-bet. 


15 
avval” bo‘lmish onasi qo‘lida savod chiqarib, yaxshigina qur’onxon bo‘ladi. 
maktab ostonasini kechikib hatlashi ham shundan. “Najmiddinning navnihol 
ruhiga singdirilgan ana o‘sha fazilat uni bir umr ilohiyot, sharq mumtoz 
adabiyoti, tasavvufga oshno qilib qo‘ydi. Undagi mumtoz ijodkorlar she’riyatiga 
mayin ishoralar, ma’rifiy-majoziy qochirmalar, yer-u samoni birlashtiruvchi 
mo‘jizaviy qudratga dahldor tashbehlardan teran lazzat olish baxti ana o‘sha 
nuqtadan boshlanadi”
1
. Bu haqda olimning o‘zi keyinchalik shunday yozgan edi:
“Navoiy -men qayta-qayta murojaat qiladigan, qayta-qayta o‘qib 
lazzatlanadigan, qalbim to‘ridan joy olgan shoir. Go‘daklikda birinchi bo‘lib 
qulog’imga chalingan she’rlar Hofiz Sheroziy bilan Alisher Navoiyniki bo‘lgan. 
Navoiyning rahmatli onamdan qolgan eski bir saylanma devonini mo‘tabar tutib, 
hamon saqlab yuraman. 
Navoiy she’rlarini har gal o‘qiganda yangi-yangi ma’nolar topganimdan 
quvonib ketaman. Navoiy haqida soz’ aytganim, ayrim sharhlar bilan bu zoti 
sharif asarlari ma’nosiga yo‘l topganimdan baxtiyorman”
2

Najmiddin Komilov serqirra iste’dod sohibi bo‘lib, u nafaqat zabardast 
tarjimashunos, ayna paytda Sharq mumtoz adabiyoti va tasavvuf masalalarini 
teran tadqiq etgan nuqtadon adabiyotshunos, qator adabiy va tasavvufiy asarlarni 
mahorat bilan tarjima qilgan mohir mutarjim, yaxshigina ta’bi nazmi bor hassos 
shoir edi. Bilimdon olim qalamiga mansub har bir maqola keng o‘quvchilar 
ommasi e’tiborini tortib, adabiy jamoatchilik e’tirofini qozongan, har bir kitobi 
o‘ziga xos adabiy voqea bo‘lgan. “Ibn Sino va Dante”(1983), 
“Tasavvuf”(1996),”Tavhid asrori”(1999) kabi salmoqli tadqiqotlari buning 
yorqin isbotidir. Bundan tashqari, u “Tarjimon mahorati”(1979),”Do‘stlik 
ko‘priklari” (1979) “Bu qadimiy san’at” (1985),”Najmiddin Kubro” (1995), 
“Tafakkur karvonlari” (1999), ‘”Faqr nuri porlagan qalb”(2001), “Xizr 
chashmasi” (2005), “Ma’nolar olamiga safar” (2012) singari 14 ta risola va 
monografiya, 300 ziyod ilmiy va ilmiy-ommabop maqollar muallifi, Fariddin 
1
Vohidov R. Ilohiy ishq jozibasi (Professor Najmiddin Komilov suratiga chizgilar). Samarqand: Zarafshon, 
1998.16-17-betlar. 
2
Komilov N. Xizr chashmasi. Toshkent: Ma’naviyat, 2005.317-318-betlar. 


16 
Attorning “Mantiq ut-tayr” (2004, hammualliflikda), “Ilohiynoma” (1994), 
Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai Sultoniy yohud javonmardlar 
tariqati” (1994), Aziziddin Nasafiyning “Zubdat ul-haqoyiq” (1995), Sulton 
Valadning “Maorif” (1999) asarlarini tarjima qilgan. 
Najmiddin Komilov navoiyshunoslik rivojiga ham salmoqli hissa qo‘shdi. U 
hali tarjimashunoslik sohasida faoliyat ko‘rsatib yurgan davridayoq 1981-yili 
“Guliston” jurnalida “Xamsa” asarlarining nasriy bayonlariga bag’ishlangan 
salmoqli maqolasini e’lon qilgan edi. “Xamsa” dostonlarini ularning bir necha 
nasriy bayonlari bilan misrama-misra qiyoslab o‘rganish orqali zukko olim 
o‘shandayoq “Xamsa” otlig’ behudud olam ichiga kirgan, san’atkor shoirning 
qavat-qavat ma’no qatlamlariga ega asarlari mazmun-mohiyatini anglash, sir-
sinoatlarini kashf etish sari qadam qo‘ygan edi. “Xamsa”ni so‘z gavharlaridan 
bunyod etilgan besh nafosat qasriga tashbeh etib, uni “mukammal va murakkab 
asar, e’joz maqomidagi –eng baland martabadagi san’at obidasi” deb baholagan 
hamda “Xamsa”dostonlarini sharxlash, nasriy bayonga o‘tkazish muhim bir 
tadqiqotni amalga oshirish bilan barobar”degan xulosani ilgari surgan edi. 
1
Qiyosiy tahlil asnosida u o‘zini navoiyshunos sifatida ham namoyon qilib, 
“Xamsa” va uning dostonlari, xususan, “Hayrat ul abror”ning shakliy qurilishi 
va ma’no qirralari , hatto shoirning umumijodi bo‘yicha fikr-qarashlarini
bildiradi va ulug‘ shoir ijodini yaxlit holda o‘rganish lozimligi masalasini 
o‘rtaga qo‘yadi. Maqola orqali u birinchilardan bo‘lib ulug‘ shoir asarlarini 
qisqartirish, diniy-tasavvufiy so‘zlar qo‘llangan o‘rinlarini olib tashlash, ularni 
tushunib-tushunmay tahrir qilish, bo‘lar-bo‘lmas tarashlashga qarshi chiqqan 
edi. 
O‘tgan asr 80- yillarining ikkinchi yarmida jamiyatda esa boshlagan 
erkinlik epkinlaridan foydalanib, Najmiddin Komilov shoirning “Layli va 
Majnun” , “Farhod va Shirin” dostonlari, qator g‘azallarini tasavvuf jihatidan 
o‘rganishni boshlab berdi. “Timsollar timsoli”, “Suqrot-komil inson timsoli”, 
“Ishq otashining samandari” (hammualliflikda), “Jon va jonon mojarosi”, “Shoh 
1
Komilov N. Tarjimami yo talqin (“Xamsa”ning nasriy bayoni xususida) // Xizr chashmasi. 283; 287-betlar. 


17 
va darvesh hikmati”, “Axtarin ishq etti-yu, sovuq nafas oh subh”, “Erur 
ko‘ngulda safo ishq toza dog‘i bila”, “Ahd qildim: ishq lafzin tilga mazkur 
etmayin”, “Soqiyo, talx o‘ldi ayshim hajr bedodi bila” nomli sharhlari bilan 
“Sharq yulduzi”, “Yoshlik” jurnallari, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”
gazetasida chiqishlar qilib, ilmiy jamoatchilik va keng o‘quvchilar ommasining 
e’tiborini qozondi. O‘z vaqtida adabiy hayotda voqea bo‘lgan bu maqolalar 
hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Ular orqali olim Alisher Navoiy 
asarlarining irfoniy mohiyatini ochgan, g‘azallaridagi so‘fiyona istiloh-
timsollarning 
ma’no 
qirralariga 
o‘quvchilar 
e’tiborini 
tortgan, 
adabiyotshunoslarni mumtoz adabiyotni tasavvuf falsafasi nuqtai nazaridan 
tekshirishga da’vat qilgan edi. 
Navoiy 
g‘azallarini sharhlash olim ilmiy faoliyatining asosiy 
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Sharhnavislik bilan muttasil shug‘ullanib, u 
yana shoirning bir qancha g‘azallarini sharhladi. U sharhlagan ulug‘ shoirning 
50 ta g‘azali “Ma’nolar olamiga safar” nomi bilan alohida kitob holida bosilib 
chiqdi.
1
G‘azallar tahlili bahona nuktadon olim janrning o‘ziga xos jihatlari, 
vazn xususiyatlari, uning yakpora, voqeaband, oshiqona va orifona ko‘rinishlari, 
an’ana va yangilik, tasavvuf falsafasi, uning obrazlar olami, asosiy timsol-
tushunchalari, badiiy san’atlar, xalqona urf-odat va rasm-rusumlar haqida ham 
muhim ilmiy-nazariy ma’lumotlar beradi. Jumladan, oshiqona va orifona 
g‘azallar haqida shunday deydi: “Navoiy va ulug‘ shoirlar g‘azallarini ikki 
guruhga ajratib (orifona va oshiqona g‘azallar) o‘rganar ekanmiz, shunga amin 
bo‘lamizki, oshiqona g‘azallar “sof dunyoviy” mazmundagi asarlar emas, shu 
kabi orifona g‘azallar ham butkul dunyoviy g‘oyalardan holi deb bo‘lmaydi. Har 
ikki guruh g‘azallar ham inson fikri, ma’rifati va hissiyotlarini ifodalaydi. 
Orifona g‘azallarda ilohiy ma’rifatga erishish yo‘li bevosita, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
talqin etilsa, oshiqona g‘azallarda bu maqsad dunyoviy kechinmalar, kasrat 
olamining rang-barangligi, bunga oshuftalik va ana shu oshuftalik zamiridagi 
ilohiy go‘zallikni kashf etish, idrok etish buning ming-ming ko‘rinishdagi 
1
Komilov N. Ma’nolar olamiga safar. Toshkent: Tamaddun, 2012. 72-bet 


18 
yo‘llari, qiynoqlari tasvirlanadi. Bunda “majoz” (surat, kasrat) va “haqiqat” 
(ilohiy nur) bir-biriga zid qo‘yilmaydi, biri qabul qilinib, ikkinchisi inkor 
qilinmaydi, balki majozdan Haqiqatga, suratdan Ma’noga qarab borish 
kuzatiladi. Navoiy dunyoqarashining bosh yo‘nalishi shu!”
1
Boshqa bir 
sharhida esa mazkur fikrlarni davom ettiradi: “Alisher Navoiyning oshiqona 
g‘azallarida ham orifona ma’nolar aks ettirilgan va bu “majoz usulida” ijod 
qiluvchi shoirlarda bir usul, an’ana edi”
2
. Navoiy ijodini o‘rganish uchun kalitlar 
tavsiya etadi. Jumladan, u Navoiy asarlaridagi shikoyatlarning sababini “Ulug‘ 
qalb bilan jamiyat orasidagi ziddiyat sifatida olib, qaraydi, “

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish