Ikkinchi bosqich (2010 yil yanvardan – 2010 yil dekabrgacha)da
asosiy
e’tibor tajriba-sinov ishlarini tashkil etishga qaratildi. Tajriba sinov ishlarini o’tka-
zish uchun tajriba maydoni belgilab olindi. Tajriba maydoni sifatida Samarqand 1-
son pedagogika kolleji tanlab olindi.
Uchinchi bosqich (2011 yil yanvar – may)da
shakllantiruvchi tajriba-sinov
ishlari o’tkazildi. Tadqiqot muammosi yuzasidan ishlab chiqilgan metodikaning
samaradorlik darajasi aniqlandi, olingan natijalar matematik-statistika metodi
yordamida tahlil qilindi. Tadqiqot natijalarini umumlashtirish asosida kollej talaba-
lariglariga kommunikativ faoliyatining samaradorligini oshirishda pedagogik
texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar
berildi.