1.3.
Evfemalarning yondosh hodisalarga munosabati
Evfemik ma’noni mezonlash, uni yondosh hodisalardan chegaralash, avvalo,
tasviriy vositalarning, chunonchi, ko‘chim, trop, sintaktik yoki nutqiy figuralarning
qay darajada ishlanganligi bilan bog‘liq. Bu sohada katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan
bo‘lsa-da, hali qator masalalar, chunonchi, adabiy uslubning vazifaviy tasnifi
(so‘zlashuv, rasmiy, ilmiy, publisistik, badiiy)
43
, mezon va chegaralari, emotsional
-ekspressivlik darajasi (yuqori, o‘rta, quyi uslub darajalari) professional nutq
turlari yoki sotsial qatlam nutqi (o‘qituvchi, imom – xatib, shifokor, yurist,
chorvador, savdogar, ovchi, baliqchi, binokor kabilarning nutqi), nutqning
42
ص
١٣٧٣
.سوت تاراشنا .مشش پاچ .یسراف نابز و یسانشنابز .زیورپ یرلناخ101
43
Қўнғуров Р. , Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубият асослари. – Т.: Ўқитувчи, 1992.- Б.76-
77.
19
ekstralingvistik, sotsio-lingvistik, psixolingvistik, etik-estetik, intonatsion asoslari
tadqiq talabdir.
Nutq uslublarini muvaffaqiyatli o‘rganish eng ko‘p ko‘chim hodisasi bilan
bog‘liq, ko‘chim esa barcha turdagi badiiy vositalar, majoziy tushunchalar,
jumladan, evfemik ma’nolarning shakllanishida asos bo‘lib xizmat qiladi, tilni
“ma’nolar xazinasi bilan boyitadi”.
Quyida 1) evfemik ma’no mezonlari va ko‘lamini belgilash; 2) ularni
yondosh, o‘xshash, turdosh yoki jinsdosh hodisalardan farqlash va umuman
evfemiyaning o‘rganish ob’ektini belgilash haqida to‘xtalamiz.
Evfemik ma’no mezoni va uning ko‘lamini, ob’ektini belgilashda,
birinchidan, til evfemik qatlamining shakllanishiga asos bo‘lgan sotsiopsixologik,
etnolingvistik omillarni nazarda tutish muhimdir. Chunki sotsiopsixologik,
etnolingvistik omillar kishilarning borliqqa munosabati bilan bog‘liq holda kelib
chiqqan turli urf-odat, rasm-rusumlarning shakllanishiga sabab bo‘ladi va so‘ngra
bu jarayon tilga ko‘chadi. A.A. Reformatskiy “Evfemizm tarixiy-etnografik
kategoriyadir” deganda evfemik ma’noning shakllanishidagi ana shu davrni
nazarda tutgan. So‘ngra ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyatning taraqqiyoti, jamiyat
a’zolarining ma’naviy va dunyoviy fikrlashlari, etik-estetik qarashlarning o‘sishi,
yangicha odob-axloq normalarining shakllanishi bilan til evfemik qatlamining ham
xarakteri, sotsiopsixologik asoslari o‘zgaradi va bu jarayon ham tilga ko‘chadi.
Birinchi galda bu holat til evfemik qatlamining mundarijasini belgilab beradi.
Madaniy jamiyatda evfemik vositalar til egalarini birorta xavf-xatardan saqlovchi
“kuch” emas, balki xotirada noxushlik, salbiy kayfiyat uyg‘otadigan, kishining
izzat nafsiga tegadigan, unga malol keladigan, hurmatsizlik ifodalaydigan uyat,
ayb, nomussizlik, behayolik hisoblangan holatlarning yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri aytish
mumkin bo‘lmagan, maxfiy voqeliklarning salbiy ta’sirini xotiradan quvish,
uzoqlashtirish, yashirish, yopish, noxush xabarni beozorroq, yumshoqroq formada
berish uchun xizmat qiladi.
20
Sh.Rahmatullaev “Frazeologik sinonimlarga stilistik bo‘yoq” masalasini
talqin qilish munosabati bilan sinonimiya uyalarini ijobiy va salbiy mundarijali
frazeologik biriliklarga ajratadi va quyidagicha yozadi: “Salbiy voqelikni
anglatuvchi sinonimiya uyalarining ba’zisi evfemizmdir. Evfemizm salbiy
voqelikni atashdan qochish, shunday voqelikning salbiy ta’sirini yumshatish uchun
xizmat qiladi. Bunday evfemizm iboralarda go‘yo ijobiy-stilistik bo‘yoq
mavjuddek tuyuladi. Masalan,
dunyodan o‘tmoq, ko‘zini yummoq, dunyodan
ketmoq
sinonimiya uyasida har uch ibora evfemizm bo‘lib, atalayotgan
voqelikning salbiy ta’sirini yumshatish ikkinchisida eng kuchli
44
.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, evfemizmlar narsa-hodisaning ancha yumshoq
shakldagi ifodasi sifatida tilning tasviriy imkoniyatlari boyishi uchun xizmat qiladi.
Olib borilgan tahlillardan quyidagi xulosalar kelib chiqadi. Evfemik vositalarni
qo‘llash uzoq tarixga ega bo‘lsa-da, fors tilida ham, o‘zbek tilida ham eng kam
o‘rganilgan. Evfemik vositalar dastlab diniy, keyinchalik dunyoviy fikrlash,
masalan, odob-axloq normalari, muomala odobi talabi asosida shakllangan.
Evfemik vositalar evfemik sinonimiyani hosil qiladi.
44
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек фразеологиясининг баъзи масалалари. – Т.: Фан, 1966. - Б.263.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |