N. Z. Abidova " " 2021


Xulosa……………………………………………………………………….39



Download 63,66 Kb.
bet2/23
Sana01.02.2022
Hajmi63,66 Kb.
#420885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Qo\'chqorova Dilfuza kurs ishi tog\'irlangani (2)

Xulosa……………………………………………………………………….39
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………..40


Kirish
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi, avvalambor, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita bog‘liq.
Shu maqsadda yana bir muhim hujjat – “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmon qabul qilindi.
Ayni paytda farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining zamon talablariga mos kelmasligi ham sir emas. Ushbu sohaga bir paytlar e’tiborimizni susaytirib yuborganimiz oqibatida ko‘pgina muammolar yig‘ilib qolganini ochiq aytish lozim.
Bog‘cha tarbiyasini ko‘rgan bolaning ongi, dunyoqarashi qanday yuqori bo‘lishini bugun kimgadir isbotlab o‘tirishning, hech qanday hojati yo‘q.
Ana shu holatlarning barchasini hisobga olib, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Mazkur vazirlik zimmasiga ma’muriy islohotlar doirasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, bir qator vazifalar yuklandi.
Shu sohada qabul qilingan dasturga muvofiq yaqin 3 – 4 yil mobaynida yurtimizdagi barcha hududlarda – ular katta shaharlar bo‘ladimi yoki olis qishloq va ovullar bo‘ladimi, minglab yangi bog‘chalarni qurishimiz zarur. Ushbu maskanlarni zamonaviy talablar asosida jihozlab, malakali tarbiyachi va mutaxassislar, yangi metodika bilan ta’minlashimiz kerak.
Qishloqda yashayotgan onalar uchun, opa-singillarimiz uchun o‘z farzandini bog‘chaga berish imkoniyati qanday yangi, qanday keng sharoitlar tug‘diradi. Bola bog‘chada sog‘lom turmush asosida, maktabga tayyor bo‘lib voyaga yetadi.
Ijtimoiy adolat tamoyilini ta’minlash, ko‘mak va yordamga muhtoj insonlar,nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘laqonli hayot kechirishlari uchun munosib sharoit yaratib berish masalasiga davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratildi.
Shu borada joriy yilning o‘zida nogironlarga 2 trillion 600 milliard so‘m pensiya va nafaqalar to‘landi.
Kam ta’minlangan, uy-joyga muhtoj 1 ming 200 dan ortiq nogiron fuqarolarga arzon uy-joy ajratish bo‘yicha shartnomalarinzolanib, boshlang‘ich to‘lovlar uchun 22 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.
Mehnatga layoqati cheklangan 972 nafar nogiron ayolga kasanachilik bilan shug‘ullanish uchun tikuv mashinalari olib berildi va ular uchun doimiy daromad manbai yaratildi. Shu toifaga mansub fuqarolarga 7 mingdan ortiq protez-ortopediya vositalari, 6 ming 500 dan ortiq nogironlik aravachalari, 1 ming 600 ga yaqin eshitish apparatlari bepul berildi.
Nogironligi bo‘lgan va nafaqa yoshidagi fuqarolarning davolash-profilaktika muassasalarida bepul davolanishi uchun 23 ming 500 ga yaqin yo‘llanma ajratildi.
Lekin aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga malakali tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, kasbga o‘qitish, bandligini ta’minlash bo‘yicha hali oldimizda ko‘p vazifalar turibdi.
Keng jamoatchilik vakillari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar asosida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon qabul qilindi va bu borada qo‘shimcha imtiyoz va imkoniyatlar berildi.
Maktabgacha yoshdagi nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida logopedik ishning asosiy vazifasi maktabgacha yoshdagi nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar shaxsini har tomonlama rivojlantirish bilan bir qatorda bu toifadagi bolalarni ijtimoiy tomondan orqada qolishlikka olib keluvchi ruhiy va jismoniy rivojlanishdagi turli xil nuqsonlarni tuzatish, yengillashtirish, kompensatsiya qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Nutqni o‘z vaqtida to‘g‘ri egallash, bolaga atrofni o‘rab turgan odamlar bilan erkin muomala qilish imkonini beradi, o‘z xulqini boshqarishga yordamlashadi, bola ruhiy faoliyatini rivojlanishiga ko‘maklashadi va nihoyat, maktabda ta’lim tarbiya berish jarayonini yengillashtiradi.
Maktabgacha yoshdagi nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar o‘zlarining sog‘lom, tengdoshlariga qaraganda birmuncha kech tilga kiradilar, birinchi so‘zni aytish muddati bolaning uch, ba’zan esa besh yoshgacha kechikadi. Eng, avvalo bu o‘rinda talaffuzdagi nuqsonlarni qayd etish kerak. Bog‘chaga kelgan maktabgacha yoshdagi nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning 90 foizida talaffuz nuqsonlari uchraydi. Aksariyat bolalarda fonematik eshitish qobiliyati buzilgan bo‘lib, nutq a’zolari va ularning harakatidagi nuqsonlar ham uchraydi. Lug‘at boyligini egallashda jiddiy qiyinchiliklar kuzatiladi. Impressiv nutq ekspressiv nutq taraqqiyotidan ancha orqada qoladi. Mavhum xususiyatdagi, umumlashtiruvchi tushunchalarni ifodalovchi ko‘pgina so‘zlarni tushunmaydilar, ko‘chma ma’noda qo‘llanilgan tushunchalarni anglashda qiynaladilar, ularni aynan idrok etadilar.
Maktabgacha yoshdagi nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning gap tuzishida ham qiyinchilik vujudga keladi. Tuzgan gaplari sodda, yig‘iq bo‘lib so‘zlarning o‘zaro moslashuvida ko‘plab xatolar uchraydi, murakkab bog‘lanishli gaplar juda kam qo‘llaniladi. Maktabgacha yoshdagi nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar bir narsani ikkinchisiga qiyoslashga, xodisalarning sababli bog‘lanishlarini ochib berishga qiynaladilar, buning ustiga voqea xodisalarni yetarli, aniq anglamaslik maktabgacha yoshdagi nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning fikri butunlay noaniq tugallanmagan bo‘lib qolishiga olib keladi. Gap mazmunini tushunmaslik imkoniyati cheklangan maktabgacha yoshdagi nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Bolalar o‘qiyotgan, eshitayotgan va ko‘rayotgan narsalarni to‘la tushunib yetmasligi ularning so‘zlashuv nutqida bir qator xatolarga olib keladi.

Download 63,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish