N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdiraz а kov, M. X. Ashurov


Neft konlarini ishlash loyihasi va ikki bosqichli kompleks sxemalashtirish



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/243
Sana11.01.2022
Hajmi2,58 Mb.
#346286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243
Bog'liq
fayl 1732 20210906 (1)

Neft konlarini ishlash loyihasi va ikki bosqichli kompleks sxemalashtirish

Bugungi  kunda  sanoat  tadqiqot  institutlarida  konni  ishlashni  va  jixozlarini 
loyi
halash  bo’yicha  katta  tajribaga  ega.  Dastlab  konni  (uyumni)  ishlashning 
kompleks  sxemasi  tuziladi  va  konning  geologik  tuzilishi, uning  neft  va  gaz  zaxirasi 
haqida ma’lumot bo’lsa ishlashning kompleks loyihasi tuziladi.
 
Bunda quyidagilar tuziladi: 
- ishlashning texnologik sxemasi; 
- ishlashning maqsadga muvofiqligini texnik-iqtisodiy asoslash (TIA); 
- jixozlarning ishchi chizmasi; 

asosiy quduqlar fondi burg’ilangandan keyin ishlashni loyihalash.
 
Texnologik  sxema  va  ishlash  loyihasidagi  yillik  neft  qazib  olish  va  suv 
haydash,  quduqlarni  burg`
ilash  va  o’rtacha  debit  bilan  ishga  tushirish,  neft  qazib 
olishni  rejalashtirish imkoniyatini  beruvchi  ilmiy  tadqiqot tashkilot  tomonida  davriy 
ravishda o’rganilib qabul qilinadi.
 
Loyiha va kompleks sxema quyidagi bo’limlardan tashkil topgan bo’ladi:
 
1) konning geologik tavsifi; 2) konni ishlash texnologiyasi; 3) quduqni ishlatish 
texnika va texnologiyasi; 4) burg’ilash ishlarini tashkil qilis
h va amalga oshirish;  



 
5)  jixozlar  bosh  reja  sxemalari;  6)  texnik  iqtisodiy  qism;  7)  konni  ishlash  tahlili 
ustidan avtorlik nazorati. 
1.  “Konning  geologik  tavsifi”  bo’limida  geologik  tuzilishi,  mahsuldor 
qatlamning kollektorlik tavsifi (o’tkazuvchanligi, g’ovakligi, har xilligi va boshqalar) 
keltiriladi,  qatlam  va  yer  yuzasi  sharoitidagi  neft,  gaz  va  suvning  fizik-kimyoviy 
xossalari, uyumning tabiiy rejimlari yoritiladi. 
2. ”Konni ishlash texnologiyasi” bo’limida ishlash sistemasi asoslanadi:
 
1)  ishlatish  ob`y
ekti  ajratiladi,  quduqlar  to’ri  yoki  quduqlar  joylashtirilishining 
umumiy  sxemasi  tanlanadi;  2)  jami  ishlash  davridagi  yillik  neft,  gaz  va  suv  qazib 
olish  hajmi  aniqlanadi;  3)  loyihalangan  davrda  yillar  bo’yicha  texnologik 
ko’rsatkichlarning o’zgarish dinamikasi (neft, gaz va suv qazib olish, quduqlar fondi, 
qatlam  va  usti  bosimi  o
’zgarishi va boshqalar) asoslanadi; 4) uyumga mavjud ta’sir 
usuli  (suv  va  gaz  haydash)  va  neft  beraoluvchanlikni  oshirish  uchun  yangi  ta’sir 
usullarini (issiqlik tashuvchilar, o’z
aro  eriydigan  suyuqliklar, mitsillyar  eritmalar  va 
SFM  ni  haydash)  asoslash;  5)  konni  ishlash  jarayonini  nazorat  qilish  va  boshqarish 
tadbirlarini  asoslash;  6)  barcha  turdagi  quduqlar  ishlatuvchi  quvurlar  tizmasi 
diametrini asoslash. 
3.  ”Quduqni  ishlatish  texnikasi”  bo’limida:  1)  quduqni  ratsional  ishlatish 
usulini  asoslash;  2)  quduqni  favvora  usulidan  mexanizatsiyalashgan  usullarga 
o’tkazish  muddatlari;  3)  quduqni  ishlatish  uchun  kerak  bo’ladigan  asosiy 
jixozlarni 
aniqlash;  4)  ikki  yoki  undan  ko’p  qatamlarni  bir  quduq  orqali  ishlatish  hajmi  va 
imkoniyatlarini  o’rnatish,  shuningdek 
birgalikda  suv  (gaz)  haydash  hajmi  va 
imkoniyatlarini o’rnatish; 5) quduqni ishlatish ja
rayonida tadqiqot ishlari majmui. 
4.  ”Burg’ilash  ishlarini  tashkil  qilish  va  amalga  oshirish”  bo’limida 
yoritiladigan  savollar:  1)  konni  burg’ilash  uchun  burg’ilash  qur
ilmalari  sonini 
aniqlash;  2)  quduq  konstruksiyasini  asoslash;  3)  yuqori  mahsuldorligini  saqlagan 
holda,  quduqni  o’zlashtirish  ishlarini  mu
vaf
faqiyatli  amalga  oshirishni  ta’minlab, 
burg’ilash  va  teshishda  mahsuldor  qatlamni  samarali  ochish  shartini  asoslash
;           
4
)  quduqni  burg’ilash  jarayonida  olib  boriladigan  tadqiqot  ishlari  majmuasini 


10 
 
asoslash;  5
)  kondagi  burg’ilash  ishlari  texnik
-
iqtisodiy  ko’rsatkichlar
i  va  kapital 
xarajatlarni aniqlash. 
5. 

Jixoz
lar  bosh  reja  sxemasi”  bo’limida  quyidagilarni  o’z
  ichiga  oluvchi 
asosiy jixozlar sistemasi prinsipial yechimlari ishlab chiqiladi: quduqlar usti optimal 
bosimini  tanlash,  quvurlar  tizimining  gidravlik  hisobi,  har  bir  quduq  flyuidini 
o’lchash bo’yicha avtomatik 
gurux
iy o’lchov punktlarining optimal joylas
htirilishi va 
sonini,  nasoslar  stansiyasi  jamlamasini  ratsional  joylashtirilishi,  siquv  nasos 
stansiyasi  (SNS),  neft,    gaz  va  suvni  tayyorlash  qurilmasi,  suv  ta’minoti, 
kanalizat
siya,  yo’l,  aloqa,  texnologik  jarayonlarni  avtomatlashtirish  va  boshqalar; 
tashqi  sanoat  qurilish  ob`y
ektlar bog’liqligini va 
qurilish  materiallari, energo va suv 
ta’minoti, burg’ilash va neft qazib olish tashkilotlariga ishlab chiqarish xizmatlarini  
aniqlash;  dengiz  konlari  uchun  gidrotexnik  inshootlarni  tanlash  asoslanadi,  suv 
hu
dudlari bo’yicha 
jixozlash ketma-ketligi va ishga tushirish navbatlari aniqlanadi. 
6.  “Texnik  iqtisodiy  qism”  bo’limida  quyidagilar  aniqlanadi:  1)  ishla
sh, 
burg’ilash,  ishlatish  va 
jixozlash,  hamda  keltirilgan  x
arajatlar  bo’yicha  texnik
-
iqtisodiy ko’rsatkichlarni asoslash; 2) ko’rib chiq
i
ladigan variantlar bo’yicha texnik
-
iqtisodiy  ko’rsatkichlar;  3)  quduqni  burg’ilash  va 
jixozlashga  solishtirma  kapital 
xarajat  normativlari  va  qurilish  va  montaj  ishlari  hajmi  va  kapital  xarajatlarni;          
4) mehnat  va ishlatish xarajatlarini aniqlash. 
7.  “Konni  ishlash  tahlili  ustidan  avtorlik  nazorati”  bo’limida  konni  ishla
sh 
jarayonida  to’plangan  materi
allar  umumlashtiriladi,  loyihaga  kerakli  tuzatmalar 
kiritiladi va uyumning  geologik tuzilishi va  yer  bag’rida kechadi
gan  jarayonlarning 
harakatlanuvchanligini  hisobga  oluvchi  ishlashni  me`
yorlash  bo’yicha  tadbirlarni 
asoslanadi. 
Konni  ishlash  tahlili  ustidan  aftorlik  nazorati  takliflari  kompleks  sxema  va 
ishlash  loyihasida  asoslangan  prinsipial  texnologik  yechimlar  asosida  olib  borilishi 
kerak. 
Kompleks  sxema  va  loyiha  tajribaviy  ishlatish  yoki  sanoat  ishlashga 
qo’shishning asosiy hujjati hisoblanadi.
 


11 
 
Shunday  qilib,  neft  konini  ishlashni  kompleks  loyihalashda  ikkita  asosiy 
muammo  yechiladi:  sanoat  neft  zax
irasini  ko’proq 
qazib  chiqarish,  shu  bilan 
birgalikda  loyihalash  va  yig’ish,  tashish  va  neft,  gaz  va  suv
ni  tayyorlash  tizimini 
qayta jixozlashga xarajatlarni sezilarli kamaytirish. 
 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish