N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazakov


II.2-rasm. Grozniy neft institutining yig‘ish tizimi



Download 2,55 Mb.
bet8/120
Sana13.07.2022
Hajmi2,55 Mb.
#790003
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   120
Bog'liq
N X Ermatov, D G‘ Azizova, N M Avlayarova, B Yu Nomozov,

II.2-rasm. Grozniy neft institutining yig‘ish tizimi.
1- quduqlar; 2- o‘lchov qurilmasi; 3- birinchi bosqich gazsizlantirish qurilmasi;
4- GQIZ; 5- markaziy gazsizlantirish qurilmalari; 6- neftni tayyorlash qurilmalari.

Yig‘ishning tazyiqli Giprovostok tizimi. Giprovostok tizimi neft yig‘ish va tayyorlash jarayonlarini yanada yiriklashtirish, bir yerda mujassamlashtirish va mahsulotlarni (neft, gaz, kondensat) bosim yetarli bo‘lmagan holda alohida jo‘natish uchun yaratilgan (II.3-rasm).

II.3-rasm. Yig‘ishning tazyiqli Giprovostok tizimi.
1-quduqlar; 2-guruxiy o‘lchov qurilmasi; 3-birinchi bosqich gazsizlantirish qurilmasi;
4- nasos stansiyasi; 5-GQIZ; 6-neftni tayyorlash qurilmalari; 7-NQIZ.

Bu yig‘ish tizimi qo‘llanilganda quduqlar ustida 1-1,2 MPa atrofida bosim saqlanib turiladi. Quduqlarning (1) mahsuloti guruxiy o‘lchov qurilmasidan (2) o‘tganidan so‘ng birinchi bosqich gazsizlantirish qurilmasiga (3) yetib keladi. Bu yerda ajratib olingan gaz o‘z bosimi bilan 60-80 km masofagacha uzoqlikda bo‘lgan gazni qayta ishlash zavodiga (5) yuboriladi, neftni nasos stansiyasi (4) orqali markaziy neft yig‘ish punktida hisobdan o‘tkazilib, neftni tayyorlash qurilmalarida (6) tayyor mahsulot holiga keltirilib iste'molchilarga jo‘natiladi. Giprovostok tizimi ko‘proq Rossiyaning Volga bo‘yi, Ural oldi konlarida hamda Tatariston, Boshqirdiston konlarida keng qo‘llaniladi.


Yuqorida ko‘rib chiqilgan neft yig‘ish, tayyorlash va uzatish tizimlari ma'lum bir shart - sharoitlarga (quduqlarni ishlatish usuli va quduq usti bosimi), geografik hududlarga, bu hududlarning geografik muhitning tabiiy sharoitlari (o‘rmonzorlar, botqoqliklar, doimiy muzlik va h.k.) ga mo‘ljallanib yaratilgan.
Bulardan tashqari, har qanday shart-sharoitlarga mo‘ljallangan neft yig‘ish, tayyorlash va uzatish universal tizimining kondan olinayotgan mahsulotni (neft, gaz kondensat) to‘liq bir-biridan ajratib olish, tayyorlashning texnologik jarayonidagi yo‘qotishlarni minimumga olib kelish va tayyorlash jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish yoki kompyuter orqali boshqarishgacha imkoniyati mavjud.

    1. Gaz konlarida gazni yig‘ish tizimlari

Yer bag'ridan qazib olingan tabiiy gaz va neft bilan birgalikda qazib olingan yo'ldosh gazlarning tarkibida turli miqdorda suv bug'i, suyuq holatdagi suv, is gazi CO2, oltingugurtsuvchil H2S, azot N2 va geliy He kabi moddalar uchraydi.
Geliy xalq xo'jaligi uchun kerakli gazlardan sanaladi. Tabiiy va yo'ldosh gazlar tarkibidagi oltingugurtsuvchil, is gazi va suv bug'lari zararli qo'shimchalardan sanaladi. Gazni yig'ish va tayyorlashda, uning tarkibidagi is gazi va oltingugurtsuvchil quvur va barcha separatorlarning korroziyalanishiga olib keladi.
Gaz tarkibidagi suv bug'lari va tomchi ko'rinishidagi suvlar uni tashish va tayyorlash jarayonida murakkabliklar tug'diradi. Gazgidratlar hosil qilib tashish va tayyorlash jarayonida mushkilotlar tug'diradi.
Shuning uchun tabiiy va yo'ldosh gazlardan zararli qo'shimchalarni ajratish ko'zda tutiladi.
Gaz konlarini ishlatish amaliyotida gazni yig‘ishning quyidagi asosiy tizimlari qo‘llaniladi: chiziqli; nurli; xalqali.
Chiziqli yig‘ish tizimida asosiy gazni yig‘ish kollektorlari, ya'ni quduqdan gazni yig‘ish punktigacha bo‘lgan yo‘lni tashkil etuvchi quvurlar to‘g‘ri chiziq shaklida bo‘ladi.Bu tizim kon kichik va quduqlar soni oz bo‘lganda qo‘llaniladi (II.4, a-rasm).
Nursimon shaklda birlashgan bo‘lsa, bunday yig‘ish tizimi nurli gaz yig‘ish tizimi deb ataladi (II.4, b-rasm). Bu tizim bir muncha murakkab, biroq to‘g‘ri chiziqli tizimdan ko‘ra afzalliklarga ega.Nurli gaz yig‘ish tizimi boshlang‘ich qatlam bosimi va gaz tarkibi har xil bo‘lgan bir necha qatlamlarni alohida ishlatish imkonini beradi.
Xalqali yig‘ish tizimida gaz yig‘ish kollektorlari xalqali ko‘rinishda bo‘lib, bu tizimning afzalligi shundaki, qaysidir uchastkada avariya yuz bersa, butun bir tizimni to‘xtatmasdan o‘sha yerni ta'mirlash mumkin (II.4, c-rasm).

a - to‘g‘ri chiziqli; b - nurli; с - xalqali; 1 - uzatuvchi quvur; 2 - kollektor quvuri;
3 - magistral gaz quvuri; KS-kompressor stansiyasi; G-gaz yig'ish punkti.

Gaz koni juda katta maydonni egallagan va quduqlar soni ko‘p bo‘lgan holatlarda yuqorida sanab o‘tilgan gazni yig‘ish tizimlari aralash holatda qo‘llanilishi mumkin, masalan to‘g‘ri chiziqli va nurli yoki xalqali va to‘g‘ri chiziqli. Barcha yig‘ish tizimlarida gaz yig‘ish kollektoriga nafaqat alohida quduqlar, balki quduqlar guruxi guruxiy yig‘uv qurilmalari orqali ulanishi mumkin. Guruxiy yig‘ish tizimining ustunligi shundaki, gaz yig‘uv kollektorlariga bir emas, bir gurux quduqlarni birlashtirish mumkinligi, gazni o‘lchash va nazorat qilish va gaz yig‘ish uchun kam quvur sarflash imkonini beradi. Gaz yig‘ish tizimining asosiy elementi bo‘lib, shleyflar, yig‘uvchi kollektorlar, gaz yig‘uv va o‘lchov punktlari kiradi. Gaz yig‘ish tarmoqlarining elementlari barcha gaz yig‘ish tizimlari uchun umumiy hisoblanadi. Agar konda bir nechta qatlam va har xil bosimli quduqlar mavjud bo‘lsa, bunday holatlarda bir nechta gaz yig‘ish tarmog‘i orqali gazni alohida yig‘ish usulidan foydalaniladi.


Quduqdan chiqayotgan gaz yig‘ish tarmoqlari va kollektorlar orqali gaz yig‘ish punkti (GSP) va nazorat-taqsimlash punkti (KRP) ga yig‘iladi. Bu yerda gazning bosimini o‘zgartirish va nazorat qilish ishlari ham amalga oshiriladi. Bir qator gaz bosimi past hollarda gaz kompressor stansiyasiga uzatiladi, u yerda kerakli bosimgacha siqilib katta bosimli tizimga o‘tkaziladi. Ko‘p hollarda quvurlarni tejash va ortiqcha bosimlardan foydalanish uchun gaz ejektorlaridan foydalaniladi (II.5-rasm).
Gaz ejektori baland va past bosimli gazlar uchun mo‘ljallangan kameralardan, soplodan, aralashish kamerasidan va diffuzordan tashkil topgan.


Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish