N. T. Shoyusupova aholi ish bilan bandligi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/268
Sana30.12.2021
Hajmi3,69 Mb.
#195549
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   268
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

     Milliy iqtisodiyot 
Insonning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari uchun 
zarur shart-sharoitlar 
Moddiy: 
- tabiiy ne’matlar; 
- daromad; 
- oziq-ovqat; 
- mehnat sharoitlari
- uy-joy sharoitlari; 
- atrof muhit; 
- xizmatlar; 
- ijtimoiy himoya. 
Ma’naviy: 
- sog’liqni saqlash; 
- ta’lim; 
- axborot resurslari
- madaniy hordiq; 
- jismoniy tarbiya va sport; 
- urf-odatlar; 
- milliy qadritlar. 
Shaxsning voyaga etishi va har tomonlama kamol 
topishi 
Inson kapitalining shakllanishi va 
rivojlanishi 


 
256 
Umumiy va maxsus ta’lim kishidagi bilimlar shaklini yaxshilaydi, inson kapitalining 
sifat darajasi o’sishiga xizmat qiladi. Ta’lim tizimiga kiritiladigan investitsiyalar malakali 
mutaxassislarni  etishtirish  va  yuqori  mehnat  unumdorligining  yuzaga  kelishiga  sharoit 
yaratadi,  ular  esa,  o’z  navbatida,  iqtisodiy  taraqqiyot  sur’atining  jadallashuviga  turtki 
bo’ladi. 
Inson  kapitaliga  kiritilgan  investitsiyalar  darajasining  quyidagi  ko’rsatkichlarini 
ajratib ko’rsatish mumkin: 
-  avanslangan  inson  kapitali  –  uning  shakllanishi  uchun  dastlabki  investitsiyalar 
(salomatlik,  tarbiya,  umumiy  va  maxsus  ta’limga,  shuningdek,  shaxsning  me’yoriy 
turmush tarzini ta’minlovchi investitsiyalar) yig’indisini o’zida mujassamlashtiradi; 
-  qo’shimcha inson kapitali – uning sifat va miqdor ko’rsatkichlarini tiklash hamda 
yaxshilashga xizmat qiluvchi investitsiyalarni o’z ichiga oladi; 
-  qoldiq  inson  kapitali  –  uning  tabiiy  aylanmasi  (oboroti)  yakunlangandan  so’ng 
daromaddan chegirib boriladigan (amortizatsiyalanadigan) investitsiyalar; 
-  iste’mol  inson  kapitali  –  xodim  hayotining  o’tgan  davrida  (baholashga  qadar) 
amortizatsiyalangan investitsiyalar; 
-  potensial inson kapitali – hayot faoliyatining keyingi davrida (baholashdan so’ng) 
amortizatsiyalangan investitsiyalar; 
-  foydalanilgan 
inson 
kapitali 
–  uning  tabiiy  aylanmasi  mobaynida 
amortizatsiyalangan investitsiyalar. 
Avanslangan,  qo’shimcha,  iste’mol  va  potensial  inson  kapitallarini  baholash  va 
amortizatsiyaning tegishli myo’yorlarini hisoblash turli davrlar hamda xodimlarning turli 
toifalari uchun amalga oshirilishi lozim. 
Inson  kapitali  –  iqtisodiy  dinamika  nuqtai  nazaridan,  ya’ni  ijtimoiy  takror  ishlab 
chiqarish  kategoriyasi  sifatida  ifodalanishi  lozim  bo’lgan  kategoriyadir.  Uni  takror  ishlab 
chiqarish  davriy  (tsiklik)  shaklga  ega  bo’lgan  ko’p  bosqichli  jarayondir.  Bunda  inson 
kapitali  tabiiy,  iqtisodiy  va  innovatsion  aylanmani  bajaradi.  Uning  davriy  xarakteri 
quyidagi uchta asosiy ko’rinishda aks etadi: 
1.  Tabiiy  aylanma,  xodimlarni  mehnat  faoliyati  tugashi  bilan  almashtirish  yoki 
pensiyaga chiqishi natijasida ro’y beradi. 
2.  Iqtisodiy aylanma, texnologiya, texnika ishlab chiqarish turining o’zgarishi bilan 
bog’liq  bo’lib,  ishchilarni  qayta  tayyorlash  va  ular  tomonidan  yangi  kasblarni 
o’zlashtirishga olib keladi. 
3.  Innovatsion  aylanma,  texnika  va  texnologiyadagi  sifat  o’zgarishlari,  mehnatni 
tashkil etish usullarining takomillashishi bilan bog’liq bo’lib, xizmatchilarni kasb-malaka 
tavsiflari  oshishi,  sifatning  yaxshilanishi,  mehnat  unumdorligi  va  ish  haqining  o’sishi 
kuzatiladi. 
Inson  kapitali  bir  vaqtning  o’zida  ham  tabiiy,  ham  iqtisodiy  aylanmada  bo’lishi 
mumkin  hamda  bu  ma’lum  moddiy,  mehnat  va  moliyaviy  xarajatlarni  talab  etadi. 
Individual inson kapitallarining barcha umumiy aylanmalari integratsiyasi va o’zaro aloqasi 
inson kapitalining umumiy  aylanmasi deb ataladi. Bu esa mamlakat milliy boyliklarining 
takror ishlab chiqarilishi, o’sishi, to’planishi, foydalanish va iste’mol qilinishini jamiyatni 
va  inson  hayot  faoliyati  barcha  sohalarining  takror  ishlab  chiqarilishi  va  rivojlanishini 
ta’minlaydi. 


 
257 
Inson  kapitalini  shakllantirishni  mikro  va  makro  darajalarga  ajratish  mumkin.  Uni 
mikro darajada shakllantirish alohida individ uchun inson kapitalining o’ziga xos aktivini 
yaratish  maqsadida  inson  kapitaliga  investitsiyalar  hisobiga  amalga  oshiriladi.  Masalan, 
korxona o’z xodimining malakasini oshirish, qayta o’qitish, sog’lig’ini tiklash, dam olishini 
tashkil  etish  va shu  kabilarga sarflagan  xarajatlari  (investitsiyalari)  mikro  ko’rinishga ega 
bo’ladi.  Mamlakatning barcha  yoki  ma’lum  toifa  aholisiga  (bolalar, yoshlar,  o’quvchilar, 
talabalar)  yo’naltirilgan  chora-tadbirlar  (sog’liqni  saqlash  va  ta’limning  barcha  tizimlari) 
inson omilini shakllantirishning makro darajasi deb yuritiladi. 
O’zbekistonda  mehnatga  qobiliyatli  aholining  ish  bilan  bandligini  oshirish  inson 
resurslarining miqdor va sifat jihatdan mutanosibligini ta’minlash bilan bevosita bog’liq 
jarayondir. Aholini ijtimoiy-demografik o’rganish shuni ko’rsatadiki, mehnat potensialini 
iqtisodiyotga  to’liq  jalb  etish,  unumdorlikni  oshirish  va  ish  haqi  to’lashni 
takomillashtirishning  barchasi  sifat  ko’rsatkichlarga  bog’liq.  Biroq,  tahlillarning 
ko’rsatishicha,  O’zbekistonda  milliy  iqtisodiyotning  ba’zi  tarmoqlarida  tashkil  etilgan 
yangi ish joylari bilan kadrlar tayyorgarligi, bilimi va malakasi o’rtasida nomutanosiblik 
mavjudligi sezilmoqda. 
Olib 
borilgan 
tadqiqotlar 
natijasidan 
ma’lum 
bo’ladiki,  O’zbekistonda 
mustaqillikdan  oldingi  yillarda  mehnat  potensiali  rivojlanishining  faqat  mikdor 
ko’rsatkichlarigagina  e’tibor  berib  kelingan.  Vaholanki,  ularning  sifat  darajalari  nafaqat 
har bir inson, balki butun jamiyat uchun katta ahamiyatga ega. 

Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish