Jadval 8
Nuklein kislotalarning tarkibi
Nuklein
kislota
Uglevod
qismi
Asoslar
Anorganik
kislota
DNK
Dezoksiriboza Adenin (A), Guanin (G), Sitozin
H
3
PO
4
292
(S), Timin (T)
RNK
Riboza
Adenin (A), Guanin (G), Sitozin
(S), Urasil (U)
H
3
PO
4
DNK asosan hujayra yadrosida, RNK esa asosan ribosomalar, va
protoplazmada saqlanadi. RNK ning asosiy vazifasi oqsil biosintezida ishtirok
etishdir. RNK-ning uch turi ma‘lum: Informatsion RNK, ribosomal RNK va
tashuvchi (transport) RNK. T. RNK-ning asosiy vazifasi aminokislotalarni
sitoplazmadan oqsil sintezi uchun ribosomaga tashib berishdan iborat. Oqsil sintezi
uchun kerakli har bir aminokislota uchun mahsus t. RNK mavjud. Masalan; alanin
t.RNK, valin t. RNK va hokazo. T. RNK aminokislotalar bilan birikma aminoasil
hosil qiladi. Asillash reaksiyasida ATF ishtirok etadi. Hosil bo‗lgan t. RNK
ribosomada aminokislotadan ajraladi. Aminokislota esa, oqsil sintezi uchun
ishlatiladi. Informatsion RNK ( i. RNK) sitoplazmada genetik ma‘lumotlarni oqsil
sintez qilanayotgan joyga yetkazib beradi. Ribosomal RNK oqsil bilan birikib
murakkab ribonukleoprotoidni hosil qiladi. R. RNK barcha RNK larning 80% ni
tashkil qiladi.
DNK- ning ikkilamchi strukturasini 1953 yilda J.Uotson va F.Krik,
D.Dolinglar tuzib berishgan. Bu olimlarning nazariyasiga asosan DNK molekulasi
ikkita polinukleotid zanjiridan iborat bo‗lib, umumiy o‗q atrofida o‗ng tomonga
buralgan bo‗ladi. Hosil bo‗lgan spiralning diametri 1,8 – 2,0 nm. Ikkita
polinukleotid burama bir-biriga qarama-qarshi (antiparallel) joylashgan. Bu
buramalarda po‗rin va pirimidin asoslari ichkariga yo‗nalgan bo‗ladi.
Bir zanjirning po‗rin asosi va ikkinchi zanjirning pirimidin asosi bir-biri
bilan vodorod bog‗i bilan bog‗lanib komplementar juftlarni hosil qiladi. Adenin
(A) bilan timin (T) va guanin (G) bilan sitozinlar (S) komplementar juftlar
hisoblanadi.
293
Rasm 7
Zanjirlardagi komplementarlik DNK-ning kimyoviy hossalarida katta
ahamiyatga ega. Masalan: DNK dagi komplementarlik nasliy belgilarni saqlash va
keyingi avlodlarga ularni o‗tkazishdagi asosiy vazifani bajaradi. DNK niig qo‗sh
burama komplementar zanjirini quyidagicha ifodalash mumkin.
Radm 8
Vodorod bog‗lar bir asosning aminoguruhi va ikkinchisining karbonil guruhi
hamda amid va imid azotlari o‗rtasida hosil bo‗ladi Adenin va timin o‗rtasida
ikkita vodorod bog‗i hosil bo‗lsa, guanin va sitozin o‗rtasida uchta vodorod bog‗i
294
hosil bo‗ladi. Nuklein asoslarning komplementarligi E.Chargaff qoidasida o‗z
aksini topgan. Bu qoidaga binoan:
1)
po‗rin asoslarining soni pirimidin asoslarining soniga teng;
2)
adeninlar soni timinlar soniga, guaninlar soni sitozinlar soniga teng;
3)
adeninlar va sitozinar soning yig‗indisi guaninlar va timinlar yig‗indisiga teng.
Zanjirlarning komplementarligi DNK ning irsiy belgilarni saqlash va
nasldan
naslga
o‗tkazish vazifasining kimyoviy asosi hisoblanadi.
Nukleotidlarning ketma-ketligi saqlangandagina irsiy belgilar xatosiz nasldan
naslga o‗tkaziladi. Ammo ba‘zi bir ta‘sirlar natijasida DNK dagi nukleotidlar
ketma-ketligi buzilishi kuzatiladi. Bunday o‗zgarishlar
m u t a t s i y a
deb
nomlanadi. Mutatsiyalarda eng ko‗p kuzatiladigan holat – komplementarlikni
buzilishidir. Komplementarning buzilishiga tautomer muvozanatni buzilishi sabab
bo‗ladi. Masalan, timin laktam shaklida guanin bilan vodorod bog‗i hosil qilmaydi,
ammo laktim shaklida esa hosil qila oladi. Natijada odatdagi timin-adenin juftligi
o‗rniga timin-guanin juftligi vujudga keladi.
Rasm 9
Kerakli bo‗lgan juftliklar o‗rniga boshqalarini hosil bo‗lishi, DNK dan
RNKga irsiy kod ko‗chirilganda ko‗chib o‗tadi va natijada sintezlanayotgan
oqsilda aminokislotalik ketma-ketlik o‗zgaradi. Mutatsiyalar yig‗ilib borib, oqsil
biosintezida xatolar soni ko‗payib boradi.
Kimyoviy ta‘sir va turli xil nurlar ta‘siri ham, mutastiyaning sabablari
bo‗lishi mumkin. Masalan, adenozinga nitrit kislota ta‘sir etilsa dezaminlanish
natijasida aminoguruhni o‗rniga gidroksil guruh hosil bo‗lib, adenozin nukleozidi
o‗rniga gipoksantin tutgan inozin hosil bo‗ladi.
295
Mutagen moddalar ta‘sirida irsiyatni boshqarish imkoniyati yuzaga keladi.
To‗qimalarda erkin holatda nuklein kislotalarning qismi bo‗lmagan ayrim
nukleozidalar bo‗ladi. Bunday nukleozidlar antibiotik faollikka ega bo‗lib,
surunkali
kasalliklarni
davolashda
ahamiyati
ortib
bormoqda.
Mikroorganizmlardan, hamda o‗simlik va hayvon to‗qimalaridan ajratib olingan
bir necha o‗nlab bunday nukleozidlar ma‘lum.
Korditsepin va puromitsin- kuchli antibiotik xossaga ega bo‗lib, oqsilni ri-
bosomal sinteziga ingibitorlik qiladi. Azidotimidin-SPID virusini ko‗payishini
296
oldini oluvchi antibiotik. Arabinozilsitozin va arabinoziladenin antivirus va
antizamburug‗ xossasiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |