Agar monosaxarid qoldig‗i boshqa birikma qoldig‗ini kislorod orqali
bog‗lasa, O – glikozidlar deyiladi. Ularga spirtlar, sirka angidridi bilan hosil
qilgan birikmalari, monosaxaridlarning o‗zaro ta‘sir mahsulotlari kabilar kiradi.
A
gar monosaxarid qoldig‗i boshqa birikma qoldig‗ini azot orqali bog‗lasa, N –
glikozidlar, oltingugurt orqali bog‗lasa, S- glikozidlar deyiladi.
M o n o z a l a r n i
n g o d d i y e f i r l a r i monosaxaridlarning barcha gidroksil guruhlarni alkil
galogenidlar bilan ta‘sirlashishidan hosil bo‗ladi. Spirt gidroksil guruhlaridan hosil
bo‗lgan oddiy efirlar gidrolizlanmaydi, lekin glikozid gidroksilidan hosil bo‗lgan
glikozid bog‗i esa kislotali muhitda engil parchalanadi.
Monosaxaridlar, masalan, glyukoza halqali holatda beshta gidroksil
gruppasini saqlaydi. Ulardagi vodorod atomi kislota qoldig‗iga almashinib,
murakkab efir hosil qiladi. Bu reaksiya glyukozada beshta gidroksil borligini
isbotlaydi. Monosaxaridlar barcha gidroksil guruhlar ishtirokida organik va
anorganik kislotalarning angidridlari bilan engil asillanib murakkab efirlarni hosil
qiladilar.
-D-glyukopiranoza
O-metil-a-D-
glyukopiranozid
Do'stlaringiz bilan baham: |