PEDAGOGIK-USLUBIY TAYYORGARLIK
2.Pedagogik fanlar
2.
1.Uslubiy fanlar
1.
45
O„E I-Umumiy pedagogika;
O„E IV- Sinf rahbari ishlari uslubiyati;
O„E 5-Pedagogik mahorat asoslari;
O„E 6-Tarbiyaviy ishlar uslubiyati;
O„E 7-Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish;
O„E 8-Pedagogika tarixi;
O„E 9-Yoshlar ishlarini tashkil etish uslubiyati;
O„E 10-O„quvchilar va jamoa shaxsiyatini o„rganish
uslubiyati;
O„E 11-O„rta maktab didaktikasi;
O„E 12- uzluksiz o„quv amaliyoti;
O„E 13-Tanlangan fanlar;
O„e 14-Pedagogik amaliyot;
O„E 15-Mehnat va kasbiy ta‟lim uslubiyati;
O„E 16-Mehnat tarbiyasi uslubiyati;
O„E 17-KHKlarda o„quv-tarbiyaviy ishlar uslubiyati;
O„E 18-Ta‟limning texnik vositalari;
O„E 19-Mehnat ta‟limi uslubiyati;
O„E 20-Kasbiy tayyorgarlik uslubiyati;
O„E 21-O„quvchilarning unumli mehnati;
O„E 22-O„quvchilarning mehnat tayyorgarligining o„quv-
moduli bazasi;
O„E 23-O„quvchilarning mehnat va kasbiy tayyorgarligi
bo„yicha fanlar;
O„E 24-Ishlab chiqarishda mehnat himoyasi va qonunchiligi
asoslari;
O„E 25-Mamlakatdagi (rivojlanish) xususiyatini ifodalashga
oid fanlar;
O„E 26-Ilmiy tayyorgarlik asoslari;
O„E 27-Sayohatlar va ularni o„tkazish metodikalari;
O„E 28-Mehnat tayyorgarligi yo„nalishi bo„yicha
amaliyotlar;
O„E 29-Amaliy mashg„ulotlar.
Yuqorigidalardan ko„rinib turibdiki, oliy ta‟lim bosqichida
mehnat ta‟limi o„qituvchisini amaliy pedagogik faoliyatga
46
tayyorlashda 30 ga O„Edan foydalaniladi. Uzluksiz mehnat
ta‟limi bo„yicha bilim, ko„nikma va malakalarni o„quvchilar
tomonidan o„zlashtirish darajasini aniqlash o„ziga xos xususiyatga
ega ekanligini alohida ta‟kidlash zarur. Umumiy o„rta va kabiy
ta‟lim dasturlarida ko„rsatilgan asosiy mehnat turlari va
professional tayyorgarlik bo„yicha quyidagi asosiy tushuncha va
tasavvurlar nazorat qilinadi va baholanadi:
Ishlov berilayotgan materiallarning tuzilishi (yog„och,
plastmassalar, metallar, gazlamalar, tuproq va o„g„itlar va
h.k.) parvarish qilinayotgan o„simliklar va hayvonlar
mahsulotlari sifati;
Tayyorlanayotgan
buyumlar,
parvarish
qilinayotgan
o„simliklar va hayvonlar mahsulotlari sifatiga qo„yiladigan
talablar;
O„rganilayotgan ishlov berish sohasiga qo„yiladigan xususiy
talablar;
Turli xil ishlab chiqarish jarayonlarining (mexanik,
energetik, ximiyaviy, biologik) amalga oshirilishining asosiy
yo„llari va vositalari;
Mashina, stanoklar, asboblar va apparatlar, o„lchov hamda
mehnat qurollari va jixozlarining ahamiyati, tuzilishi, ishlash
tamoyillari;
Qishloq xo„jaligi va sanoat ishlab chiqarishining turli
sohalarida samarali ishlash uchun turli kasblarga maxsus,
ko„nikmalar va malakalar, politexnik (texnik-texnologik) va
xususiy bilim, ko„nikma va malakalar zarur bo„ladi.
Ma‟lumki, nazariy bilim, amaliy ko„nikma va malakalarning
hajmi mehnat va kasbiy mahorat ta‟limi dasturlarida ko„rsatilgan
bo„ladi. Quyida o„quvchilarda shakllantirilishi lozim bo„lgan
bilim, ko„nikma va malakalar keltirilgan:
Ishlab chiqarish, laboratoriya sharoitlarida tajriba va
kuzatishlar o„tkazish:
Ma‟lum ishlab chiqarish sohasida qo„llanilayotgan
instrument,
mexanizm
va
mashinalar,
stanoklarni
boshqarishni o„rganish, ularni ishga tayyorlash va ular
47
yordamida ma‟lum darajadagi ishlarni bajarish, to„g„ri
ishchan holatda turib, asbob va qurilma, mashinalarni to„g„ri
boshqarish, zarur mehnat harakatlarni tejimli bajarish,
bekorchi harakatlarni imkoniyati boricha kamaytirish yo„li
bilan harakatlarni bir me‟yorda bajarishga erishish;
Qishloq xo„jalik ekinlari va hayvonlarni parvarish qilish,
turli xil mehnat operatsiya va harakatlarni samarali mehnat
usullaridan foydalanish orqali bajarish, turli xil ochish-
sochish va yig„ish bilan bog„li ishlarda texnologik
jarayonlarni to„g„ri amalga oshirish, izchillikni saqlash;
Mehnat himoyasi, muhofazasi, qonunchiligini, sanitariya-
gigiena qoidalari, texnika, elektr, yong„in, suv xavfsizligi
qoidalariga og„ishmay amal qilish;
Texnikaviy, texnologik, konstruktorlik (tuzish, qurish,
loyihalash) hujjatlardan unumli foydalanish, zaruriy hisob-
kitoblar, o„lchashlarni belgilangan qoidalarga muvofiq
o„tkazish;
Mehnat madaniyati talablarini bajarish, ya‟ni ishni
rejalashtirish malakasi, shu o„rinda tartib va tozalikni
saqlash, asbob-uskunalarni, jihozlarni eng samarali usulda
joylashtirish, mehnat qurollari bilan tejamli munosabatda
bo„lish, mavjud xom-ashyoni tejamkorlikda sarflash, ishlab
chiqarish estetikasi va texnologik intizomni saqlash;
Texnologik jarayonlarni bajarilishini nazorat qilish, yo„l
qo„yilgan kamchiliklarni o„z vaqtida tuzatib borish va
tayyorlanayotgan mahsulotlarni yuqori sifatli bo„lishiga
erishish, chorva hamda ishloq xo„jalik mahsulotlarining
yuqori samaradorligini ta‟minlash va h.k.
Mehnat ta‟limi fani bo„yicha bilim, ko„nikma va
malakalarning asosiy o„lchov mezonlariga quyidagilar
kiradi:
Nazariy bilim dasturining sifati va o„zlashtirish darajasining
to„g„riligi, to„liqligi, tizimliligi, boshqa fanlar-fizika, ximiya,
biologiya, gografiya va h.k. predmetlar qonuniyatlari bilan
o„zlashtirilgan bilimlarning asoslanganligi;
48
Ishlab
chiqarish
va
laboratoriya
mashg„ulotlarining
bajarilishini to„g„riligi (texnologik va texnikaviy talablarga
muvofiqligi): turli xil mehnat qurollari va vositalaridan
foydalanish malakasi: ish o„rni to„g„ri tashkil etilishi, mehnat
himoyasi, muhofazasi va qonunchiligi, texnika, elektr,
yong„in va suv xavfsizligi qoidalarining to„g„ri bajarilishi:
mehnat madaniyati va nafislik darajasi: dam olish
madaniyati: bajarilgan ishlarni ilmiy asosda amalga
oshirishni tushuntirish malakasi: ishda mustaqillik va
ijodkorlik darajasi. Bilim, ko„nikma va malakalarni nazorat
qilish, tekshirish, baholash va hisobga olishning tizimliligi,
ularni har soatda (joriy tekshirish), har bir mavzuni
o„rgangandan so„ng (yakuniy tekshirish), ta‟lim bosqichini
tugatgach (xulosaviy tekshirish) tekshirish talab etildi. Joriy,
yakuniy va xulosaviy tekshirishlar og„zaki, yozma, amaliy,
laboratoriya va mashinaviy uslublarda amalga oshiriladi.
Mehnat va kasbiy tayyorgarlik jarayonida o„quvchilar
asosan, o„z-o„zini nazorat qilish uslublaridan keng
foydalanadilar, bunda ular o„z yo„llarini va usullarini
izlaydilar, xato va kamchiliklarni mustaqil topadilar,
tuzatadilar.
Bilim, ko„nikma va malakalarni nazorat qilishni amalga
oshirish yakka tartibda, guruhli va ommaviy (yalpi) o„tkazilishi
mumkin. Agar tekshiruvda butun sinf ishtirok etsa, mazkur sinfda
nazorat sinov yozma ishlari o„tkazilsa, laboratoriya va amaliy
ishlar bajarilsa u holda nazorat yalpi deb hisoblanadi. Agar
o„qituvchi nazorat o„tkazish maqsadida o„quvchlarni guruhlarga
bo„lsa, masalan, birinchi guruh yo„l qo„ygan xatolarni tuzatish
bo„yicha alohida topshiriqni bajarsa, ikkinchi guruh o„quvchilari
esa aniq ishlab chiqarish vazifalarini echish va uni amalda sinash
bilan band bo„lsalar (masalan, montaj chizmasini ishlab chiqish,
tok zanjirini montaj qilish va uni qanday ishlashini sinovdan
o„tkazish bilan shug„ullansalar), uchinchi guruh, turli
radiodetallarni montajga tayyorlasalar, to„rtinchi guruh o„tilgan
mavzular bo„yicha yozma javoblar tayyorlash bilan band bo„lsa va
49
h.k. u holda bunga guruhli tekshiruvi deyiladi. Berilgan savollarni
o„quvchi yozma yoki og„zaki javob bersa, uning javobini butun
sinf yoki o„qituvchi tinglasa, u holda yakka tartibdagi tekshiruv
amalga oshirilgan bo„ladi. Og„zaki nazorat yakka tartibda yoki
yalpi ravishda o„tkaziladi. Yakka tartibda o„tkazilgan nazorat
o„quvchi oldiga qo„yilgan savollarning javobini eshitish orqali
o„qituvchi
uning
o„quv
materiallarini
qay
darajada
o„zlashtirganligini namoyon qilishga erishadi. Bunday suhbatni
o„tkazishda o„qituvchining savollari aniq va qisqa bo„lishi,
mazmunliligi va javob beruvchiga qulayliligi va tushunarliligi
bilan ajralib turishi lozim. Odatda, yalpi suhbat, og„zaki nazorat
uslubi sifatida o„quvchilarning bilim, ko„nikma va malakalarini
joriy tekshirishda qo„llaniladi. Yakka tartibdagi suhbat joriy,
marraviy, kuniy va xulosaviy tekshiruvlarda ham qo„llaniladi.
Kasbiy va mehnat ta‟limida yozma nazorat usullari yozma
ishlarda, sinov ishlarda va o„quvchilarning yakka tartibdagi
ishlarida o„z aksini topadi. Ular qisqa, 15-20 daqiqada yoki butun
dars davomida amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi vaqtlarda bilimlarni nazorat qilish, yozma holdagi
dasturli ko„rinishda qo„llanmoqda. Ushbu maqsadda u yoki bu
mavzu bo„yicha savollar hamda ularga tegishli javoblar
variantlarini ishlab chiqiladi. Keltirilgan javoblarning xarakterli
xususiyati shundan iboratki, ularning biri aniq va to„liq, to„g„ri
bo„ladi, qolgani esa mazmunan noaniq, to„liqmas, ba‟zan umuman
noto„g„ri bo„lishi mumkin. O„quvchilarning vazifasi ana shunday
javoblardan eng to„lig„ini, aniig„ini va to„g„risini topishdan
iboratdir. Yozma suhbat, joriy, marraviy, yakuniy va xulosaviy
tekshirishlarda ham o„tkazilishi mumkin.
Mehnat va kasbiy tayyorgarlik jarayonida o„tkaziladigan
laboratoriya nazorati usuli yordamida, masalan, o„quvchilarning
o„lchash malakalarini aniqlash mumkin. Jumladan, u
o„quvchlarning chiziqli o„lchov asboblari (shtangensirkul,
nutrometr, chizg„ich, mikrometr, tansportyor va h.k.), elektr
o„lchov asboblari (voltmetr, ampermetr, vattmetr va h.k.) bilan
50
ishlay olish malakalarini va biror aniq kasb uchun qanchalik
shakllanganligini namoyon qlishga imkon beradi.
Endi yuqorida ko„rsatilganidek, “Umumiy texnika fanlari va
mehnat ta‟limi” (2120) 5118000-Mehnat ta‟limi, 5116000-Kasbiy
ta‟lim mutaxassisligi bo„yicha oliygohlar industrial-pedagogika
fakultetlari, texnika bo„limlari bazasida bo„lajak o„qituvchilarning
kasbiy (uslubiy) tayyorgarligi ustida to„taymiz. Uchinchi ilovada
keltirilgan materiallardan ko„rinadiki, bo„lajak mehnat ta‟limi
o„qituvchilarining kasbiy uslubiy tayyorgarligini amalga oshirish
uchun ular 15 tadan ziyod o„quv elementlari-nazariy fanlar,
amaliy, laboratoriya mashg„ulotlari, ta‟limiy-tarbiyaviy tadbirlar
mazmunini o„rganishlari zarur bo„ladi. Bo„lg„usi mehnat ta‟limi
o„qituvchilarining bevosita uslubiy tayyorgarligini esa “Mehnat
ta‟limi va kasbiy mahorat tayyorgarligi uslubiyati” fanlari
guruhiga kiradigan o„quv fanlari majmui ta‟minlaydi. Bular
quyidagilardir:
1) Mehnat va kasbiy ta‟lim uslubiyati va umumtexnikaviy
fanlarini o„qitish;
2) O„quvchilarning ishlab chiqarish mehnatini tashkil etish;
3) O„quvchilarning mehnat va kasbiy tayyorgarligining
pedagogik va psixofiziologik asoslari;
4) Kasb tanlashga yo„llash fanining nazariyasi va uslubiyati.
Oliy o„quv yurtlari talabalarining amaliy pedagogik
faoliyatga uslubiy tayyorgarligining shakllanish darajasini
namoyon qilishda ularning uslubiy fanlar bo„yicha o„zlashtirish
darajasini aniqlash, hisobga olish va baholashda 2 va 3 darajali
testlarni
tuzish
maqsadga
muvofiq
bo„ladi.
Yuqorida
ta‟kidlanganidek, 2-,3-darajali testlar axborotlarni qayta eslash,
xotirlash, topshiriq va jarayon kabi testlarga bo„linadi (3-
chizmaga qarang). Quyida ana shunday testlardan namunalar
keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |