N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

Inkor etish.
Inson unga og’riq beruvchi voqelikka e’tiborsizlik bilan, 
o’zini xuddi muammo mavjud emasdek tutadi.
2. 
Ko'chirish
- hissiyot ob’ektini xavfsizrog’iga almashtirish. Aslida 
hissiyotlaming paydo bo’lishiga umuman boshqa odam sabab bo’lsada, inson 
muhabbat, nafrat, raqobatchilik haqida mulohaza yuritadi.
3. 
Sublimatsiya
- jinsiy mayllar bilan bog’liq harakatlami yuksak 
maqsadlarga, masalan, ijodkorlikka safarbar qilish.
4. 
Proektsiya -
inson o’zining shaxsiy ong uchun maqbul bo’lmagan ichki 
sezgi va istaklarini boshqa odamlarga o’tkazishidan iborat bo’lgan himoya 
mexanizmi. Boshqalami, aynan, shuning uchun ayblaydi.
5. 
Xayollarga berilish
- shaxsiy «Men»ning ahamiyatliiigini ko’rsatish 
maqsadida tasavvur, zeb berish, o’z imkoniyatlariga ortiqcha baho berish 
sohasida frustratsiyalangan ehtiyojlami qondirish.
6. 
Kasallikka berilish -
muammolami hal etishda ma’suliyatlilik va 
mustaqillikdan bosh tortishga intilish; bu mexanizm «ikkilamchi foyda» noyob 
hodisasi bilan bog’liq. Bemorlik roli odamni harakat qilish zaruriyatidan ozod 
qiladi, tobe va hamdardlikka muhtoj bo’lishga imkon yaratadi.
7. 
Repressiya
(siqib chiqarish, so’ndirish) - xotiradan ruhiyatga jarohat 
yetkazuvchi noxush uchrashuvlar, voqealar, hodisalami o’chirib tashlaydigan 
tub negizli himoya mexanizmi. O’zimiz ham bajarolmagan va’da, xunuk xatti- 
harakatimiz haqida juda tez unutamiz. Lekin bu munofiqlik emas. Inson 
haqiqatdan ham ko’rmay, bilmay turib, unutib yuboradi.
8. 
Regressiya
- voyaga yetgan insonga o’zini yosh boladek tutish imkonini 
beruvchi rivojlanishning dastlabki boqichlariga qaytish. Oilali ayol turmush 
o’rtog’i bilan kelisholmay qolsa, xuddi, awalgidek, ota-onasi uyida kichkina 
qizcha davridagidek, himoya va yupanch ilinjida yig’lay boshlaydi. Ba’zida 
kattalar qandaydir vaziyatda «bolalarcha ifodalar» bilan gapirishlari mumkin. 
Bu o’ziga xos ravishda xavotirga sabab bo’luvchi voqelikdan, muammolardan 
o’ziga xos ravishda chekinishdir.
9. 
Qarama-qarshi reaktsiyaning shakllanishi
- ong uchun maqbul 
bo’lmagan reaktsiyaning qarama-qarshisiga almashtirish, masalan, muhabbatni -
162


nafratga, nafratni - muhabbatga. Jinsiy yetilish davrida qizlarga nisbatan 
havasning uyg’ongani anglanmagan holda o’g’il bolalar qizlaming sochlaridan 
tortishi, janjallashishi, yomon laqab qo’yishi, ularga toqat qilolmasliklarini 
alohida ta’kidlashlarida namoyon bo’ladi.
10. 
Qasd olish
- impuls yoki hissiyotni bir ob’ektdan qulayroq boshqa 
ob’ektga qayta yo’naltirish. Oila boshlig’i ishxonadagi noxushliklaming alamini 
bevosita aybdor - boshlig’idan emas, balki, ayolidan, bolalaridan yoki itidan 
oladi.
11. 
Maqsadga muvofiqlashtirish —
muvofiq kelmaydigan harakatlar va 
fikrlar uchun ishontiradigan sabablarni o’ylab topish, o’zini aidash. Masalan, 
omadsizlikka uchragan odam, o’zi intilgan ob’ekt qadrini pasaytirgan holda, 
haqoratlangan izzat-nafsini tinchlantiradi. Rad javobini olgan yigit qizning 
«didiga mos kelmasligini»» yoki avval o’ylaganchalik go’zal emasligini e’lon 
qilishi mumkin.
12. 
Intellektuallashtirish
- uning yordamida sub’ekt diskursiv ko’rinishda 
o’zining nizolilari va hissiyotlarini ularni egallab olish maqsadida ifodalashga 
harakat qiladigan jarayon. Boshqacha aytganda, o’z havaslarini, mantiqiy hosil 
qilingan mulohaza tuzilmalariga o’ragan holda, ifodalashga intilishdir. 
Kechinma mulohaza yuritish bilan almashtiriladi.
13. 
Yakkalanish -
intellektuallashtirishga o’xshash mexanizm bo’lib, 
mulohaza yoki harakatning sub’ektning boshqa fikrlari yoki hayotining boshqa 
tomonlari bilan 
uzilishini bildiradi. Yakkalanish tafakkur jaraniyodagi 
to’xtalishda, formula va ritualda ifodalanishi mumkin. Bu mexanizm u yoki bu 
mavzu yuzasidan suhbatlashish istagining mavjud emasligi, muhokama 
etilmasligi sifatida ko’rinadi.
14. 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish