4.
Verballashtirilgan yechimni rasmiylashtirish davri.
Bu bosqichda yangi
masala yechish usuli mantiqiy rasmiylashtirilgan masala tuziladi. Yechimni
rasmiylashtirish jarayoni ongli darajada sodir bo’ladi.
Ijodkorlik davri jarayonlari hulq-atvor psixologik mexanizmi
tuzilishining
uni amalga oshirish davomida bir-biri bilan o’rin almashib turadigan tashkil
etish darajalari sifatida ko’rib chiqiladi. Ijodiy faollik ijodiy masalalami hal etish
sharoitlarida yuzaga keladi, va har bir odam bir muncha vaqt davomida o’zini
yaratuvchi sifatida his etishi mumkin. Turli-tuman hayotiy vaziyatlarda odamlar
hulq-atvorini differentsial-psixologik jihatdan tahlil qilish shaxsning istalgan
hayotiy masalalarning yechimini topishda o’ziga xos yechish usullarini
qo’llaydigan tipi mavjud, - bu
ijodkor shaxs tipi.
Ijodkor
shaxsning asosiy
o’ziga xos xususiyati ijodkorligi.
Kreativlik -
shaxs faoliyatini mahsuldor o’zgartirishlar bilan ta’minlovchi,
tadqiqot faolligi ehtiyojini qondirishga imkon yaratuvchi inson psixikasining
integrativ sifati. Kreativ shaxs boshqa odamlardan bir qator o’ziga xos
xususiyatlari
bilan
ajralib
turadi,
bular:
a)
kognitiv-
subsensor
seskantiruvchilarga nisbatan yuqori sezuvchanlik; noodatiy, noyob, ayrim
hodisalarga nisbatan sezuvchanlik; hodisalami ma’lum tizim, majmuada idrok
qilish qobiliyati; kam uchraydigan hodisalami eslab qolish; rivojlangan tasawur
va fantaziya; yagona masalaning bir qancha yechimlarini
umumlashtirish usuli
sifatida harakatli tafakkuming rivojlanganligi.; b)
emotsional-
yuqori
emotsional
qo’zg’aluvchanlik,
hayajonli
holatlami
yengish,
stenik
hissiyotlarning mavjudligi; v)
motivatsion
- tushunish, tadqiqot, o’zini namoyon
qilish va o’z mavqeini belgilashga, o’zini mustaqil idora qilishga bo’lgan
ehtiyoj; g)
kommunikativ
- tashabbuskorlik, liderlikka bo’lgan moyillik, ichki
sababning mavjudligi.
Ijodkorlik faoliyat turlaridan biri va kreativlik yangilik, o’ziga xoslikni
izlashga yordam beradigan belgilaming barqaror yig’indisi sifatida jamiyat
taraqqiyotini ta’minlaydilar.
Ijodkorlik faoliyati
- muammolami hal etishning yangi g’oyalar,
kashfiyotlarga sabab bo’luvchi yangi yechimini taqdim etuvchi tafakkur.
Odatda, psixologlar tomonidan ijodkorlikka monelik qiluvchi ichki g ’ovlar
ko’rsatiladi.
1.
Konformizm
- boshqalarga o’xshashlik istagi. Odamlar boshqalardan
ajralib qolmaslik uchun original g’oyalami taklif etishdan cho’chiydilar. Bu
ko’pincha tushunmaslikning bolalikdagi dastlabki tajribasi va kattalar bilan
tengdoshlar orasida g’oyalaming tanqid qilinishi bilan bog’liq.
265
2.
TSenzura
- har bir shaxsiy g’oyaning ichki tanqi tanqid qilinishi. Qat’iy
ichki nazoratga ega bo’lgan odamlar muammoning tabiiy yo’l bilan hal etilishini
kutishni afzal ko’radilar yoki hal etish ma’suliyatini boshqa birovga yuklaydilar.
3.
Rigidlik
- bir turdagi stereotipli nuqtai nazardan boshqasiga o’tishning
qiyinligi. Rigidlik tayyor yechimlarni takomillashtirishga, odatiy, tanish bo’lgan
narsalarda noodatiy narsalami «ko’rish» imkoniyatini bermaydi.
4.
Javobni tez topish istagi.
Eng oqilona yechimlar ijodiy «tanaffiis»
vaqtida, inson o’ziga muammo ustida zo’r berib bosh qotirishdan chalg’ishga
imkoniyat berganida kelishi kuzatilgan.
Ijodkor shaxslar - nonkonformistlar: ular atrof-muhit talablarini ulaming
qarashlariga bu talablaming mos tushishiga ko’ra qabul qiladilar. Ulaming
hayot, jamiyat, atrof-olam haqidagi tasavvurlari noodatiy bo’ladi, bunday
odamlar g’oyaviy aqidalar qaramligidan xoli bo’ladilar. Ijodkor shaxslaming
aqliy qobiliyati sun’iy bo’ladi: ular turli hodisalar o’rtasida aloqalar o’matishga
intiladilar. Shu bilan bir qatorda ulaming tafakkuri o’zgaruvchandir:
ular bir
turdagi jismlaming turlicha bog’lanishlarini ko’ra olishga intiladilar. Bu
toifadagi odamlar deyarli bolalarcha hayratlanish va zavqlanish qobiliyatini
butun umrga saqlab qoladilar, ular barcha qiziqarli narsalarga sezgir,
senzitivdirlar.
Tiplarga xos bo’lgan xususiyatlarga ko’ra ijodkor shaxslar san’at, fan va
texnika ijodkorligida o’zlarini namoyon qiladilar. SHaxsning badiiy tipi olamni
badiiy obrazlar orqali o’zlashtiradi, ulaming yaratilish mexanizmlarini, estetik
qarashlar, dunyoqarashni tadbiq etish uchun nutqli, vizual, tovushli belgilaming
vositali tizimlarini egallaydilar.
Tafakkur turlaridan tashqari, individual tarzda o’ziga xos bo’lgan
tafakkur
tiplari
ham mavjud. K. Yung odamlar fikrlash faoliyati
tiplarining tafakkur
jarayonlaridagi ekstraversiya va introversiya, ratsionallik yoki irratsionallik,
emotsionallik va mantiqiylikning dominantligiga ko’ra tasniflanishlaridan birini
taklif etdi. U tafakkur xususiyatiga ko’ra odamlaming ichki sezgiga asoslangan
va fikrlovchi tiplarini ajratib ko’rsatdi. Burinchi tipga hissiyotlarning mantiqdan
ustunligi va bosh miya o’ng yarim sharlarining chap yarim sharlaridan
dominantligi xosdir. Ikkinchi tipga esa ratsionallik va miya chap yarim sharining
o’ng yarim sharidan, mantiqning hissiyot va ichki sezgidan ustunligi xosdir.
Va nihoyat, shuni ta’kidlab o’tish lozimki, «fikrlash faoliyatida ikki
qarama-qarshi fikrlar -
egallanganlami saqlash, qayd etish va ulami o’zgartirish
o’rtasida doimiy kurash sodir bo’ladi. «Fikrlash malakasi - bu bu ma’lum
masala talablariga mos keluvchi mavjud bo’lgan, ushbu masalaga javob
beradigan bilimlarni ijro etishga qobiliyatli bo’lishning o’zi emas, balki,
berilgan masalaga mos kelmaydigan bilimlardan voz kechish, bartaraf etishga
266
ham qobiliyatli bo’lish demak. Ko’pincha shakllangan bilim yoki qat’iy qayd
etilgan harakat usuli masalani hal etishda yangi jihatlami aniqlashga halaqit
beradilar» (N.A. Menchinskaya).
Insonda tafakkur mavjudligi va uning kelib
13.6. Tafakkur nazariyalari
Do'stlaringiz bilan baham: