etamiz. Masalan, agar odam biror-bir kuyni tinglayotgan bo’lsa, yangi nota
jaranglashi haqida axborot yetkazilguniga qadar uning ongida aw al tinglangan
kuyning notalari jaranglayveradi. Odatda, tinglovchi kuyni tushunib yetadi,
ya’ni, uning tuzilishini yaxlitligicha idrok etadi.
SHunday qilib, idrok ongimizga
biz real olamda duch kelgan jism yoki hodisaning tuzilishini yetkazib beradi.
Idrokning navbatdagi xossasi uning
konstantligidir.
Konstantlik deb, idrok
qilish sharoitlarining o’zgarishida jismlar ba’zi bir xossalarining nisbiy
doimiyligiga aytiladi. Pertseptiv tizimning idrok sharoitlarining o’zgarishini
to’ldirish qobiliyatida namoyon bo’ladigan konstantlik tufayli, bizni o’rab
turgan jismlarni nisbatan doimiy jismlar sifatida idrok etamiz. Yuqori darajadagi
konstantlik jismlar rangi, kattaligi va shaklini ko’rish idrokida kuzatiladi.
Rangni idrok qilish konstantligi yoritilganlikning o’zgarishida ko’zga
ko’ringan rangning nisbiy o’zgarmasligidan iborat. Masalan, ko’mir bo’lagi
yozning
quyoshli kunida, kech tushgan vaqtdagi bo’rdan ko’ra taxminan 8-9
marta yorqinroq ko’rinadi. Lekin ko’mimi qora rangda idrok etamiz, bo’ming
tusi esa, kechqurun bo’lsa ham, biz uchun oq bo’ladi. Rangning konstantlik
hodisasi qator sabablar, shu jumladan, ko’rish
maydoni yorqinligi umumiy
darajasining yorqin ranglarning keskin o’zgarishiga moslashishi, shuningdek,
yoritilganlik sharoitlarida jismlarning haqiqiy rangi haqidagi tasawurlaming
ta’siri bilan belgilanadi.
Jismlar kattaligi idroki konstantligi jismlarning turlicha uzoqlashganlik
masofalaridagi jismlarning ko’zga ko’ringan kattaligining
nisbiy doimiyligida
ifodalanadi. Xuddi shunday, bir xil odamning bo’y o’lchami 3,5 va 10 metr
masofadan, ko’z to’r pardasidagi tasvirining kattaligi uzoqlashish masofasiga
ko’ra turlicha bo’lsada, o’zgarmas holatda idrok etiladi. Bu holat jismlarning
uncha katta bo’lmagan uzoqlashish masofasida ulami idrok qilish kattaligi
faqatgina ko’z to’r pardasidagi
obrazning kattaligi bilan emas, balki, qator
omillar ta’siri bilan ham tushuntiriladi. Bunday ahamiyatga molik bo’lgan
omillardan jismni turli masofalarda qayd etishga moslashayotgan ko’z
mushaklarining zo’riqishidir.
Jismlar shakli idroki konstantligi jismlar holatining kuzatuvchi nigohi
chizig’iga nisbatan o’zgarishi sharoitida idrokning nisbiy o’zgarmasligidan
iborat. Ko’zlarga nisbatan jism holatining har bir o’zgarishida uning to’r
pardadagi tasvirining shakli o’zgaradi (masalan, jismga to’g’ri, yon, orqa
tomondan qarash mumkin va h.k.). Lekin ko’zlaming, bizga avvalgi tajribadan
ma’lum bo’lgan jismlar shakli va chiziqlariga xos bo’lgan uyg’unliklami
ajratish bo’yicha harakatlari tufayli idrok etilayotgan jism shakli biz uchun
doimiy bo’lib qoladi.
208
Idrok konstantligi manbai bo’lib pertseptiv
tizimning faol harakatlari
xizmat qiladi. Aynan o’sha jismlaming turli sharoitlarda ko’p martalab idrok
etilishi pertseptiv obrazlarning o’zgaruvchan sharoitlarga nisbatan doimiyligi
(invariantlik, o’zgarmas tuzilish)ni, shuningdek, retseptor apparatining
harakatlarini ta’minlaydi.
Idrokning xususiyatlari insonning barcha orttirilgan
amaliy va hayotiy
tajribasi bilan belgilanadi, chunki idrok jarayoni faoliyatdan ajralmasdir. Idrok
seskantiruvchining xususiyatining o’zigagina emas, balki, sub’ektga ham
bog’liq bo’ladi. Ko’z va quloq emas, ma’lum bir jonli inson idrok etadi.
Idrokning psixik hayotimizning umumiy mazmuniga bog’liqligi
Do'stlaringiz bilan baham: