N. S. Gaipova, M. Z. Ismatullayeva, A. S. Axmetova, X. Z. Ismatullayeva tikuv chilik



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/57
Sana11.11.2022
Hajmi2,76 Mb.
#864334
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57
Bog'liq
Tikuvchilik texnologiyasi asoslari

3.10.Ziy choklar
Ziy choklar detal qirqimlarini titilib ketishidan saqlash va yoqa, 
bort, ch o ‘ntak, yeng uchi, kiyim etagi kabi detallaming chetini 
tikishga moMjallangan bo‘lib, uning bukma chok, mag‘iz chok, 
ag‘darma chok turlari bor.
31-rasm
Bukma chok (31-rasm, a) ochiq va berk qirqimli bo'ladi. Ochiq 
qirqimli bukma chok adipning ichki chetlarini, yoqa o'm izini, 
yeng o ‘mizini, etak va yeng uchlarining mag‘izlarini, shuningdek 
yengil kiyimdagi bezak detallar (volanlar, q o ‘ym a burm alar, 
lyushlar) chetini ishlashda qo‘llaniladi. Detaining qirqimi, teskarisiga 
0,5-0,7 sm bukiladi, bukilgan ziydan 0,1-0,3 sm masofada baxyaqator 
yuritiladi,yoki 0,2-0,4 kenglikda maxsus mashinada tikiladi.
Qo‘yma burmalar, volanlar, lyushlar, yoqalar va boshqa detallarni 
maxsus mashinada bukib tikishda chokning eni 0,2-0,7 sm bolishi kerak.
Berkqirqimli bukma chok shoyi va ip gazlamalardan tikiladigan 
ko‘ylaklar, bluzkalar etagini, yenglar uchini bukib ishlash uchun
43


q o ‘llaniladi. Detaining qirqimi teskarisiga 0,7-1,0 sm bukiladi va 
modelda ko‘rsatilgandek kenglikda yana bukiladi va buklangan ziydan 
0,1-0,2 sm masofada baxiyaqator yuritiladi.
Mag'iz choklam ing (31-rasm, b) ochiq qirqimli, berk qirqimli 
va jiyakli xillari bor.
O chiq qirqim li m ag‘iz chok yubka etagini, shim pochasini 
titilishdan asrash va qirqimlarni bezash uchun ishlatiladi.
Asosiy detaining o'ngiga gazlamaning ko‘ndalang yoki bo ‘ylama 
ipi bo ‘yicha 45° qiya yo‘nalishda bichilgan, eni 2-2,5 sm li gazlama 
bo ‘lagi o ‘ngini ichkariga qilib qo‘yiladi, asosiy detal bilan gazlama 
bo ‘lagi qirqimlari bir-biriga tekislanadi va chetidan 0,3-0,4 sm 
ichkaridan baxyaqator yuritiladi. So‘ngra chok qirqimlarini gazlama 
bo ‘lagi bilan aylantirib o ‘rab chok eniga teng kant hosil qilinadi. 
Kant gazlama bo‘!agini ulash chokiga yoki undan 0,1 sm ichkaridan 
mashinada tikib puxtalanadi.
Berk qirqimli mag‘iz chokda mag‘iz asosiy detal o ‘ngiga o ‘ngini 
qaratib qo‘yiladi, qirqimlari tekislanib, biriktiriladi, tikilgan bo ‘lak 
(m ag‘iz) chok qirqimlarini aylantirib o ‘rab chok eniga teng kant 
hosil qilinadi, bo ‘lakning ochiq qirqimi ichkarisiga buklanib ulash 
choki ustidan yoki undan 0,1 sm ichkaridan m ashinada tikib 
puxtalanadi.
Berk qirqimli mag‘iz chok ikki buklangan bo ‘lak bilan ishlanishi 
ham mumkin. Bunday chok yoqa va yeng o ‘mizlarini ishlashda hamda 
bezak chok sifatida ishlatiladi. Eni 3-3,5 sm li gazlama bo‘lagi teskarisini 
ichkariga qilib uzunasiga ikki buklab dazmollanadi, asosiy detaining 
o ‘ngiga q o ‘yiladi, qirqimlari tekislanadi va qirqimlari chetidan 0,5 
sm masofada ulanadi. Tikilgan gazlama bo‘lagi chok qirqimlarini 
yopadigan qilib qayirilsa, eni boMakning ulash chokiga teng kant 
hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan kantni puxtalash uchun o ‘ngidan bo ‘lakni 
ulash chokiga tushirib, ikkinchi baxyaqator bilan tikiladi.
Engil kiyimlarni tikishda, masalan, jun gazlamadan tikiladigan 
kiyimlarning chok qirqimlarini ishlashda maxsus jiyak bilan mag‘iz 
chok hosil qilish keng qo‘llaniladi. Jiyak uzunasiga shunday qo‘yiladiki, 
uning pastki cheti ustki chetiga nisbatan 0,1-0,2 sm chiqib turadi va 
shu halatda dazmollab yotqiziladi.
44


Mag‘iz qo ‘yilishi kerak bo'lgan detal qirqimi tayyorlangan jiyak 
ichiga kiritiladi va jiyakning ustki cheti bo‘yicha 0,1 sm ichkaridan 
bahiyaqator yuritiladi, bunda jiyakning ikkinchi cheti baxyaqator 
tagida qolishi shart.
Ag‘darma chok (31 -rasm, v) kantli, ramkali, qistirma kantli boMadi. 
Ag‘darm a chok biriktirm a chokning bir turi b o ‘lib, c h o ‘ntak 
qopqoqlarini, yoqalarni, bortni, izma kabi detallar chetini tikishda 
ishlatiladi.
Kantli ag‘darma chokda detallardan biri ikkinchisidan 0,1-0,3 sm 
qochiribroq bukilgan boMadi. Buning uchun chok solingandan keyin 
uni yozib dazmollanadi, detallar o ‘ngiga aylantiriladi, kant hosil 
qilib ziyi ko‘klanadi. Hosil bo ‘lgan kantni saqlab qolish uchun 
detallar cheti baxyaqator, yolg‘on qaviq bilan tikiladi yoki chok 
qirqimlari ichki tom ondan detallarning biriga yopishtirib tikiladi.
Ram kali ag‘d arm a ch o k pidjak c h o 'n ta k la ri, k o ‘ylakning 
tugmalanadigan joylari kabilami tikishda qoMlanadi. Bu chokni tikish 
kantli ag‘darma chokni tikishga o ‘xshaydi. Hosil bo ‘lgan ramkani 
saqlab qolish uchun ag‘darm a chok ustidan baxyaqator yuritib 
qo ‘yiIadi.
Qistirma kantli ag‘darma chok yoqalami, ko‘ylak bortlarini bezashda 
va muayyan xizmatdagi kishilar kiyadigan form alarni tikishda 
ishlatiladi. Qistirma kantli ag‘darm a chok tikilayotganda qistirma 
gazlamani, ya’ni eni 2,5-3,0 sm gazlama parchasini ikki bukib 
detallardan birining o ‘ngiga ulanadi. Keyin ikkinchi detaining o ‘ngi 
birinchi detaining o ‘ngiga qaratilib, chetlari tekislab qo‘yiladi va 
qistirm a kantni ulangan baxyaqator ustidan yangi baxyaqator 
yurgiziladi.

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish