N. Rahmatullayeva A. Kamalov ijtimoiy menejment


Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalar



Download 3,44 Mb.
bet41/113
Sana22.01.2022
Hajmi3,44 Mb.
#399266
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113
Bog'liq
ijtimoiy menejment

Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalar. Har bir ijtimoiy tizim o‗zaro bog‗liq mustaqil ikki tizimchadan iborat: boshqaruvchi va boshqariluvchi. Moddiy va ma‘naviy ne‘matlar yaratish yoki xizmatlar ko‗rsatish jarayonini bevosita ta‘minlovchi barcha elementlar boshqariluvchi tizimchaga kiradi. Boshqaruvchi tizimchaga boshqaruv tizimida band bo‗lgan odamlar jamoasiga maqsadli ta‘sir etish, ya‘ni boshqarish jarayonini ta‘minlovchi barcha elementlar kiradi. Boshqaruvning tashkiliy tuzulmasi boshqaruvchi tizimning asosiy elementi hisoblanadi.
125

Aytib o‗tilgan tizimchalardan har biri o‗z xususiyatlariga ega. Ijtimoiy tizimda va uning yirik qismlarida (boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalarda) o‗ziga xos kichik darajadagi tizimlarni tashkil etuvchi elementlar guruhlari ko‗rinadi: texnik, texnologik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy.


Texnik tizim turli alohida uskunalar yig‗indisidan iborat bo‗lgan alohida texnik vositalarning birikmasidan iborat. Masalan, ijtimoiy iqtisodiy tizimlarda u korxona, tashkilot, sohaning ishlab chiqarish quvvatini ifodalaydi. Uning yordamida odamlar moddiy ishlab chiqarish jarayonida belgilangan sifatda va ma‘lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarishlari mumkin.
Texnologik tizim moddiy yoki ma‘naviy ishlab chiqarishning bosqichlar va jarayonlar bo‗linishiga asoslanadi. Mazkur tizim moddiy yoki ma‘naviy ishlab chiqarish jarayoni va ularni boshqarishda operatsiyalar ketma-ketligini aniqlovchi qoida va me‘yorlar yig‗indisidan iborat.
Tashkiliy tizim boshqaruv tuzulmasi, mos keluvchi holatlar va instruksiyalarni ishlab chiqish yordamida texnik vositalar, mehnat qurollari, axborot, maydonlar va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish imkonini beradi.
Iqtisodiy tizim xo‗jalik va moliyaviy jarayonlar va aloqalar birligini bildiradi.
Ijtimoiy tizim odamlar va ijtimoiy guruhlarning birgalikdagi faoliyati natijasida xosil bo‗ladigan ijtimoiy munosabatlar yig‗indisidan iborat. Aynan ijtimoiy tizim iqtisodiy tizim bilan birgalikda moddiy va ma‘naviy ishlab chiqarish, jamiyat siyosati maqsadlarini aniqlaydi, ularni tashkil etish tamoyillari va usullarini shakllantiradi.
Barcha tizimlar - texnik, texnologik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy - o‗zaro bog‗liq. O‗zining birgaligi bilan ular yagona organizmni tashkil qiladi. Bunda texnik, texnologik va tashkiliy tizimlar birgalikda
126

boshqaruvning tashkiliy-texnik tomonini, iqtisodiy va ijtimoiy tizim esa ijtimoiy-iqtisodiy tomonini ta‘minlaydi va xarakterlaydi.


Shunday qilib, ijtimoiy tizimlarni boshqarish darajasini xarak-terlovchi har bir bo‗g‗in bir-biri bilan aloqada va bog‗liqlikda bo‗lgan boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalardan iborat. Masalan, korxonalar xalq xo‗jaligi tarmoqlarini boshqarish iyerarxiyasining dastlabki bo‗g‗inlari hisoblanadi. Ular iqtisodiyot tuzilmasining bir qismini tashkil etadi va bir paytning o‗zida zamonaviy jamiyatning iqtisodiy tuzilmasini aniqlovchi xalq xo‗jaligining asosiy bo‗g‗inlaridan biri.
Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o‗rtasida aloqa axborot yordamida amalga oshiriladi. U boshqaruvchi tizimdan boshqariluvchi tizimga bajarish uchun keladigan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uchun asos bo‗lib xizmat qiladi.
Har bir ijtimoiy tizim o‗z-o‗zini boshqara oladi. Bir vaqtning o‗zida boshqaruv jarayonida u tashqi ta‘sirga uchraydi. Har qanday tizimdagi tashqi va ichki ta‘sirlar o‗zaro uzviy bog‗liq va o‗zaro bir-birini taqozo etadi: biri qanchalik muhim bo‗lsa, boshqasining roli shunchalik kam bo‗ladi.
Ijtimoiy tizimning faoliyati va rivojlanishi bosh maqsadga bo‗ysundirilgan.
Ilmiylik ijtimoiy menejmentning xarakterli jihatlari bo‗lib, ijtimoiy qonunlar, boshqaruv qonuniyatlarini bilish va ulardan foydalanish, boshqaruv ta‘siri jarayonining tizimligi va uzluksizligini ta‘minlash, boshqariluvchi obyektlar va boshqaruv subyektlarini modellashtirish, hodisalarni sifat va miqdor jihatdan baholash, davlat, xo‗jalik va ijtimoiy menejmentning o‗zaro aloqadorligi va hamkorligi hisoblanadi.
Shunday qilib, ijtimoiy menejment nazariyasi ijtimoiy jarayonlar va hodisalarning jamiyat jarayonlarini boshqarish sohasiga kirib kelishi tamoyillari, qonunlari va qonuniyatlarini o‗rnatadi.
127

Ijtimoiy tizimlarning o‗z-o‗zini tashkil etish jarayonlari. Ijtimoiy tizimlarning vaqt va makonda o‗z-o‗zini tashkil etishi uchun quyidagi sharoitlar zarur: 1) tizimga ma‘lum oqimlar kirishi va chiqishi uchun tizimning ochiqligi (energiya va resurslarning tabiiy manbalari, kapital, tovar, inson resurslarining almashuvchan oqimlari); 2) ijtimoiy tizim turli qismlarining egri chiziqli hamkorligi; 3) ehtimollik elementining mavjudligi (masalan, tabiiy hodisalar ehtimolligi, ilmiy-texnik tadqiqotlar va ularni qo‗llashdagi oqibatlar ehtimolligi va h.k.); 4) tizim parametlari diapazonining aniqligi.


O‗z-o‗zini tashkil etish g‗oyasi hech qachon boshqaruv g‗oyasiga qarshi emas. Chunki agar yuqorida sanab o‗tilgan shartlardan hech bo‗lmasa biri o‗zgarsa o‗z-o‗zini tashkil etish xulqining sifati, yo‗li va natijasi har doim o‗zgacha bo‗ladi. Boshqaruvchi subyekt huquq
normalari (qonunlar) va turli ijtimoiy axborot «oqimlari»ni nazorat qilish orqali bosh boshqaruv ta‘sirini amalga oshiruvchi jamiyatning rahbar qismi bo‗lishi mumkin.


Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish