N. Rahmatullayeva A. Kamalov ijtimoiy menejment


Ijtimoiy menejer xususiyatlari



Download 3,44 Mb.
bet76/113
Sana22.01.2022
Hajmi3,44 Mb.
#399266
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   113
Bog'liq
ijtimoiy menejment

13.2. Ijtimoiy menejer xususiyatlari

Ijtimoiy menejment - faoliyatning maxsus turi bo‗lib, ma‘lum sharoitni taqozo etadi. Birinchidan, faoliyat yo‗nalishi va usullarini mustaqil tanlash. Ikkinchidan, qabul qilingan qarorlarning mas‘uliyatini o‗z bo‗yniga olish. Uchinchidan, tijorat faoliyatini olib borish va foydani mustaqil taqsimlash imkoniyatini yaratish. Ijtimoiy sohadagi menejerlarning asosiy vazifasi ijtimoiy resurslardan foydalangan holda


iqtisodiy tizimni takomillashtirish. Menejerlar iqtisodiyotni boshqaradigan kuchdir, ya‘ni menejer maxsus tayyorgarlik ko‗rgan boshqarishning sir-asrorlari, qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxassisdir. Menejerlar yollanma boshqaruvchilar bo‗lib, aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil etadi. Kompaniya firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatga ega bo‗lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma‘muriy boshqaruvchi kabilarning barchasi ham menejerlar deb yuritiladi.
Ular millatning «oltin fondi» hisoblanadi. Har bir davlatda bunday odamlar 6-8 % ni tashkil etadi. Yaxshi menejer bo‗lish uchun, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa sharoitlardan tashqari insonda tug‗ma qobiliyat bo‗lishi kerak. Yuqoridagi muammolarni yechish uchun menejerda qanday xususiyatlar bo‗lishi lozim?
Gellap institutining 782 rahbari o‗rtasida o‗tkazgan so‗rov natijalariga ko‗ra menejerning kuchli va kuchsiz tomonlari aniqlandi.
219

Unga ko‗ra menejerning kuchli tomonlari quyidagilar:




  1. rostgo‗ylik va to‗g‗rilik;




  1. boshqalar bilan yaxshi munosabatda bo‗lish;




  1. mehnatsevarlik;




  1. aqllilik;




  1. iqtisodiy faoliyatni bilish;




  1. liderlik;




  1. yuqori darajadagi ma‘lumotga ega bo‗lish. Zaif tomonlari:




  1. qarashlar cheklanganligi;




  1. boshqa odamlarni tushuna olmaslik;




  1. boshqalar bilan ishlay olmaslik;




  1. qat‘iyatizlik;

f) tashabbusning yo‗qligi;


g) mas‘uliyatni o‗z bo‗yniga olmaslik.
O‗tkazilgan barcha so‗rovlarda talabchanlikni sadizm darajasiga olib boruvchi rahbarlar qoralanadi. Boshqa tomondan esa superliderning beshta umumiy xususiyatlari aniqlangan:


  1. Ishchilarni mehnatga bo‗lgan munosabatini yaxshilash.




  1. Kommunikativlik – korxona holatini mijoz va xaridorlarga mos keladigan holda ko‗rsatish.




  1. Qat‘iylik – qiyinchiliklarga qaramasdan o‗z maqsadi tomon

borish.



  1. Rag‗batlantirish – ishchilar energiyasidan foydalangan holda maqsadga erishish tartibini yaratish.




  1. Tashkilotchilik qobiliyatini - guruhlar faoliyatini ma‘lum bir yo‗nalishga solish.

Boshqaruv funksiyalarini bajarishda va jamoatchilik ishlab chiqarishida zamonaviy menejerning o‗rni:


• rahbar – boshqaruvchi;

220


  • rahbar – diplomat;




  • rahbar – murabbiy, tarbiyachi;




  • rahbar – inson;




  • rahbar – innovator.

Rahbar madaniyati deganda, rahbar odobi va iqtidori o‗rtasidagi dialektik bog‗lanish tushuniladi. Bu bog‗lanish quyidagi fazilatlar majmuasida o‗z aksini topadi: rahbar madaniyati = odob + iymon + insof + adolat + iqtidor. Odob – aqlning suyanchig‗i, barcha fazilatlarning mezoni. Behudaga xalqimizda: ―Aql bilan odob – egizak‖,


– deyishmaydi. Adab – yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish, foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglashdir. Adab vositasida kishi o‗z jonini yomon xislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi, chiroyli fazilatlar bilan bezaydi.
Adab rahbarni eng chiroyli xulq bilan qurollantiradi. Natijada aql egalari bunday rahbardan har ishda rozi bo‗ladilar. Adabli rahbar esa kundan kunga obro‗ topadi, nufuzi oshadi, ishlari ravnaq topadi. Ba‘zi hakimlar adabni eng mas‘um va ko‗rkam fe‘lga ega bo‗lish desalar, ba‘zilari nafsni barcha qabih odatlardan tozalash deydilar. Demak, rahbardagi adabning mavjudligi, bu noyob ne‘matning mavjudligidir.
Umuman adab ikki xil bo‗ladi:


    • hikmat adabi;




    • xizmat adabi.

Hikmat adabi poklik va to‗g‗ri yo‗lga yetaklaydi, xizmat adabi esa badavlatlik va obro‗ga yetkazadi. Har ikkisi ham ulug‗ fazilat bo‗lib, biri aziz qilsa, ikkinchisi qudratli qiladi.


Iymon ardabcha so‗z bo‗lib, lug‗aviy ma‘nosi – ishonchdir. Iymonli kishini, xususan, rahbarni qisqacha shunday tavsiflash mumkin:


  • e‘tiqodli, ya‘ni o‗z fikr va qarashlariga mahkam, sobitqadamlik bilan ishonish va o‗zgalarni ham o‗zidek hisoblab, ularning lafziga samimiyat bilan ishonnishdir. E‘tiqod jur‘atni, mardlikni, fidoyilikni taqozo qiladi;

221


  • maslakli, ya‘ni o‗ziga xos aqidalari bilan boshqalardan ajralib turuvchi ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, g‗oyaviy va diniy yo‗l sohibi;




  • taqvodor, ya‘ni birovning haqiga xiyonat qilmaydigan;




  • sharm-hayoli, ya‘ni har qanday nojo‗ya xatti-harakatlardan o‗zini tiya oladigan;




  • oriyatli, ya‘ni o‗ziga nomunosib yoki ep ko‗rilmagan ishdan, narsadan xijolat tortadigan;




  • andishali, ya‘ni oqibatini o‗ylab ish qiladigan, yuz-xotirni biladigan, farosatli;




  • vijdonli, ya‘ni nohaq, adolatsiz ishlardn g‗azabga keladigan, bularga qarashlik bildiradigan: o‗z faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib, xursand bo‗ladigan, yomon tomonlaridan norozi bo‗lib, ruhan eziladigan, ya‘ni vijdon azobiga tushadigan.

Sodda qilib aytganda: iymon uch narsaning butunligidan xosil bo‗ladi: e‘tiqod, iqror va amal. E‘tiqod – bu ishonch. Iqror – so‗zda buni tan olish. Amal – yaxshi ishlar bilan uni isbotlash.


Insof – bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg‗usi va qobiliyati, ishda, kishilarga munosabatda halollik, to‗g‗rilik, barobarlik, sofdillik va haqiqitgo‗ylikdir. O‗zgani o‗z o‗rniga va, shuningdek, o‗z o‗rniga o‗zgani xayolan qo‗yib ko‗rish ham insofga kiradi. To‗q ochni, boy kambag‗alni, baxtli baxtsizni, toleyi baland toleyi pastni, omadli omadsizni, sog‗lom bemorni o‗z o‗rniga qo‗yib ko‗ra olsa va, aksincha, ham xuddi shunday bo‗lsa, olam guliston – insoflilar safi ko‗payaveradi.
Insof har qanday kishining, xususan, rahbarning jamiyat oldida, tevarak-atrofidagi kishlir oldida o‗z xatti-harakati bilan ma‘naviy ma‘suliyatini his etishining ifodasidir.
Adolat barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilatdir. Adolatparvar rahbarning axloqiy xislatlari bemalol qonun o‗rnini bosa oladi. Ulug‗ alloma Nosiriddin Tusiy ijtimoiy adolatning uchta asosiy talabi mavjudligini va jamiyat turaqqiyotini belgilovchi muhim omil ekanini alohida uqtirgan edi.
222

Iqtidorli deganda biror soha bo‗yicha layoqatini ongli ravishda sezgan, o‗zidagi qobiliyatni to‗la namoyon qilish uchun qat‘iyat ko‗rsata oladigan kishilar tushuniladi. Iqtidorli odamlar kuch-quvvatini ayamaydi va kutiladigan natijaga – maqsadiga yetadi, ya‘ni bor bo‗yicha ko‗rsatadi.


Ular ishda mardlik, chidamlilik, o‗z-o‗zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi xislat va fazilatlarga ega bo‗lishadi, o‗z xatti-harakatlariga hamisha tanqidiy ko‗z bilan qaraydilar, doimo olg‗a qarab intiladilar, erishgan samaralari bilan hech qachon cheklanib qolmaydilar. Iqtidorli insonlar o‗z faoliyatlari bilan hatto ba‘zi bir kamharakat katta iste‘dod egalariga qaraganda ham jamiyatga foyda keltiradilar.


Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish