12.3. Motivatsiyali resurslardan foydalanishning
O„zbekistondagi ahvoli
Motivatsion resurslardan foydalanishning O‗zbekistondagi ahvoli hozirgi kundagi eng dolzarb vazifalardan biridir. Bugungi kunda bu masala ikki nuqtayi nazardan baholanmoqda:
Shu sohadagi omillarning baxosi.
Yuqori mansabdor shaxslarning baxosi.
212
Bu ikki baho bir-biriga zid fikrlarni ilgari surmoqda, mana shu holat boshqaruvdagi inqirozning asosiy sababidir. Jamiyat uchun bu muammoni yechish yo‗llaridan biri xorijda keng qo‗llanilayotgan «ijtimoiy qatnashish» prinsipiga rioya qilishdir. Bu prinsipning asosiy mazmuni davlat o‗z vazifalarining bir qismini mahalliy boshqaruv organlariga berish orqali turli mulkchilik shakllarini yaratishi. Bunday siyosat Rossiyada 1919-yilda «kommunal xo‗jalik» yaratish davrida
amalga oshirilgan. O‗sha yillarda mahalliy xo‗jalik sohalarida odamlar mustaqil faoliyat yuritgan. Aynan shu davrda yangiliklarni amaliyotda qo‗llash sur‘atlari tezlashgan. Bunday urinishlar keyinchalik ham amalga oshirilgan. Bu urinishlarning asosiy maqsadi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tezlashtirish va mahalliy xo‗jaliklarning o‗z-o‗zini rivojlantirish asoslarini yaratishdir.
Biroq eski ma‘muriy-buyruqbozlik tizimi barham topgani yo‗q, balki yangi ko‗rinishda davom etmoqda. Fundamental fanlar asosan yirik texnopolislarda rivojlantirilgan, bu esa rivojlanishning eng qoloq usullaridan biridir. Faqatgina boshqaruvning markazdan joylarga berish orqaligina, turli hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga erishish mumkin. O‗zgarishlar hududlarni va mehnat jamoalarini iqtisodiyotning aktiv subyektlariga aylantiradi. O‗z navbatida, bu subyektlar hududlardagi intellektual resurslardan foydalanish darajasini oshiradi.
Mehnat jamoasi – bu jamiyatning bo‗g‗ini bo‗lib, uning tarkibiga bir maqsad yo‗lida birlashgan, o‗zaro o‗rtoqlarcha munosabatda bo‗ladigan, bir-biriga yordam beradigan, umumiy ish uchun mas'uliyat hissini sezadigan ishchilar kiradi. Mehnat jamoasining tuzumi undagi ishchi va xizmatchilarning kasbi, malakasi, lavozimining tarkibi, shuningdek, yoshi, jinsi, millati va psixologik qiziqishi, ishidan tashqari vaqtidan foydalanishi hamda boshqa ko‗p narsalar qanday nisbatda berilganiga bog‗liq bo‗ladi.
213
O‗zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining eng muhim xususiyatlaridan biri davlat hokimiyati organlarini tashkil etish va ularning faoliyati tarkibi vakolatlarini taqsimlab berish prinsipiga asoslanish. Asosiy qonunning bu bo‗limida joylarda davlat hokimiyati organlarini tashkil etishga yangicha yondashuv va hududiy jamoatchilik o‗z-o‗zini boshqarish organlarini tuzish o‗z ifodasini topdi. Konstitutsiya va boshqa qonunlarga muvofiq tarzda o‗z-o‗zini boshqarish nuqtayi nazaridan mustahkamlash bilan bir qatorda, mahalliy ma‘muriyat boshlig‗I – hokim lavozimi joriy qilindi. Mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish-ni O‗zbekiston sharoitida kengroq qo‗llash maqsadga muvofiqdir. Fuqarolar va ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning saylov huquqlari, mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish modellarini shakllantirish uchun ilk asos bo‗ldi.
O‗zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov aytganidek «Istiqlolga erishgan xalq o‗zgalarga zulm qilmaydi». Qator davlatlarda saylov tizimi mexanizmining amal qilishida mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish idoralarining ko‗p darajali tizimi mavjudligi, bevosita va bilvosita saylovlarning aralash olib borilishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mehnat jamoalarida o‗z-o‗zini boshqarishning mazmuni va vazifasi shundan iboratki, biznes reja tuzishda faol ishtirok etishi, o‗zaro yordam, bir-birini qo‗llab-quvvatlashi, o‗z-o‗zini boshqarishi, mablag‗ bilan ta‘minlashi hamda o‗zini o‗zi nazorat qilishdan iboratdir.
Hozirgi kunda korxonalarning o‗z-o‗zini mablag‗ bilan ta‘minlashga o‗tishi va boshqaruv vazifalarining murakkablashuvi xodimlarni to‗g‗ri tanlash, ularni joy-joyiga qo‗yish va tarbiyalash ishlariga katta mas‘uliyat bilan qarashni talab qiladi. Shu bilan bir vaqtda boshqaruv xodimlari oldiga qo‗yiladigan talablar ham oshadi. Boshqaruv xodimlari mehnatkashlarning eng yaxshi vakillari bo‗lib, ular o‗z bilimlariga, ko‗nikmalariga va tajribasiga ko‗ra mehnat jamoalarining mehnat faoliyatini tashkil qilishga qodir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat jamoalarini boshqarishda demokratlashtirishning hozirgi yo‗li juda muhimdir. Shu sababli mehnat jamoalarida o‗z-o‗zini boshqarishda erkinliklar berish hamda mehnat
214
jamoa a‘zolari korxona faoliyatining har bir daqiqasida ishtirok etishlari, ularning ish joylarini almashtirishlari, ilg‗or, iste‘dodli xodimlarni yuqori mansablarga ko‗tarish, ularni doimiy ravishda malakalarini oshirib borishlari, yangi texnologiya sirlarini o‗rganishlari lozim.
Har bir ishlab chiqarish jamoasi o‗zining ma‘lum xususiyatlari bilan boshqa jamoalardan farq qilib turadi. Jamoaning bu xususiyatlarini ifodalash uchun uning korxona, sex miqyosida qanday o‗rin egallashini, shuningdek, ishlab chiqarish ko‗rsatkichlari darajasini, mehnat sharoitini va uning qay tarzda tashkil etilganini, moddiy va ma‘naviy rag‗batlantirish usullari qanchalik takomillashganini va ana shu jamoadagi ruhiy muhitni bilishi zarur. Hozirgi vaqtda jamoalarni tasniflashga doir ko‗pgina yo‗nalishlar ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |