N. Rahmatullayeva A. Kamalov ijtimoiy menejment



Download 3,44 Mb.
bet56/113
Sana22.01.2022
Hajmi3,44 Mb.
#399266
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   113
Bog'liq
ijtimoiy menejment

9.2. Boshqaruv funksiyalari

―Funksiya‖ - lotincha so‗z bo‗lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma‘nolarni bildiradi.


―Vazifa‖ - amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo‗lgan masala, erishilishi lozim bo‗lgan, ko‗zda tutilgan maqsad. Yoki biror-bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal.
―Funksiya‖ tushunchasi ―vazifa‖ tushunchasiga nisbatan tor ma‘noga ega. Zero, funksiya faqat o‗z faoliyat doirasidagi vazifalarni o‗z ichiga oladi. Masalan, marketologning ishini bajarish korxona muhandisining funksiyasiga kirmaydi, chunki u bevosita marketolog
163

faoliyati doirasidagi yumushdir. ―Vazifa‖ esa o‗z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo‗lishi mumkin. Boshqarish funksiyasi deganda u yoki bu obyektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmuasi tushuniladi.


Demak, boshqaruv muayyan funksiyalar orqali amalga oshiriladi. Funksiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va o‗rganish boshqaruv jarayonini to‗g‗ri tashkil qilishning muhim shartidir.
Boshqarishning asosiy funksiyalari:


  • Rejalashtirish – boshqarishning asosiy va dastlabki funksiyasidir. Har qanday boshqarish reja tuzishdan boshlanadi.




  • Tashkil qilish – bu funksiya boshqaruv obyekti doirasida barcha boshqariluvchi va boshqaruvchi jarayonlarning uyushqoqligini ta‘minlaydi. Shu nuqtayi nazardan tashkil qilish ichki va tashqi shart-sharoitlarning o‗zgarib turishiga qarab, amaldagi tizim tarkibini takomillashtirish yoki yangisini tuzishdir. Bu funksiya joriy va strategik rejalarning ijrosini ta‘minlash bo‗yicha birinchi qadamdir.




  • Muvofiqlashtirish va tartibga solish – rejalashtirish, boshqarish-ning strategiyasi hisoblansa, muvofiqlashtirish boshqarishning taktik masalalarini hal qilib beradi. Bu funksiyaning asosiy vazifasi oqilona aloqalar o‗rnatish yo‗li bilan boshqariladigan tizimning turli qismlari o‗rtasida kelishib ish olib borishni ta‘minlashdir.

Nazorat – bu funksiyaning maqsadi ―tutib olish‖, ―aybini ochish‖, ―ilintirish‖ emas, balki boshqaruv obyektida sodir bo‗layotgan jarayonlarni hisobga olish, tekshirish, tahlil qilish va ma‘lum tartibda shu obyekt faoliyatini o‗z vaqtida sozlab turishdir. Nazorat o‗rnatilgan me‘yoriy hujjatlardan, rejalardan og‗ishlarni, ularning joyi, vaqti, sababi va xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.


Boshqarish funksiyalari - ko‗p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar bo‗yicha turkumlarga ajratib o‗rganish zaruriyati tug‗iladi.
164

Boshqaruv funksiyalarining mohiyati, klassifikatsiyasi va mazmuni-ni o‗rganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun o‗ta muhimdir, chunki yuqorida ta‘kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funksiyalarida namoyon bo‗ladi.


G‗arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funksiyalarini turkumlashda, eng avvalo, uning quyidagi asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik berishadi:


  • rejalashtirish;




  • tashkil qilish;







  • nazorat;




  • rag‗batlantirish (motivlashtirish).

Bu funksiyalar boshqaruvning barcha bo‗g‗inlarida va hamma bosqichlarida quyidagi izchillikda amalga oshiriladi.


Demak, boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu yerda rag‗batlantirish barcha funksiyalar jarayonida o‗z aksini topadi.
Bu funksiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bo‗lgan umumiy xususiyatlarga ega bo‗lib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud bo‗ladi. Ularni, shuningdek, boshqaruvning hamma tomonlarini qamragan funksiyalar deyish mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini ham bo‗yiga (vertikal tomondan), ham eniga (gorizontal tomondan) qamrab oladi.
Boshqaruv funksiyalari – faoliyatining alohida turlari bo‗lib, jamiyatni boshqarish jarayonida odamlar munosabati va aloqalarini maqsadga muvofiq ta‘sirini amalga oshirish bosqichlari va yo‗nalishlarini ko‗rsatadi. Boshqaruv funksiyalari tarkibi boshqaruv tizimining uning holatidagi har qanday o‗zgarishga samarali munosabatini ta‘minlash zarur. Boshqaruv funksiyalarini quyidagi belgilarni hisobga olgan holda ko‗rib chiqish zarur:
165

  1. boshqaruv jarayonining xususiyatlari, ya‘ni menejmentga tegishli belgilarning ajralishi;




  1. ijtimoiy rivojlanish jarayoni. Boshqaruvning bu jarayoni aniq elementlarga, ya‘ni jamiyatning hayot faoliyatiga yo‗naltirilgan.

Boshqaruvning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:


1. Rejalashtirish.
2. Tashkil etish.
3. Tartibga solish.
4. Rag‗batlantirish.
Barcha sanab o‗tilgan asosiy funksiyalar birgalikda amal qiladi va o‗zaro bir-biriga bog‗liq. Lekin ijtimoiy boshqaruvning bir pog‗onasidan boshqasiga o‗tishda ularning roli va munosabatlari o‗zgaradi.
Boshqaruv tizimini mukammallashtirishning zarur sharti bo‗lib, uning funksiyalari tahlili hisoblanadi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
 ishlab chiqilgan mezonlar asosida boshqaruv obyektlari tuzilmasini aniqlash;
 ish va operatsiyalar turlari, boshqaruv funksiyalarining ajralishi;  boshqaruv tizimining funksional va chiziqli bo‗g‗inlari o‗rtasida
aniq mehnat taqsimoti;
 lavozim instruksiyalari va tuzilma bo‗g‗inlari haqida holatlarning mavjudligi;


  • menejmentning barcha asosiy funksiyalari asosida boshqaruv faoliyati bilan solishtirish yo‗llarining asoslanishi.

Tuzilma kategoriyasi qurish va tizimning ichki shaklini aks ettiradi. Elementlari hamkorligini ta‘minlovchi o‗zaro aloqalar o‗rnatilgan, ma‘lum maqsadlarga erishishga yo‗naltirilgan tizim tashkiliy hisoblanadi. Ma‘lum maqsadga erishish uchun amal qiluvchi turli elementlar, bo‗g‗inlar va boshqaruv pog‗onalari tarkibini aks ettiruvchi tuzilma tashkiliy deyiladi.


Boshqaruv funksiyalari va tuzilmasi - boshqaruv tizimini tashkil etishning ikki o‗zaro bog‗liq tomonlaridir. Ular boshqaruv jarayoni
166

mazmuni va shakli sifatida namoyon bo‗ladi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi va uning rivojlanishi mavjudligi butun tashkil etishning asosi hisoblanadi. Tashkiliy tuzilmaning shakllanish jarayoni, birinchi navbatda, boshqaruv apparatining u yoki bu bo‗linmalari tashkiliy mustahkamligini nazarda tutadi. Bunda boshqaruv funksiyalari boshqaruv organlari vazifalarini aniqlaydi.


Boshqaruv bo‗g‗ini qat‘iy boshqaruv funksiyalari bo‗lgan alohidalashgan yacheykadan iborat. Boshqaruv pog‗onasi – boshqaruv-ning ma‘lum iyerarxik darajasidagi boshqaruv bo‗g‗inlari yig‗indisidir. Boshqaruv tuzilmasida boshqaruvchi tizim oydinlashadi, har bir bo‗g‗in, har bir pog‗ona roli aniqlanadi, boshqaruv jarayonidagi aloqalar ochiladi.


Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish