2-BOB. IJTIMOIY MENEJMENTNING RIVOJLANISH TARIXI VA UNING ILMIY MAKTABLARI
2.1. Boshqaruv inqilobi mohiyati.
2.2. Boshqaruvning klassik maktablari.
2.3. «Inson munosabatlari» maktabi.
2.4. Boshqaruvning «empirik» maktabi.
2.5. «Ijtimoiy tizimlar» maktabi.
2.6. Inson resurslari menejmenti.
2.1. Boshqaruv inqilobi mohiyati
Ijtimoiy menejmentning rivojlanishi tarixi va uning ilmiy maktablarining vujudga kelishi jarayonlarini o‗rganib, quyidagi xulosaga kelish mumkun. Hozirgi kunda boshqaruv ilmining va san‘atining qanday va qachon vujudga kelganini hech kim aniq ayta olmasa kerak. Ammo qayerda odamlar jamoat yoki guruh bo‗lib yashasalar, boshqaruvga ehtiyoj tug‗ilgan. Chunki o‗sha davrlarda boshqaruv turli ko‗rinishlarda uchragan. Masalan, birinchidan, odamlar guruh bo‗lib har xil jamiyatda yashaganlarida, albatta, guruhda o‗ziga xos tartib o‗rnatishgan va guruh a‘zolarini shu tartibga bo‗ysunishga chaqirishgan. Bu holatdan boshqaruvning ijtimoiy ko‗rinishini ko‗rishimiz mumkin. Ikkinchidan, odamlar o‗sha guruhlarda mehnat mahsulini yaratishgan va resurslarni taqsimlashgan. Bu holatdan boshqaruvning iqtisodiy ko‗rinishini ko‗rishimiz mumkin. Uchinchidan, odamlar guruhlarda yashaganlarida o‗zlarini dushmanlardan, yovvoyi hayvonlardan himoya qilishlari kerak bo‗lgan. Bu holatdan boshqaruvning mudofaa ko‗rinishini ko‗rishimiz mumkin.
Yillar va zamonlar o‗tgani sayin dunyo bo‗yicha ijtimoiy boshqaruv amaliyotida juda ham ko‗p tarixiy shaxslar tomonidan ulkan ishlar amalga oshirildi va boshqaruv inqiloblari ro‗y berdi. Boshqaruvning rivojlanishi jarayonida ro‗y bergan inqiloblarning mohiyati quyidagicha:
27
Birinchi boshqaruv inqilobi ishdagi aloqalar va kalkulyatsiya natijasida ruhoniylar hokimiyati va yozuvning paydo bo‗lishiga olib keldi4.
Ikkinchi boshqaruv inqilobi birinchisidan ming yil keyin sodir bo‗ldi va Vavilon hukmdori Hammurapi (er.av. 1792-1750-yy.) nomi bilan bog‗liq. U davlatni boshqarishning 285 ta qonunchilik aktlaridan iborat to‗plam chiqargan. Hammurapi qonunlari qadimgi sharq qonunlarining qimmatli negizi va ijtimoiy boshqaruv rivojlanishining keyingi bosqichini o‗zida aks ettirgan. Bu kodeksning ahamiyatli tomoni shundan iborat bo‗lganki, jamiyat bilan aholi ijtimoiy guruhlari aloqalarining turli xilda boshqarilganligining sababi ma‘muriyat uchun butun imperiyani boshqarish huquqini bergan. Undan tashqari, Hammurapi haqiqiy yetakchilik stilini ishlab chiqdi. Uning yordamida, u o‗zini xalqining boquvchisi va himoyachisi ijtimoiy obrazini doimo saqlab kelgan. O‗zidan oldingi hukmdorlar avlodini xarakterlovchi an‘anaviy boshqaruv usuli uchun bu yangilik edi.
Menejmentdagi ikkinchi inqilobning mohiyati shundan iboratki, u oliy boshqaruv xulqini vujudga keltirdi, inson munosabatlarini tashkil etish va nazorat qilish rasmiy tizimlari paydo bo‗ldi.
Hammurapi o‗limidan ming yil o‗tgach, Vavilon o‗zining menejment amaliyotining rivojlanish markazi ekanligini yana esga
Афонин Ю. А., Жабин А. П., Панкратов А. С. Социальный менеджмент: Учебник. М.: Изд-во МГУ, 2004.
с.
28
soladi. Hukmdor Navuxodonosor II (er. av. 603-562-yy.) tekstil mahsulotlar va don omborlarida ishlab chiqarish nazorati tizimining muallifi bo‗ldi. U omborlarga har hafta keladigan mato va don sifatini aniqlash uchun ranglardan foydalandi.
Navuxodonosor II ning yutuqlari uchinchi boshqaruv inqilobini xarakterlaydi. Agar, birinchisi, diniy-tijorat, ikkinchisi oliy-ma‘muriy boshqaruv bo‗lgan bo‗lsa, uchinchisi ishlab chiqarish - qurilish boshqaruvi bo‗ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |