N. Rahmatullayeva A. Kamalov ijtimoiy menejment


-BOB. IJTIMOIY O„Z O„ZINI BOSHQARISH



Download 3,44 Mb.
bet75/113
Sana22.01.2022
Hajmi3,44 Mb.
#399266
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   113
Bog'liq
ijtimoiy menejment

13-BOB. IJTIMOIY O„Z O„ZINI BOSHQARISH

13.1. ”Shaxs” tushunchasi va uning ahamiyati.
13.2. Ijtimoiy menejer xususiyatlari.
13.3. Inson resurslarini boshqarishning yangi shakli.

13.1. “Shaxs” tushunchasi va uning ahamiyati

«Shaxs» – o‗z qobiliyatidan kelib chiqan holda ma‘lum bir ijtimoiy vazifani bajaruvchi inson. Shaxs vazifalarining turli xilligi uning kimligini ifodalaydi. Jamiyatda shaxs boshqa individlar, ijtimoiy holat, shaxs va jamiyat o‗rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi davlat turi bilan uzviy bog‗liq.


Shaxs bu nafaqat me‘yor va qadriyatlarni o‗ziga singdiruvchi ijtimoiy mavjud, balki kerak paytda o‗zining ijodiy va intellektual potensialidan foydalanib, jamiyatdagi qadriyatlarni shakllantiradigan ijtimoiy subyektdir. Insonning bir tomonlama obyektiv omillarga tayanib ish yuritishi bugungi kunda ham uning imkoniyatlarini to‗la namoyon etish imkonini bermaydi.
Odatda, «shaxs» tushunchasi «xarakter», «temperament», «individuallik» kabi jamiyatdagi salbiy muhitga chidamliligini shakllantiruvchi kategoriyalarni o‗z ichiga olmaydi. Bugungi kundagi eng katta muammo bu shaxsning ijodiy potensialini to‗g‗ri baholash va uni jamiyat rivoji uchun yoshligidan rivojlantirishdir. Bu XXI asrda vujudga kelayotgan global muammolarni yechishning kafolatidir. Bu muammolar ijtimoiy menejment doirasida boshlanadi.
Ijodiy qobiliyatga ega iste‘dodli insonlarning katta potentsiali butun jamiyat manfaati uchun xizmat qilishi kerak. Buning uchun insonlarda yangi falsafa va zamonaviy madaniyat shakllanishi kerak. Bu

216


falsafaning asosi qobiliyat va iste‘dod har qanday sohada shubhasiz qadrlanishi kerakligidadir. Shuning uchun bunday insonlarni qo‗llab-quvvatlash umumjamiyat ishidir. Insonlarga mustaqil hayot boshlayotganda o‗zini namoyish etish uchun bir xil imkoniyat yaratib berish, turli kasb tanlash imkoniyatini yaratish kabilar zamonaviy jamiyatning asosiy mezonidir. Shunday holatda jamiyatdagi har bir inson o‗z qobiliyatidan kelib chiqib o‗z o‗rnini egallaydi, ya‘ni iqtidorli, iste‘dodli insonlarning jamiyatda lider bo‗lish imkoni bo‗ladi.
«Kichik odam» falsafasi o‗zini oqlamadi, u insoniyatni boshi berk ko‗chaga olib kirib qo‗ydi. Turli insonlar faoliyatlarni har xil darajada amalga oshiradilar.
Har bir shaxs jamiyatda o‗z o‗rnini va o‗z faoliyat doirasini tanlashi kerak. Inson o‗z faoliyatini o‗zi tanlaydi, jamiyat unga faqat imkoniyat yaratib beradi. Jamiyatda insonlarga tanlash imkoniyatining pastligi yoki umuman yo‗qligi, nafaqat kelajakka ega emas, balki har bir daqiqada jamiyatni izdan chiqarib yuborishi mumkin.
Iqtidorli odamlar uchun maxsus litsey, kollej, maxsus boshqaruv va ilmiy maktablar kerak. Bular jamiyatning barcha qatlamlari uchun bir xil imkoniyat berishi kerak. Aks holda, jamiyat inqirozga uchrashi muqarrar.
10-15 yozuvchi «Gamlet» yoki «Faust»ni yangidan yaratishi mumkin. Lekin muammoni yechishning jamoa yo‗li tarixda ijobiy yakunlanmagan. Shuning uchun har qanday sohada, jumladan, boshqaruvda ham yuqoridagi muammolarni yechishni qobiliyatli, ijodiy fantaziyaga ega insonlarga yuklash kerak.
Zamonaviy jamiyatning rivojlanish sur‘ati nafaqat «ijtimoiy birxillik», «ijtimoiy tenglik» kabi tushunchalarni, balki neomaltuz nazariyasidagi «johillik chegaralarini» ham inkor etadi.
Bugungi kunda odamlarning «tabiiy huquqi», ya‘ni o‗zini rivojlantirish va o‗z imkoniyatlarini namoyish etish huquqi dolzarb
217

hisoblanadi. Har bir inson tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda faoliyat ko‗rsatadi. Biroq jamiyatda bu kuchlardan yetarlicha foydalanilmayapti, aksincha, ular bostirilmoqda. Bu esa jamiyatni o‗z ichidan yemirilib, izdan chiqib ketishiga olib kelishi mumkin. Bu muammo, shubhasiz, XXI asrning eng dolzarb muammolardan biriga aylanadi. Ishchi yoki menejerning ijodiy potensialini yuzaga chiqarish bu nafaqat jamiyat muammosi, balki ko‗p jihatdan menejerning shaxsiy muammosidir.


Har qanday shaxs yoki jamiyat rivojlanishining birinchi sharti o‗z-o‗zini anglashdir. O‗z-o‗zini anglash ijtimoiy menejerning muvaffaqiyatli faoliyat ko‗rsatishining garovidir. Shuning uchun ham ijtimoiy menejmentda menejerning faoliyati, uning taqdirida katta ahamiyatga ega. Ilmiy texnologiyalarning shaxsning shakllanishidagi o‗rnining ortib borishi o‗z-o‗zini anglash jarayonini optimallashtirish imkoniyatini beradi. Inson hayotining mazmunini quyidagi uch faktor tashkil etadi:


  1. Insonning dunyoga nima berishi.




  1. Insonning dunyodan nima olishi.




  1. Insonning jamiyatda tutgan o‗rni.

Bunga mos ravishda uch turdagi qadriyatlar ham yuzaga chiqadi:


ijodiy qadriyatlar, his-tuyg‗ular, o‗zaro munosabatlar.
Psixolog V.Frankl fikricha, «bu qadriyatlarning eng muhimi ijodiy qadriyatdir». Asrlar davomida insoniyat tomonidan ijodiy imkoni-yatlarni rivojlantirishning maxsus texnologiyalari ishlab chiqilgan. Bu texnolgiyalar boshqaruvga ham taalluqli. Aynan shu sohada muvaffaqiyatga erishish uchun ijodiy qobiliyat zarurdir. Oxirgi yillarda ilm-fan tomonidan insonlarning ma‘naviy sog‗lig‗iga katta e‘tibor berilmoqda.
Odamlarning o‗z intellektual va boshqa imkoniyatlarini to‗g‗ri baholash, ushbu imkoniyatlarni rivojlantirish texnologiyalari taklif
218

qilinmoqda. Bu sohadagi adabiyotlarning ko‗pchiligi talab darajasida emas, lekin jamiyatda bunday asarlar kerak. Chunki din barcha muammolarni, ayniqsa, intellektual muammolarni hal qilmaydi. Qobiliyatli insonga o‗z imkoniyatlarini rivojlantirish texnologiyalari emas, balki iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik zarur. Bunday sharoitda har bir menejer mavjud usullardan foydalangan holda o‗zida mavjud imkoniyatlarini rivojlantirib boradi.




Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish