N. Rahmatullayeva A. Kamalov ijtimoiy menejment



Download 3,44 Mb.
bet71/113
Sana22.01.2022
Hajmi3,44 Mb.
#399266
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113
Bog'liq
ijtimoiy menejment

Ehtiyojlar ro„yxati






Shaxs uchun

¹

Jamiyat uchun













1

Asosiy ehtiyojlar:

1.

Asosiy ehtiyojlar:




oziq-ovqat, kiyim-kechak va




• mehnat




uy-joy




• xavfsizlik




• dam olish va sog‗liq




• qo‗shimcha mahsulot










• boshqarish













2

Sotsial ehtiyojlar:

2.

Sotsial ehtiyojlar:




ijodiy mehnat




• barqarorlik




• oila va muhabbat




• ishonch




• bilim va axborot




• mustaqil taraqqiyot




toat-ibodatga, jasorat










• zurriyotni davom ettirish










• tartib va barqarorlik










• bo‗sh vaqt va dam olish










• o‗zlikni anglash



















3

Rag‗bat va talablar:

3.

Rag‗bat va talablar:




moddiy




• zamonaviy ishlab chiqarish




• sotsial




• ma‘naviy-ma‘rifiy taraqqiyot




• estetik




• rahm-shafqat













Ishlab chiqarish va jamiyatning butun intellektual imkoniyatlari


207

o‗rtasidagi bog‗liqlikning yo‗qligi o‗tish davrining eng katta muammolaridan biridir. Bu holat esa jamiyatni zamonaviy bozordan uzoqlashtirmoqda. Ishlab chiqarish vositalarini jamoa va aralash mulkchilik tasarrufiga o‗tkazish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish imkoniyatini beradi. Bu, o‗z navbatida, «yashirin» iqtisod uchun katta to‗siq bo‗ladi.


Bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitida korxonalarning samarali faoliyatiga soliq tizimining mukammal emasligi ham sabab bo‗lmoqda. Juda ko‗p holatlarda qarorlar jamiyatga foyda keltirish nuqtayi nazaridan qabul qilinmaydi. Ko‗pgina tadbirkor rahbarlar qonunda belgilangan xususiy, jamoa, aralash mulkka asoslangan imtiyozlardan o‗z maqomini har 2-3 yilda almashtirish orqali uzoq muddat foydalanmoqda.
Ishlab chiqarish rivoji uchun huquqiy asoslar bo‗lishi kerak. Qonunchilikdagi ma‘lum bir kamchiliklar sababli davlat mulkiga asoslangan korxonalar boshqalarga nisbatan murakkab ahvolga tushib qoldi. Odamlarning ko‗pchiligi rivojlanish uchun boshqarishning ma‘muriy-buyruqbozlik usulidan foydalanishni taklif etishadi. Lekin ma‘muriy-buyruqbozlik usuli tartib-intizomni kuchaytirgani bilan unda iqtisodiy manfaatdorlik yo‗q.
Mamlakatning sanoat ishlab chiqarish sohasi boshqaruv subyektlari tomonidan iqtisodiy nochor ahvolga keltirilgan. Iqtisodiy rivojlanish uchun ijtimoiy boshqaruvning nazariy va amaliy asoslarini tiklash zarur.
Bu masalani yechishning yagona yo‗li, g‗arbda keng qo‗llaniladigan innovatsion ijtimoiy texnologiyalarni qo‗llash. Masalan: «Natija bo‗yicha» universal texnologiya odamlarning turmush darajasini yaxshilash va ijtimoiy tizimlarni tashkillashtirish darajasini yuksaltirish orqali xalqni intellektual va jismoniy rivojlantirishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗ygan.
Bu nazariyaning asosiy prinsiplari va texnologik ta‘minoti Rossiya sanoat sotsiologlari tomonidan ishlab chiqilgan, lekin amalda tatbiq
208

qilinmagan. Bu nazariyaning asosiy maqsadlari uning asosiy resurslaridan kelib chiqqan holda quyidagicha belgilanadi: ishchilarning ijodiy potensiali, rahbarga bo‗lgan talablar, har bir a‘zoning natija uchun kurashishi, erkin tanlash jarayonida ijodiy imkoniyatlarni qo‗llash. Ishga bo‗lgan ijodiy stimul yaratish bu jamiyatga qilingan xayriya yoki


«modda» emas, balki ijtimoiy faktorning mehnatga ta‘sir darajasining ortib borishi bilan bog‗liq qadamdir. Bu sohadagi qoloqlik davlatning dunyo bozoridagi o‗rnida juda tez o‗z aksini topadi. Bu holat mamlakatning jahon bozorida o‗z mavqeyini yo‗qotish, informatsiyali va texnik tobeligini oshirishga olib kelishi mumkin.
Bugungi kunda jamiyat tez rivojlanishi uchun mulkka odamlarni birgalikda egalik qilishini ta‘minlash orqali, ularning mehnatga bo‗lgan munosabatini o‗zgartirish va tovarlar sifatini oshirish kerak. Bu esa, o‗z navbatida, yangiliklarni tezroq joriy etilish imkonini beradi.
Mamlakatni rivojlantirishning yangi texnologiyasi jahon va mahalliy tajribaga asoslangan holda yaratilgan. Bu texnologiyaning asosiy prinsipi mehnat jamoalarining mustaqilligini ta‘minlash orqali, ularni ishlab chiqarish vositalarining haqiqiy egalariga aylantirish. Mehnat jamoalarining mustaqilligi huquqiy ta‘minlangan bo‗lishi kerak. Ishlab chiqarishni xususiylashtirish, tabiiy ravishda, mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish tizimiga ham ta‘sir ko‗rsatadi. Hududiy korporativ mulkchilikni shakllantirish mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlarining moddiy-texnik bazasini yaratadi, ya‘ni xalqning o‗zi turli yig‗in, referendumlarda qaysi boshqaruv organi, qanday masalalarni hal etishini belgilaydi. Aynan shu omil asosida, mahalliy moliyaviy struktura tashkil topadi, ya‘ni moliyaviy zaxiralar cheteldagi banklarga emas, balki raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqarishni moliyalashtirishga jalb etiladi. Yuqorida keltirilgan barcha iqtisodiy choralar jamiyatda ishchi, mulkdor, tadbirkor kabi mehnatga layoqatli o‗rta qatlamni yaratishga qaratilgan. Bu esa, o‗z navbatida, ichki bozorni rivojlantirishning asosiy mezonidir.

209


Mehnat va tabiat resurslaridan samarali foydalanish jamiyatdagi ahvolni tubdan o‗zgartirish imkonini beradi, ya‘ni aholi turmush darajasini oshirish va xavsizligini ta‘minlashga turtki bo‗ladi. Mehnat jamoalari, mahalliy birlashmalar daromad manbayining bo‗lishi va moliyaviy resurslarning to‗planishi turli hududlarning intellektual potensialidan to‗laroq foydalanish imkonini beradi. Shuning uchun ham jamoalardagi o‗z-o‗zini boshqarish to‗laligicha ma‘muriyat zimmasiga yuklatilgan.
Bu muammo dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda, davlat mulkining bir qismini bosqichma-bosqich korporativ mulkka aylantirish orqali o‗z yechimini topishi mumkin. Davlat mulkini korporativ mulkka aylantirish oldingi iqtisodiy islohotlar davrida ham, keyingi xususiylashtirish jarayonida ham talab darajasida amalga oshirilmadi.
Mulkchilikning ijara ko‗rinishi korporativ mulkka o‗tishning iqtisodiy asosi hisoblanadi. Ijara qishloq xo‗jaligida juda samarali qo‗llanilmoqda. Unda mehnat jamoasi davlatdan yer va ishlab chiqarish vositalarini ijaraga oladi. Ijaraga oluvchi xo‗jalik subyekti mulkni iqtisodiy mas‘uliyat evaziga mustaqil tasarruf etish huquqiga ega. Ijaraga olish tajribasiga ega xo‗jalik subyektlari mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda faolroq va ildamroq qatnashishmoqda. Bunday holat nafaqat markaz bilan pereferiyalar o‗rtasidagi munosabatlarni, balki boshqaruv tizimini tubdan o‗zgartiradi, ya‘ni boshqaruvda ma‘muriy buyruqbozlik usulidan asta-sekin voz kechish imkonini beradi. Bu esa markaziy boshqaruv organlarining huquq va majburiyatlarini aniq belgilashni taqozo etadi. Buning natijasida jamiyatning siyosiy holatida ham tub o‗zgarishlar yuz beradi, ya‘ni huquq va majburiyatlar yuqoridan pastga emas, balki pastdan yuqoriga belgilanadi.
Boshqaruv quyidan yuqoriga bo‗lganda, uning har bir bo‗g‗inining faoliyati ma‘lum organlar tomonidan nazorat qilinadi. Bu esa ularning
210

aholi oldidagi mas‘uliyatini oshiradi. G‗arb munitsipal menejmenti tajribasiga ko‗ra mahalliy mehnat birlashmalarining boshqaruv apparati maxsus shartnoma asosida boshqaruvchi mutaxassislar tarkibidan tashkil topadi. Boshqaruv apparatining o‗zgarishi boshqaruvchilarga o‗z mutaxasisliklari bo‗yicha boshqa bo‗g‗inda o‗z faoliyatlarini davom ettirish imkonini beradi. Bu esa boshqaruv apparati a‘zosi bo‗lishga bo‗lgan intilishni ma‘lum darajada pasaytiradi.




Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish