6-BOB. IJTIMOIY MENEJMENTNING QONUNLARI VA TAMOYILLARI
6.1. Ijtimoiy tizimlarning turlari.
6.2. Ijtimoiy menejment muammolari.
6.3. Ijtimoiy menejmentning asosiy qonunlari.
6.1. Ijtimoiy tizimlarning turlari
Ko‗pgina olimlar dastlabki qarashda ijtimoiy tizimlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratadilar: ijtimoiy-siyosiy (siyosiy partiyalar, jamoat harakatlari va h.k.), ijtimoiy-madaniy (ijodiy, ilmiy hamjamiyatlar va h.k.), ijtimoiy va iqtisodiy.
Ijtimoiy-siyosiy tizimga siyosiy partiyalar, jamoat harakatlari kiradi. Mamlakatimizda 4 ta partiya, 1ta ekologik harakat va boshqa ijtimoiy harakatlar faoliyat yuritmoqda. Masalan, O‗zbekiston Respublikasi «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi (Adolat) 1995-yil fevral oyida tuzilgan. O‗zbekistonning 147 shahar va tumanlarida hududiy tashkilotlari mavjud. A‘zolarining soni 35 mingdan ortiq. «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi o‗z oldiga quyidagi vazifalarni qo‗yadi:
huquqiy demokratik davlat qurish;
mamlakat mustaqilligini mustahkamlash;
vatanga sodiq xizmat qilish;
adolatli fuqaroviy jamiyat qurish;
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy demokratiya talablariga hamda mamlakatimizda yashab turgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga monand shart-sharoit yuzaga keltirishga hissa qo‗shish.
«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida 47 ovozga (1998-yilga) ega bo‗lib, ular partiyaning
118
parlamentdagi fraksiyasini tashkil etadi. Partiyaning nashri — «Adolat» gazetasi.
O‗zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi (Milliy tiklanish) 1995-yil 3-iyunda O‗zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Ta‘sis qurultoyida tashkil qilingan. Bu partiya o‗z faoliyatida ko‗proq ziyolilarga suyanadi.
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi faoliyatining asosiy yo‗nalishlari quyidagilardir:
millatning ma‘naviy birligi;
vatan (Turkiston) – yagona oila;
kuchli demokratik davlat;
ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va umumjahoniy integratsiya;
Partiya millat, inson va vatan manfaatini muqaddas deb biladi. Matbuot organi – «Milliy tiklanish» gazetasi. Bu partiya Oliy Majlisda o‗z fraksiyasiga ega.
119
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‗zbekiston Liberal demokratik partiyasi (O‗zLiDep).
Tashkil topgan sanasi: 2003-yil, 15-noyabr. Partiya shiori: ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat‘iy tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz loqayd kishilardan yaxshidir. Partiya a‘zolari soni: 141 818 ta (2004-yil 12-dekabr holatiga ko‗ra). Partiya nomidan ikkinchi chaqiriq O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida faoliyat ko‗rsatayotgan deputatlar soni: mavjud emas. 2004-yil Oliy Majlisning quyi palatasi saylovlariga partiyadan qo‗yilgan nomzodlar soni 119 nafarni tashkil qilgan.
O‗zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasi (XDP) 1991-yil 1-noyabrda Toshkentda bo‗lib o‗tgan Ta‘sis qurultoyi qaroriga binoan tuzildi, uning dasturi va nizomi qabul qilindi. Partiya raisi qilib I.A.Karimov saylandi. Bu partiyaning a‘zolari soni 450 mingga yaqin. 1994-yildagi saylovlarda XDP vakillari Oliy Majlisda deputatlarning 27 foizdan ziyodini tashkil qildi.
O‗zbekiston XDPning dasturi quyidagilardan iborat:
milliy mustaqillikni mustahkamlash;
tub iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma‘naviy islohotlarni amalga oshirish orqali ravnaq topgan, qudratli, demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyatni bunyod etish;
120
kishilarning millati, siyosiy qarashlari, diniy e‘tiqodlaridan qat‘iy nazar, munosib hayot kechirishi uchun teng imkoniyatlarni yaratish;
fuqarolarning erkinliklari va huquqlari, tinch hayot kechirishlarini kafolatlash.
Bu maqsadlarni keng targ‗ib qilish maqsadida 1993-yil dekabrda O‗zbekiston XDPning milliy istiqlol mafkurasi qabul qilingan. XDPning nashrlari: «O‗zbekiston ovozi», «Голос Узбекистана» gazetalari va
«Muloqot» jurnali.
XDP o‗z saflarida keng ommani — ziyolilar, ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, tadbirkorlar, yoshlar, faxriylarni, 80 ga yaqin millat va elat vakillarini birlashtiradi.
O‗zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati 2001-yil 25-yanvar kuni yoshlar masalalari bo‗yicha yig‗ilishda O‗zbekiston
Prezidentining kiritgan takliflariga asosan «Kamolot» yoshlar jamg‗armasi asosida tashkil etildi.
Harakatning ta‘sis qurultoyi 2001-yil 25-aprel kuni bo‗lib o‗tdi.
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy vazifalari:
mamlakatimizda erkin demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishga ko‗maklashish maqsadida muntazam ravishda yoshlarning huquqiy bilimini oshirib borish;
barkamol avlodni tarbiyalash sohasidagi dasturiy vazifalarni amalga oshirishga yoshlarni jalb etish, bu borada turli davlat va jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qilish;
yoshlarning kuch-g‗ayratini, intellektual salohiyati, kasb malakasini vatan ravnaqi uchun yo‗naltirish;
xalqaro yoshlar tashkilotlari bilan o‗zaro foydali aloqalarni yo‗lga qo‗yish;
yoshlar va o‗smirlar o‗rtasida sog‗lom turmush tarzini keng targ‗ib etish, jinoyatchilik, diniy ekstremizm, giyohvandlik, loqaydlik kabi turli
121
illatlarga qarshi kurashda harakatning ta‘sirchan kuchga aylanishiga erishish;
millatlararo totuvlik va do‗stlikni yanada mustahkamlashga hissa qo‗shish;
yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‗rgatish, boqimandalik kayfiyatidan xalos qilish, tadbirkorlik qobiliyatini yuzaga chiqarish, ularda bozor iqtisodiyoti ko‗nikmalarini yuzaga chiqarish, mulkka egalik tuyg‗usini shakllantirish;
yoshlarni ish bilan ta‘minlashda qo‗shimcha imkoniyatlar yaratish, shu yo‗l bilan yangicha fikrlaydigan mulkdorlarni shakllantirish va ularni «Kamolot» tayanadigan ijtimoiy kuch bo‗lishiga erishish.
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining shiori — «Vatan menga nima berdi deb emas, men o‗zim xalqim, Vatanim uchun nima qilmoqdaman».
O‗zbekiston ekologik harakati 2008-yil 2-avgustda tashkil topgan. 2008-yil 20-sentyabrda O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‗yxatdan o‗tgan. Ekoharakat O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasida kvotalangan 15 ta deputatlik o‗rniga ega. Ekoharakatning respublika konferensiyasi, Markaziy Kengash, uning ijroiya qo‗mitasi, Markaziy nazorat-taftish komissiyasi uning rahbar organlari hisoblanadi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‗zbekiston ekologik harakatining hududiy bo‗linmalari faoliyat olib bormoqda. Ekoharakat – jamiyatning barcha kuchlari, O‗zbekistonning bugungi fuqarolari va kelajak avlodlari qulay tabiiy atrof-muhitda yashash huquqiga ega bo‗lishlari, aholi salomatligini yaxshilashga, muhofaza qilishga, tabiiy resurslarning barcha manbalaridan samarali foydalanishga yo‗naltirilgan sa‘y-harakatlarni safarbar qilishga intiladi. ―Sog‗lom muhit – inson salomatligi‖ ekoharakatning bosh shioridir.
122
O‗zbekiston ekologik harakatining dasturiy vazifalari:
atrof-muhit muhofazasi va ekologik holatni sog‗lomlashtirish ishida jamoatchilik ishtiroki faolligini har tomonlama kuchaytirish;
atrof tabiiy muhit muhofazasi masalalarida qabul qilingan qonunlar va davlat miqyosidagi boshqa qarorlar ijrosini ta‘minlash hamda bu sohadagi qonunchilikni rivojlantirish va takomillashtirishga ko‗maklashish bo‗yicha tizimli ishlarni yuritish;
atrof tabiiy muhit muhofazasi va shu maqsadlarga ajratilgan resurslardan oqilona foydalanish borasida qabul qilingan hujjatlarni ijro etishda markaz va joylarda davlat organlari, jamoatchilik va boshqa tuzilmalar mas‘uliyatini oshirish;
aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologik ta‘lim va tarbiya tizimini rivojlantirish;
atrof-muhit muhofazasi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
atrof-muhit muhofazasi davlat, jamiyat va har bir fuqaroning vazifasi bo‗lishiga erishish;
atrof-muhit muhofazasi sohasida nodavlat-notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish.
Jamoatchilik e‘tiborini ekologik sog‗lomlashtirish va atrof-muhit muhofazasi muammolarini izchil sur‘atda hal etish zaruratiga qaratgan holda ekoharakat mamlakatimizning barcha fuqarolarini ona-
123
Vatanimizning bebaho tabiiy boyliklarini kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylashdek oliy vazifani bajarishda faol ishtirok etishga chaqiradi.
Jamoat tizimlari genezisi shunga olib keldiki, ularga tegishli bo‗lgan ichki boshqaruv mustaqil faoliyat sohasiga aylandi. Masalan, jamiyat ishlab chiqarishi ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi (ijtimoiyligi shuning uchunki, ishlab chiqarish va uni boshqarish jarayonini amalga oshiruvchi odamlar asosiy element hisoblanadi, iqtisodiyligi shuning uchunki, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonini amalga oshirish natijasida jamiyat a‘zolari tomonidan iste‘mol qilinadigan moddiy ne‘matlar, yalpi jamiyat mahsuloti yaratiladi). Boshqacha qilib aytadigan bo‗lsak, iqtisodiy tizim jamiyat aholi ehtiyojlarini qondirish uchun o‗z tasarrufida bo‗lgan resurslarni ishlab chiqarishi va taqsimlangani kabi usulga ega. Zamonaviy jamiyatga ma‘lum bo‗lgan hamma iqtisodiy tizimlar asosida bir xil fundamental savollar yotadi: jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun cheklangan resurslardan qanday foydalanish kerak, qanday tovar va xizmatlar ishlab chiqarilishi kerak, ularni kim ishlabchiqaradi, bu tovar va xizmatlar jamiyat a‘zolari o‗rtasida qanday taqsimlanadi.
Agar jamiyat hayoti rivojining hal qiluvchi sohasi iqtisodiyot bo‗lsa, bunda korxonalar iqtisodiyoti muhim o‗rin tutadi. Bunga sabab, hal qiluvchi dastlabki ishlab chiqarish bo‗g‗inida moddiy ne‘matlar yaratiladi va turli xildagi xizmatlar bajariladi. Natijada kishilarning moddiy va ma‘naviy talablari qondirilib, jamiyatning rivoji yangi sifat darajasiga ko‗tailadi.
Shaxsan O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatimiz obro‗-e‘tiborini xalqaro miq‘yosida ko‗tarish, chet el investitsiyasiga keng yo‗l berish, xususiy tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish, korxonalar o‗rtasida raqobat muhitini yaratish, yakka hokimlikni kamaytirish borasida mulkdorlar sinfini yaratish, mulkka egalik qilish hissini uyg‗otish kabi ko‗pgina sohalarda katta ishlarni
124
amalga oshirib kelmoqdalar. Hukumatimiz tomonidan keyingi yillarda qabul qilingan qonunlar, qaror va farmonlar bunga yaqqol misol bo‗la oladi. Respublikamiz iqtisodiyotini har tomonlama mustahkamlash, shu sohadagi muammolarni oqilona hal etish – turli xildagi firmalar, korxona va xo‗jaliklarda mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish, resurslarni foydali maqsadlarda oqilona taqsimlash, ulardan umumiy foydalanish, iqtisodiy jarayonlar, hodisa va voqealarning o‗zgarishiga baho berish usullarini puxta o‗rganish bo‗yicha bilimlar talab qiladi.
Ijtimoiy tizim iqtisodiy tizim bilan bir qatorda inson resurslaridan foydalanish, jamiyat a‘zolariga qanday yashash darajasi taqdim etilgani, jamiyatning ijodiy kuchlari qay yo‗sinda amalga oshirishi bilan xarakterlanadi.
Jamiyat hayotining turli tashkilotlari orasidagi farqlarni namoyon qilishning eng yaxshi usuli individlarga ishlab chiqarish omillarini egallash va amalga oshirishlari uchun beradigan erkinlik darajasini solishtirish.
Har qanday tizim elementlar yig‗indisidir. Element har doim tizimning tuzilmaviy qismi (masalan, korxona – birlashgan ishlab chiqarish tizimi elementi, shu bilan birga, korxonaning o‗zi elementlarning - sexlar va xizmatlarning murakkab yig‗indisini tashkil etadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |