N. Rahmatullayeva A. Kamalov ijtimoiy menejment



Download 3,44 Mb.
bet28/113
Sana22.01.2022
Hajmi3,44 Mb.
#399266
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113
Bog'liq
ijtimoiy menejment

ko„rsatadigan omillar8

Shuni ta‘kidlash kerakki, obod degan so‗zning ma‘nosini biz juda keng va chuqur tushunamiz. Obod deganda, xalqimiz, millatimiz nafaqat ko‗rkam va chiroyli, shu bilan birga, tinchlik va osoyishtalik, o‗zaro mehr-oqibat, ahillik, fayz-baraka hukmron bo‗lgan joylarni, doimo pok niyat va sog‗lom intilish bilan yashashni tasavvur qiladi.


Mustaqillik yillarida ―Obodlik ko‗ngildan boshlanadi‖ degan chuqur mazmunli ibora el-yurtimiz o‗rtasida keng tarqalib, odamlarimizni bunyodkorlik tuyg‗usi bilan yashashga da‘vat etib kelayotgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.
Bunday mulohaza va fikrlarni umumlashtirib, o‗zbekona aytadigan bo‗lsak, barchamizning harakat va intilishlarimiz negizida, avvalambor, yurtimiz, vatanimizni har tomonlama obod qilish, inson erkin nafas oladigan, tinch va farovon yashaydigan hayot barpo etish g‗oyasi mujassam ekanini hammamiz yaxshi tushunamiz.



8 O‗zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2012-yilning asosiy yakunlari va 2013-yilda O‗zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ―Bosh maqsadimiz – keng ko‗lamli islohotlar va modernizatsiya yo‗lini qat‘iyat bilan davom ettirish‖ mavzusidagi ma‘ruzasini o‗rganish bo‗yicha o‗quv qo‗llanma. T.: ―O‗qituvchi‖ NMIU. 2013.
70

Ayni shunday orzu-niyatlar bilan kundalik hayotimizni to‗ldirish, ularni hayotimizning maqsadiga aylantirish, shunday g‗oya va intilishni amalga oshirish uchun davlatimiz va jamiyatimizning barcha kuch va imkoniyatlarini safarbar etish, hech shubhasiz, bugungi kunda g‗oyat muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi .
Birinchi prezidentimiz I.Karimov 2013-yilni mamlakatimizda ―Obod turmush yili‖ deb e‘lon qilishni taklif etganida, ―ana shu yo‗nalishda boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish, ularni yangi, yuksak bosqichga ko‗tarishni asosiy maqsad deb bilamiz‖, – deya ta‘kidlagan.
Bu borada mamlakatimizdagi ko‗p yillik tajribadan ma‘lumki, har bir yil nomi bilan bog‗liq maqsad va vazifalar, aniq chora-tadbirlar, ularning bajarilish muddatlari, moliyaviy manbalari, mutassaddi idora va tashkilotlarning vazifalari batafsil bayon etilgan davlat dasturlari shakllantirilib, ular maxsus qaror orqali ijro uchun qabul qilinadi. Bunday dasturlarning puxta va hayotiyligi, ularda belgilangan chora-tadbirlarning qo‗yilgan maqsad va vazifalarni to‗liq qamrab olishi pirovardida qilingan sa‘y-harakatlar, erishilgan natijalarning salmoqli bo‗lishiga xizmat qiladi.
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish qator tamoyillariga tayanadi. Ulardan eng muhimi - aholining ko‗pchiligi uchun ijtimoiy ne‘matlar va ijtimoiy standartlar tuzimining shakllanishidir.
Ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish tamoyillariga quyidagilar kiradi:


  • jamiyat ijtimoiy doktrinasini qabul qilish;




  • ijtimoiy maqsadlarni aniqlash (uzoq muddatli, qisqa muddatli va bugungi);




  • shu asosda minimal ijtimoiy xavfsizlik kafolatlarini aniqlash.

Bu chora-tadbirlar ijtimoiy siyosatni ishlab chiqishning birinchi bosqichiga tegishli.


71

Ikkinchi bosqich. Ko‗rsatilgan har bir yo‗nalish doirasida ustuvorlari ajratib olinadi. Shu asosda hududiy darajada majmuaviy maqsadli dasturlar ishlab chiqiladi, muammolarni hal qilish muddatlari o‗rnatiladi, zarur resurslar qidiriladi.


Uchinchi bosqich. Davlat va jamoat institutlari tomonidan yo‗nalishlar bo‗yicha tuzilgan barcha maqsadli dasturlarning tizimli tahlili amalga oshiriladi, haqiqatda mavjud moddiy-moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan holda ustuvorlari qaytadan aniqlanadi. Yuridik me‘yorlar, byudjet jarayoni, soliq va kredit mexanizmlari orqali davlat siyosatining barcha yo‗nalishlariga ijtimoiy mo‗ljallar beriladi, muddatlar aniqlanadi, resurslar ajratiladi, mas‘uliyat va dasturni amalga oshirish yo‗llari aniqlanadi.
Davlatning ijtimoiy siyosat subyektlari bo‗lib, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatlari, maqsadlarini, masalalarini shakllantiruvchi jamiyat institutlari hisoblanadi. Ijtimoiy siyosat faqatgina ijtimoiy masalalar bilan shug‗ullanuvchi hokimiyat organlarininggina faoliyati emas. Uning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida barcha fuqarolik institutlari ishtirok etadi. Hokimiyat ijtimoiy faoliyat natijalari bo‗yicha xalq oldida hisobot beradi. Konstitutsion huquq, referendumlar, saylovlar, deputatlar hisobotlari, jamoatchilik fikri va fuqarolar xatlari bunday nazorat shakli hisoblanadi.


Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish