Qq.ar = mi ' Qql + (1 _ W2 )' Q'q2 (215) bunda: m1 - aralashmadagi birinchi yoqilg'ining massa ulushi; Q'ql va Q'q2 -
birinchi va ikkinchi yoqilg'ining yonish issiqligi, MJoul/kg.
Agar aralashma, unga kiruvchi har bir yoqilg'i bergan issiqligining ulushi q1 va q2=1-q1 (birinchi va ikkinchi yoqilg'i bergan issiqligining ulushi) bo'yicha berilgan bo'lsa, massa ulushlariga o'tish uchun quyidagi munosabatdan foydalanish mumkin:
m1 = , q1] , (2.16)
q1 • Qq1 +(1 “ q1 )- Qq2 (2.16) ifodasi quyidagi mulohazalar asosida keltirib chiqarilgan. Aralashmaning umumiy issiqlik ajratib chiqarishidagi birinchi yoqilg'ining ulushi quyidagicha ifodalanadi:
Qi
q=m1 s^q.ar bunda: Q'qar - aralashmaning quyi yonish issiqligi, MJ/kg.
Yuqoridagi tenglamani hisobga olganda:
m1 • Qq1
41 = m1 • Qq1+(1 “ m1 ^ Q'q2 Olingan ifodani m1 ga nisbatan echsak, (2.16) tenglamaga ega bo'lamiz.
Ikkita gaz yoqilg'isining aralashmadagi hajmiy ulushlari o'rtasidagi bog'liqlik shu kabi tenglamalar yordamida ifodalanadi. Turli yoqilg'ilarning yonish issiqligi juda keng chegaralarda o'zgaradi.
Yoqilg'ilarni energetik qiymati bo'yicha taqqoslash uchun, ulardan foydalanish samaradorligini baholash va shuningdek, yoqilg'iga bo'lgan talabning turli hisoblarini o'zaro solishtirish uchun shartli yoqilg'i tushunchasidan foydalaniladi. Shartli yoqilg'ining yonish issiqligi 29,33 MJoul/kg yoki 7000 kkal/kg ga teng. Real yoqilg'i sarfini shartli yoqilg'i sarfiga o'tkazishni quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:
О’ B.h = bQQl(2.17)
Qsh Q bunda: B - real yoqilg'ining sarfi, Ql - uning yonish issiqligi; E =q Q.h
yoqilg'ining issiqlik ekvivalenti, ya'ni Vsh = V • E.
Yoqilg'ining namligi va kulliligi uning yonish issiqligiga katta ta'sir ko'rsatishini hisobga olib, turli organik yoqilg'ilarni qiyosiy baholash uchun namlik va kullilikning keltirilgan xarakteristikalaridan foydalaniladi.
Agar W1< 0,7 (%-kg)/MJ bo'lsa - kam namli yoqilg'i, 0,7X<1,89 bo'lsa - o'rta namli va Wx>1,89 bo'lsa - yuqori namli yoqilg'i deyiladi. Agar Ax<1,0 bo'lsa kam kulli yoqilg'i (antrasit, toshko'mir) deyiladi. Qo'ng'ir ko'mir uchun Ax=1,9^2,4 va yonuvchan slaneslar uchun A-5^10 (%o-kg)/MJ.
W1 va A1 ning yuqori qiymatlari yoqilg'ida yonmaydigan tashkil qiluvchilar (ballast) ko'pligidan, demak, uning energetik qimmati pastligidan dalolat beradi. Bunday yoqilg'ilarni uzoq masofalarga tashish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Ular qazib chiqarilgan yoki hosil qilinadigan joy yaqinida foydalanilishi lozim, shuning uchun ko'pincha ular mahalliy yoqilg'i deb ataladi.
Qattiq yoqilg'ilarni belgilash uchun yuqorida keltirilganlardan farq qiluvchi belgi va indekslar qo'llanilishi mumkin. Masalan, sobiq IHK (SEV) ning 750-77 standartiga muvofiq ba'zi ko'rsatkichlar quyidagi ko'rinishga ega: yoqilg'ining yuqori yonish isiqligi: ishchi QrS
QOZON QURILMALARI 1
DARSLIK 1
QOZON QURILMALARI 2
UO‘K:621.1.620.9 KBK 84(50‘) 6267 3
KIRISH 4
1.2.Qozon qurilmasining umumiy tasnifi 17
1.3.Bug’ qozonlarining texnologik chizmalari va asosiy tavsiflari 19
1.4.To‘g‘ri oqimli qozonlar 24
1.9-rasm. To‘g‘ri oqimli qozon agregatining sxemasi. 25
1.6.Qozon qurilmalarining issiqlik yuqotishlarini aniqlash 27
q - g-h.i(st )shl •А , (112) 29
1.7.Qozonning foydali ish koeffisienti 29
II-BOB. QOZONXONALARNING YOQILG’I XO’JALIGI 49
2.2.Yoqilg’ilarning kimyoviy tarkibi 49
2.3.Yoqilg’ilarning uchuvchan moddalari 51
2.5.Yoqilg’ining yonish issiqligi 56
Qu = Q, -9,42-10-2-S^ -K-Qb (2.10) 58
(2.11) 58
2.7.Qozon o’txonasida suyuq va gaz yoqilg’larining yo’qish 63
2.8.Yonish jarayonlarini hisoblash. 64
h — X(vc/i = VrO +VO, (C/)°2 + V,2(C/L2 + ^20(Cpt)H2O (2.43) 72
NAZORAT SAVOLLARI 84
mH=I00 0h=0,115C1+0.343H1+0.043 (3.6) 109
NAZORAT SAVOLLARI 114
NAZORAT SAVOLLARI 142
NAZORAT SAVOLLARI 153
5.3- rasm. Ikki pog’onali bug’lantirish chizmasi 163
NAZORAT SAVOLLARI 180
NAZORAT SAVOLLARI 192
VII-BOB. bug’ qozonlaridagi issiqlik almashinuvlari. QOZON QURILMASINING ASOSIY ELEMENTLARI 192
7Я/777УШ 7//V///M Ш777777РЩ 196
NAZORAT SAVOLLARI 207
Л 211
h 227
quruq Qdi quruq kulsiz Q1dar Hamma qattiq yoqilg'ilar yonganda ularning mineral qismi kulga aylanadi. Kul ichki va tashqi bo'lishi mumkin. Ichki kul - bu ko'mir hosil kiluvchi o'simliklar tarkibidagi mineral tuzlar va ko'mir hosil bo'lishi davrida tashqaridan ko'shilgan minerallar hisobiga hosil bo'ladi. Tashqi mineral qo'shimchalar yoqilg'i tarkibiga uni qazib olish davrida qo'shiladi va ular silikatlar, sulfatlar, karbonatlar va boshqa birikmalardan tashkil topadi.
NAZORAT SAVOLLARI
Yoqilg'i turlarini sanab bering.
Qattiq va suyuq yoqilg'ilarning kimyoviy tarkibi nimalardan iborat?
Gazsimon yoqilg'ining kimyoviy tarkibi nimalardan iborat?
Qattiq yoqilg'ining uchuvchan moddalari qanday bo'ladi?
5.Shartli yoqilg'ining yonish issiqligi deganda nimani tushunasiz?
Yoqilg'ining namligi nima va u qanday namliklarga bo'linadi?
Yoqilg'ining kuli deganda nimani tushunasiz?
Qozon o’txonasida qattiq yoqilg‘ini yo’qish Tayanch iboralar: uchuvchan moddalar, qatlamli, mash’alali va uyurmali yonish
Qattiq yoqilg‘ilar jumlasiga yog‘och, torf, yonuvchan slanetslar va qazib olinadigan ko‘mirlar kiradi. Har qanday qattiq yoqilg‘ining boshlang‘ich materiali yog‘ochdir. Qazib olinadigan qattiq yoqilg‘i yonuvchan massasining tarkibi uning paydo bo‘lish sharoitlariga va geologik yoshiga bog‘liq. Geologik yoshining ortib borishi tartibida qattiq yoqilg‘ini shunday joylashtirish mumkin: yog‘och, torf, yonuvchan slanetslar, qo‘ng‘ir ko‘mir, toshko‘mir, antratsit.
Torf suv ostida havosiz sharoitda botqoqlik o‘simliklaridan hosil bo‘ladi. U yer sirtidan unchalik chuqur bo‘lmagan joyda qalinligi 10 m gacha qatlamlar hosil qiladi.
Yonuvchan slanetslar oson o‘t oladi va uzun tutaydigan alanga hosil qilib yonadi. Ular quruq haydalganda koks, smola va qo‘shimcha mahsulotlarga parchalanadi. Yonuvchan slanetslar qimmatli mahalliy yoqilg‘i va kimyoviy hom ashyo hisoblanadi. Tabiiy qattiq yoqilg‘ining asosiy turi qazib olinadigan ko‘mirlardir. Ular uzoq toshko‘mir davrida daraxt va o‘simliklardan hosil bo‘ladi. Qazib olinadigan ko‘mirlar geologik yoshiga ko‘ra qo‘ng‘ir ko‘mir, toshko‘mir va antratsementga bo‘linadi. O‘zbekistonda ko‘mirni sanoat usulida qazib olish 1930 yillar oxiridan boshlangan. Toshkent viloyatida (Angren) qo‘ng‘ir ko‘mir, Surxondaryo viloyatida SHarg‘un, Boysuntog‘ toshko‘mir konlari bor. Mamlakatimiz xalq xo‘jaligida har yili 8 - 9 mln t ko‘mir iste’mol qilinadi.
Qozon o’txonasida suyuq va gaz yoqilg’larining yo’qish
Suyuq yoqilg‘i. Tabiiy suyuq yoqilg‘i neftdir. Lekin, u odatda tabiiy holda yoqilg‘i sifatida ishlatilmaydi. Suyuq yoqilg‘i asosan neftni 300 - 370 0 C temperaturaga qizdirishdan hosil bo‘lgan bug‘ni har xil fraktsiyalarga ajratish va ularni kondensatsiyalash yo‘li bilan olinadi. Karbyuratorli dvigatellar uchun benzin, ligroin, kerosin; dizel dvigatellari uchun gazoylp va solyar moyi; reaktiv dvigatellar uchun kerosin - gazoilli fraktsiyalar olinadi. Qozon agregati va sanoat pechlari o‘txonalarida asosan mazut ishlatiladi. Mazutning asosiy tavsiflaridan biri uning qovushoqligidir. O‘txonalarda asosan M40, M100 va M200 markali mazut ishlatiladi. Mazut markasi uning 353 K temperaturadagi qovushoqligi orqali aniqlanadi. Mazut tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab: kam oltingugurtli (0,5 % gacha), oltingugurtli (2 % gacha) va ko‘p oltingugurtli (3,5 - 4,3 % ) mazutlarga ajratiladi.
0‘zbekistonda dastlabki Neft koni 1904 yilda ochilgan (Farg‘ona vodiysidagi Chimyon Neft konida 278 m chuqurlikdan kuniga 130 t Neft olingan). O‘sha yili Vannovskda (hozirgi Oltiariq) neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi.
0‘zbekiston Neft sanoatining paydo bo‘lishi shu sanadan boshlanadi. Bugungi kunda Respublika Neft sanoati xalq xo‘jaligining neftga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish imkoniyatlariga ega.
Gaz yoqilg‘isi. Tabiiy gaz yer kurrasining juda ko‘p joylarida uchraydi. U faqat maxsus gaz quduqlaridangina emas, balki Neft qazib chiqarishda qo‘shimcha mahsulot sifatida ham olinadi. Neft bilan birga chiqadigan tabiiy gaz yo‘lakay gaz deyiladi. Tabiiy gazning asosiy tarkibiy qismini metan CN4 (98% gacha) tashkil etadi.
Bundan tashqari uning tarkibida etan C2H6, propan C3H8, butan C4H10, etilen C2H4 va propilen C3H8 bo‘ladi. 02 va N2 lar odatda oz miqdorni tashkil etadi. Gaz sanoati - yoqilg‘i - energetika majmuasining eng rivojlangan tarmog‘i. Uning Respublikada qazib olinayotgan yoqilg‘i balansidagi hissasi 87,2 % ni tashkil etadi. 1955 yilda Jarqoq, 1956 yilda Gazli Neft konlarining ochilishi natijasida gaz sanoatining moddiy bazasi yaratildi. 1995 yili Respublika gaz sanoatida 48,6 mlrd m tabiiy gaz, 7600,6 ming tonna Neft va gaz kondensati olishga erishildi, 3053, 7 ming tonna ko‘mir qazib olindi.
Yonish jarayonlarini hisoblash.
Yonishning kimyoviy formulalari asosida 1 kg yoqilg‘i to‘liq yonishi uchun zarur bo‘lgan havoning nazariy miqdorini (Vo) aniqlaymiz.
1 kg qattiq yoki suyuq yoqilg‘ida uglerod C/100kg , vodorod H/100kg, oltingugurt S/100kg, kislorod 07100kg bo‘ladi. 1 kg yoqilg‘i to‘liq yonishi uchun quyidagicha kislorod zarur :
m = 8.^+8E-+l_ (2.18) 3100100100
1 kg yoqilg‘ida O1 /100 kg kislorod borligini va havoda kislorod 23% (massa bo‘yicha) ekanligini e’tiborga olib, 1 kg yoqilg‘i to‘liq yonishi uchun zarur bo‘lgan havoning nazariy miqdorini hisoblab topish mumkin: