Monopol renta
- alohida tabiiy iqlim sharoitiga ega bo’lgan,
noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan
renta. Bunday renta noyob mahsulotlar (choy, kofe, sitrus o’simliklar
mevasi, maxsus qizil yog’och va boshq.) yetishtirilishidan paydo bo’ladi.
Noyob mahsulotlarning taklifi oz bo’lsada, talabi katta. Ushbu
mahsulotlarning taklifi o’zgaruvchan bo’lmaydi, chunki ular narxining
o’zgarishi, ularni oz yoki ko’p ishlab chiqarishni ta'minlay olmaydi. Shu
sababli kamyob mahsulotlar monopol narxda sotiladiki, bu narx ishlab
chiqarishga ketgan xarajatlardan ancha yuqori turadi, natijada yer egalari
monopol renta olishga muvaffiq bo’ladilar. Bunday renta sharoiti noyob
yerlar uchun, boshqalariga qaraganda, yuqori ijara haqi belgilanishida
ifoda etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |