Shirkat хо'jaligi
- qishloq хо'jaligi mahsulotlarini
yetishtirish uchun pay usulida va asosan oila (jamoa) pudratida
fuqarolarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan, yuridik
shaxs huquqlariga ega, mustaqil хо'jalik yurituvchi sub'ektdir.
Agrofirmalar
- muayyan turdagi qishloq xo'jaligi
mahsulotini yetishtirish va
uni sanoat usulida qayta ishlashni
qo'shib olib boradigan korxonadir.
Agrosanoat birlashmalari
- qishloq xo’jaligi va sanoat
ishlab chiqarishining bir necha o’zaro bog’langan turlari, ularga
xizmat ko’rsatuvchi va tijorat ishi bilan shug’ullanuvchi korxonalar
birlashmalaridir.
Agrosanoat kombinatlari
- qishloq хо'jalik mahsulotlarini
yetishtirish, qayta ishlash va
iste'molchilarga etkazib berishgacha
barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi хо'jalik va
korxonalarning ma'lum bir hududda birlashuvidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |