T
Ã
n
20
Re
bu yerda: nt =1,1 – gidravlik sinash sharoiti uchun oquvchanlik chegarasi
bo‘yicha mutaxkamlik zaxira koeffitsiyenti.
ÌÏà
Ã
273
1
,
1
300
Ishchi sharoitlar uchun ruxsat etilgan bosim:
МПа
p
67
,
0
)
2
2
,
10
(
3400
)
2
2
,
10
(
1
140
2
bu yerda: φρ=1 – payvand chokining mustaxkamlik koeffiyiyenti
Gidravlik sinash sharoiti uchun ruxsat etilgan ichki bosim:
)
(
2
min
min
C
S
D
C
S
p
Ã
Ã
МПа
p
Г
3
,
1
)
2
2
,
10
(
3400
)
2
2
,
10
(
1
273
2
Mustaxkamlik sharti:
Ρishchi=0,6 MPa< [r] =0,67 MPa
Rxisob =0,67 MPa< [r] g=1,3 MPa
Mustaxkamlik sharti qanoatlantiriladi.
Ichki bosimda ishlaydigan ellipssimon tub qismining xisobini keltiramiz.
Ishchi sharoitlar uchun ruxsat etilgan ichki bosim:
)
(
5
,
0
2
min
min
C
S
R
C
S
p
Ã
Ã
bu yerda: φ
ρ
=1 – payvand chokining mutaxkamlik koeffitsiyenti;
Ellipssimon tublikning egrilik radiusi R=3000 mm.
МПа
p
Г
4
,
1
)
2
2
,
10
(
5
,
0
3000
)
2
2
,
10
(
1
273
2
Gidravlik sinash uchun ruxsat etilgan ichki bosim qiymati:
)
(
5
,
0
2
1
1
C
S
R
C
S
p
Ã
Ã
МПа
p
Г
5
,
2
)
2
16
(
5
,
0
3000
)
2
16
(
1
273
2
Mustaxkamlik sharti:
Ρ
ishchi
=0,6 MPa< [r] =1,4MPa
R
xis
=0,67 MPa< [r] G=2,5MPa
Xisoblash ishlarida aniqlangan mustaxkamlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha
tindirgich P=0,6 MPa ishchi bosimda va T=100
0
S haroratda mustahkamlik shartlarini
qanoatlantiradi.
III.Mehnat muhofazasi va texnika havfsizligi
3.1 Texnologik jarayonni xavfsiz olib borish sharoitlari
Neft tayyorlash qurilmasi va rezervuarlar saroyi ishlovchilar va ulardagi
jihozlarni ta’mirlashda ishtirok etuvchilar uchun quyidagilar texnologik jarayonni
xavfsiz olib borish sharoitlari hisoblanadi:
- ishlab chiqarish intizomi, ish tartibi va texnologik meyorlarga rioya qilish;
ishlarni xavfsiz olib borish bo‘yicha qoidalar, holatlar va rahbariy materiallar
meyorlariga rioya qilish;
- ishchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash;
- ehtimoliy avariyalar oqibatlarini bartaraf etish rejasini ishlab chiqib, uni
ishchilarga o‘qitish.
Barcha uskunalar, idishlar, apparatlar va asosiy berkitish moslamalari,
texnologik sxemaga muvofiq keladigan, aniq belgilangan tartib raqamiga ega
bo‘lishi kerak.
Sxemada,
loyihaga
asosan,
asosiy
yer
osti
va
yer
yuzasidagi
quvuro‘tkazgichlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Operatorlar xonasida qurilmaning texnologik sxemasi osib qo‘yilgan bo‘lishi
kerak.
Texnologik sxemaning, uning amaldagi holatiga muvofiqligi har yili sex
boshlig‘i tomonidan tekshirilishi va unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
kiritilganda, har safar bosh muxandis tomonidan qayta tasdiqlanishi kerak.
Rezervuarlar (idishlar) ga xizmat ko‘rsatuvchi har bir xodim yong‘in
xavfsizligi, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha instruktajdan
va meditsina ko‘rigidan o‘tishi kerak.
Xodim, agar u kirish instruktajini o‘zlashtirgan, ish joyida instruktajdan va
stajirovkadan o‘tgan, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bilimlari
esa komissiya tomonidan tekshirilgan bo‘lsa, mustaqil ish bajarish uchun qo‘yilishi
mumkin.
Rezervuarlarga xizmat ko‘rsatish bir necha operatsiyalardan iborat:
- mahsulotlarni qabul qilish va haydash;
- sathni o‘lchash va namunalar olish;
- rezervuarlar (idishlar) dan suv va loyni chiqarib tashlash;
- rezervuarlar (idishlar) ni tozalash va ta’mirlash;
Har bir amaldagi rezervuar (idish) loyihada va amaldagi meyoriy hujjatlarda
ko‘zda tutilgan uskunalarning to‘liq komplekti bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Neft
rezervuarlari, mahsulotni minimal yo‘qotishni ta’minlovchi, armatura bilan
jihozlangan bo‘lishi kerak. Rezervuarlar muzlamaydigan likopchali «nafas oluvchi»
klapanlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Rezervuarlarning to‘ldirish va bo‘shatish tezligi «nafas oluvchi» klapanlarning
o‘tkaza olish meyorlaridan ortib ketmasligi kerak. Rezervuarga, bug‘ bosimi ushbu
rezervuar uchun hisoblanganidan ortiqroq bo‘lgan, mahsulotni haydash taqiqlanadi.
Rezervuarning qabul qilish quvuro‘tkazgichining joylashishi, mahsulotni
suyuqlik qatlami ostiga berishni ta’minlashi kerak. Rezervuarga neft mahsulotini
«erkin tushuvchi oqim» tarzida quyishga ruxsat etilmaydi.
Xizmat ko‘rsatish qulay bo‘lishi uchun o‘lchov lyuki, o‘lchov maydonchasidan
0,5 m dan ortiq bo‘lmagan masofada joylashgan bo‘lishi kerak.
Har bir rezervuar uchun texnologik karta tuzilgan bo‘lishi kerak.
Rezervuarlar
(idishlar)da
neft
saqlashda,
oqib
chiqish
natijasidagi
yo‘qotishlarni oldini olish uchun:
- to‘liq texnik sozlik va germetiklikni ta’minlash;
- barcha butlovchi uskunalarni soz holatda saqlash;
- klapanlar, salniklar, flanetsli va muftali birikmalarning germetikligini
muntazam nazorat qilish va mahsulotning aniqlangan oqib chiqishlarini darhol
bartaraf etish;
- drenaj tarmog‘i holatini muntazam tekshirish;
- tovarosti suvini chiqarib tashlashda, neftning oqib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik
kerak.
Rezervuarlarni ko‘rikdan o‘tkazishda, korpusning quyi belbog‘larining vertikal
payvand choklariga, quyi belbog‘ni tag bilan payvand choklariga va boshqa
choklarga alohida ahamiyat berish kerak Choklarni ko‘rikdan o‘tkazish natijalari
rezervuarlarga joriy xizmat ko‘rsatish jurnalida qayd etilishi kerak.
Rezervuarlar (idishlar) ni tozalash ishlariga, kamida 3 kishi - ishni bajaruvchi,
kuzatuvchi va dubler kirishishi va ular ishlar tugaguncha o‘sha yerda bo‘lishi kerak.
Kuzatuvchi va dubler, ishni bajaruvchi kabi himoya vositalariga ega bo‘lishlari, ishni
bajaruvchini qutqarish qoidalari va birinchi yordam ko‘rsatishni bilishlari kerak.
Ishlar, bu ishlar uchun javobgar shaxsning nazorati ostida, amalga oshirilishi
kerak
Rezervuarlar (idishlar) ichida bajariladigan ishlar o‘rnatilgan texnologik
reglamentga muvofiq amalga oshiriladi. Rezervuarlarni tozalash:
- rezervuarlar va tegishli asboblarni normal ishlatishni ta’minlash uchun;
- pirofor cho‘kindilar, yuqori qovushoqli mineral qoldiq, zang va suvdan
tozalash uchun;
- ta’mirlash uchun zarur.
Rezervuarlarni tozalash muddatlari mahsulotning turiga, qovushoqligiga,
agressivligiga, tozaligiga bog‘lik holda aniqlanadi, ammo ikki yildan ortib ketmasligi
kerak.
Rezervuarlarni tozalashni, meditsina komissiyasi ruxsat bergan, mahsus
o‘qitilgan va tayyorlangan xodimlar amalga oshirishi kerak.
Ko‘rikdan o‘tishi, tozalanishi va ta’mirlanishi lozim bo‘lgan rezervuar:
- mahsulotdan bo‘shatilgan;
- quvuro‘tkazgichlardan uzib qo‘yilgan;
- tiqinlar bilan berkitilgan;
- bug‘ bilangan tozalangan yoki, agar jarayonni olib borish sharoitlari bo‘yicha
bug‘ bilan tozalash mumkin bo‘lmasa, inert gaz bilan puflab tozalangan;
- kamida 30 °S haroratgacha sovutilgan;
- shamollatilgan bo‘lishi kerak.
Suv bilan yuvish zaruriyati ishlab chiqarish yo‘riqnomalariga muvofiq, har bir
vaziyat uchun alohida aniqlanadi.
Neft rezervuarlarini bug‘lab tozalashni, lyuklar ochiq holatda, kamida 48 soat
davomida amalga oshiriladi. Rezervuarlarni neftdan tozalash, uchqun paydo
bo‘lishini istisno qiluvchi vositalar yordamida amalga oshirishi kerak. Tayyorgarlik
ishlari tugagandan keyin havo muhiti tahlil qilinadi.
Rezervuarlarni tozalashda chiqarilgan pirofor cho‘kindilar, o‘z-o‘zidan o‘t olib
ketishini oldini olish uchun, ularni neft mahsulotlari saqlash hududidan chiqarib
tashlanguncha, nam holatda ushlab turish kerak. Ifloslanishlar va pirofor
cho‘kindilarni, u yerda ular o‘z-o‘zidan o‘t olib ketishi xavf tug‘dirmaydigan,
mahsus ajratilgan joylarga chiqarib tashlanadi. Pirofor cho‘kindilarni oqovaga
tashlash
taqiqlanadi.
Neftli
rezervuarlar,
chuqurlar
va
quduqlar,
mahsuloto‘tkazgichlar, yonuvchi gaz va bug‘lar to‘planib qolishi mumkin bo‘lgan
ishlab chiqarish kanalizatsiyasini yoritish uchun ochiq olovdan (mash’alalar, gugurt,
shamlar, ko‘chma fonarlar) foydalanish taqiqlanadi.
Mahsulot saqlash parki hududida chekish taqiqlanadi, buning uchun, o‘t
o‘chirish qismi bilan kelishib, mahsus jihozlangan joylar ajratilishi kerak. Ta’mirlash
ishlarida va joriy xizmat ko‘rsatishda mislanmagan po‘latdan yasalgan asbob-
uskunalardan foydalanish taqiqlanadi. Foydalaniladigan asbob-uskunalar uchqun
bermaydigan materialda yasalgan bo‘lishi, zarbli kesuvchi asboblarni ishlatishda, ular
har galgi ishlatishdan keyin quyuq moy bilan moylab turilishi kerak.
Namunalar olish va havo muhitini tahlil qilish MKL xodimlari tomonidan
amalga oshiriladi. Neftli rezervuarlar (idishlar) ni ko‘zdan kechirish, shuningdek
o‘lchashlar va namunalar olishni, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, po‘lat parchinmix va
mixlari bo‘lmagan poyabzalda bajarishlari kerak. Rezervuarlardagi sathni o‘lchashda
va namunalar olishda, xodimlar faqat portlashdan himoyalangan (portlashdan
xavfsizligi haqida guvohnomasi bo‘lgan) akkumulyatorli fonarlardan foydalanishlari
kerak.
Fonar eng yaqin joylashgan mahsulotli rezervuardan 20 m masofada ishga
solinishi kerak. Rezervuarlar parki hududida bo‘lgan, barcha shaxslar filtrlovchi
gazniqoblarga ega bo‘lishlari kerak.
3.2. Texnologik uskunalarni ta’mirlashga tayyorlash va ta’mirlash
ishlariga talablar
Ta’mirlanishi lozim bo‘lgan barcha texnologik quvuro‘tkazgichlar va idishlar,
unga tayyorlangan bo‘lishi kerak:
- mahsulotning barcha kirish va chiqish quvuro‘tkazgichlaridagi barcha
berkitish armaturalarini yopish, tizimni suyuq mahsulotdan to‘la bo‘shatish, barcha
quvuro‘tkazgich va apparatlardan bosimni tashlash, bug‘ bilan tozalash. Ta’mir
ishlariga tayyorlanayotgan tizimni to‘liq uzib qo‘yish, tayyorlanayotgan idish,
apparat yoki quvuro‘tkazgichni boshqa tizim bilan bog‘lovchi barcha texnologik
quvuro‘tkazgichlarga tiqinlar o‘rnatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tiqinlar yaxshi
ko‘rinib turadigan qismga ega bo‘lishi kerak. Tiqinga uning tartib raqami tamg‘asi
urilgan bo‘lishi kerak. Tiqinlarni o‘rnatish “Tiqinlarni o‘rnatish va yechib olish”
jurnalida qayd etilishi kerak.
Tayyorgarlik ishlari tugatilgandan keyin muhitdagi uglevodorodlar va boshqa
zaharli va portlashdan xavfli moddalar tahlili amalga oshiriladi. Bu moddalarni
miqdorlarining ijobiy taxlili (REK chegarasida) olingandan keyingina ta’mirlash
ishlariga kirishishga ruxsat etiladi.
Apparatlarning ichida ta’mirlash ishlarini olib borish uchun sun’iy yoritish
talab qilingan holatlarda portlashdan xavfsiz ko‘chma lampalar va 12 V kuchlanishli
akkumulyatorli fonarlardan foydalanish kerak.
Apparatlar va idishlar ichida ta’mirlash ishlari faqat naryad-ruxsatnoma bilan
amalga oshiriladi.
Ishchining shlangli gazniqobda bo‘lish muddati, idishda ta’mir ishlarini olib
borishga javobgar shaxs tomonidan aniqlanadi, naryad-ruxsatnomaga yoziladi, ammo
30 daqiqadan ortiq bo‘lmasligi kerak, keyingi 15 daqiqadan kam bo‘lmagan dam
olish bilan. Idishda ta’mirlash ishlarini olib borishga javobgar shaxs, barcha
ishlarning borishini, xavfsizlik choralariga rioya qilinishini nazorat qilishi, ish rejimi
va dam olishlarni belgilashi shart. Mazasi bo‘lmay qolgan ishchilarni ishga yuborish
taqiqlanadi.
Faqat injener-texnik xodimlar tarkibidan bo‘lgan shaxs, ishlar rahbari bo‘lishi
mumkin. Konlar hududidagi barcha turdagi ta’mirlash ishlari, bosh muxandis
tomonidan tasdiqlangan, rejali-ogohlantiruv ta’miri (ROT) jadvaliga qat’iy rioya
qilgan holda bajarilishi kerak
Uskunalarni ta’mirdan ishlatishga qabul qilib olish, mahsulot saqlash parki
masteri va mexanigi tomonidan amalga oshiriladi. Uskunalarni ta’mirdan ishlatishga
qabul qilib olish akti sinov ishlatishidan keyin, ijobiy natijalar olingandagina
imzolanadi. Akt imzolangandan keyin uskuna ta’mirdan qabul qilib olingan
hisoblanadi. Aktni imzolamasdan va uni tasdiqlamasdan uskunalarni ishlatish
taqiqlanadi. Uskuna ishlatishga topshirilgandan keyin, mexanik ta’mir amalga
oshirilgani haqida ta’mir kitobiga yoki uskuna pasportiga yozib qo‘yishi shart.
3.3. Statik elektrlanishdan himoyalash
Qurilmaning ish jarayonida, texnologik jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari
bilan bog‘liq bo‘lgan, elektr statik zaryadlarning paydo bo‘lishi kuzatiladi. Bunda
xom-ashyo, mahsulot, reagentlar ishqalanish natijasida elektrlanadi va zaryadni
qurilmaning ayrim elementlariga uzatadi.
Yuqori potensiallardan paydo bo‘ladigan uchqunli va yoyli razryadlar, ishlab
chiqarish xonalarining ba’zi kategoriyalari va sharoitlarida, yong‘in va portlashlar
kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Texnologik apparatlar va quvuro‘tkazgichlar, statik elektrlanishning,
shuningdek ikkilamchi ta’sirlarning namoyon bo‘lishidan himoyalash uchun, yerga
ulangan bo‘lishi kerak. Barcha elektr qurilmalarni yerga ulovchi, moslamalarni
qo‘llash ruxsat etiladi. Statik elektrlanishdan himoyalovchi, yerga ulash
moslamasining qarshiligi 100 Ω gacha ruxsat etiladi
Xulosa
Neft konlaridan neftni qazib olish, kon sharoitida tayyorlash va qayta ishlash
jarayonlarida turli xildagi kimyoviy reagentlardan foydalaniadi. Ularning aksariyati
chet ellardan valyuta hisobiga sotib olinib kelinadi va aniq kon sharoitlarida
qo‘llanilganda ularning ia’sir mexanizmlari darajasi kon mahsulotining tarkibiy
o‘zgarishlariga bog‘liq ravishda kamayib bormoqda.
Neft va gaz quduqlaridan foydalanish davomida quduqlarning vaqt o‘tishi
bilan suvlanganlik darajasi oshib borishi, mahsuldor qatlamning kollektorlik xossalari
o‘zgarib borishi, tog‘ jinslari kollektorlarining vaqt o‘tishi bilan o‘tkazuvchanlik
qobiliyatining kamayib borishi va boshqa shu kabilar salbiy omillar ta’siriga qarshi
turli xil funksiyalardagi kimyoviy reagentlarning qo‘llanilishiga zarurat
to‘g‘ilmoqda.
Kimyoviy reagentlarning chet ellardan sotib olinib kelinishi va hozirgi jahon
moliyaviy –iqtisodiy inqirozi davrida kamyobligi sezilmoqda.
Neft konlaridan neft qazib olish samaradorligini oshirish va texnologik
jihozlar ish unumdorligini oshirishda kimyoviy reagentlarning o‘rni uni tayyor
mahsulot ko‘rinishiga kelturilganga qadar zarurligicha qoladi. Shu maqsadda
mahalliy xom-ashyolardan tayyorlangan kimyoviy reagentlarning kon sharoitlarida
ishlatilishi texnologik jarayonlar uzluksizligini, neft qazib olish va tayyorlash sifati va
miqdorini oshirish, hamda qazib olinayotgan mahsulot tannarxini kamaytirishda
muhim o‘rin tutadi.
Neft qazib olish va tayyorlash tizimida tovar neft tayyorlash jarayonida
deemulgatorlar, korroziya ingibitorlari va tuz cho‘ktirmas ingibitorlar kabi kimyoviy
reagentlar qo‘llaniladi. Ularning texnologik jarayonda ta’sir mexanizmi va himoya
samaradorliklarini oshirish uchun albatta haroratga bog‘liq ravishda qo‘llanilishiga
erishish lozim. Chunki har qanday reaksiyalarning sodir bo‘lishi uning borishi
termobarik sharoitlarga bog‘liqdir.
Neft emulsiyasini parchalash va uni suvsizlantirish hamda bir vaqtning o‘zida
tuzsizlantirish uchun deemulgatorlarning ta’sir darajalarini muxitning 70-900S
haroratlarida eng samarali bo‘lishi bilan bir qatorda reagentning eritmadagi
konsentratsiyasini ham kamaytirish mumkin.
Quduqlardan neft qazib olish va tayyorlashda tuz cho‘kmalari hosil bo‘lishi
oldi olinishi uchun qo‘llaniladigan tuz cho‘ktirmas ingibitorlar sifatida kon
sharoitlarida sinab ko‘rilgan kompozitsiyalar ichida eng faol kompozitsiyalardan biri
“Sumano-extra-M” hisoblanadi va uning bilan ishlov berilganda 50-70
0
S oraliqlarida
uning himoya samaradorligini 93-95% gacha yetkazish mumkin.
Neftni qazib olish va tayyorlash jarayonida qo‘llaniladigan texnologik
jihozlarning ichki elektrokimyoviy korroziyasiga qarshi «SUMONO-ekstra»
turkumidagi universal kompozitsiyalarning qo‘llanilish imkoniyatlari mav jud bo‘lib,
bu turkumdagi korroziya ingibitorlarining vodorod sulfidli muxitda himoya
samaradorligi kamida 94,0% ni, neft xom ashyosi muxitidagi himoya samaradorligi
kamida 97,0% ni tashkil etadi.
Shimoliy Shurtan koni neft tayyorlash tizimida chet eldan keltirilayotgan K-1
deemulgatori o‘rniga mahalliy xom-ashyolardan tayyorlangan PBA-1 deemulgatorini
qo‘llash lozim. K-1 deemulgatorining deemulgiyalash samaradorligi uning 25 g/t
sarfida 86,4% ni, 50 g/t sarfida 88,9% ni tashkil etsa, taklif etilayotgan PBA-1
deemulgatoriniki esa mos ravishda 87,2% va 88,5% larni tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ishimda o‘rganilgan va tavsiya etilayotgan deemulgator,
korroziya ingibitorlari va tuz cho‘ktirmas ingibitorlarning aniq haroratlarda
qo‘llanilishi zaruriy himoya samaradorliklarini ta’mnldab berish bilan bir qatorda
ularning mahalliy xom-ashyolardan va kimyo sanoatining ikkilamchi resurslar
asosida tayyorlanganligini hisobga olsak iqtisodiy jihatdan yaxshi samara berishi
bilan bir qatorda respublikamiz valyuta fondini tejash imkonini beradi.
Аdabiyotlar
1.
Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. –Т.:, O’zbekiston, 1998 y,
280 b.
2.
Мирзиёев Ш.М. Критический анализ, жесткая дисциплина и
персональная ответственность должны стать повседневной нормой в
деятельности каждого руководителя. Газета «Правда востока», 2017 год, 16
январь.
3.Salimov Z., Rahmonov T. Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va
uskunalari. I qism. -T.: “Cho`lpon”, 2007. -255 b.
4.Salimov Z., Rahmonov T. Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va
uskunalari. II qism. -T.: “O`FMJ” nashriyoti, 2008. -160 b.
5. Юсупбеков Н.Р., Нурмухамедов Х.С., Зокиров С.Г. Кимёвий
технология асосий жараён ва қурилмалари. –Т.:, Шарқ, 2003. -644 б.
6. Salimov Z., Тo’ychiyev I.S.. Ximiyaviy texnologiya protseslari va
apparatlari. –Т.: O’qituvchi, 1987. -408 b.
7. Nurmuhamedov H.S., Nig’madjonov S.К., Аbdullayev A.SH. ва бошқалар.
Neft kimyo sanoatlari mashina va qurilmalarini hisoblash va loyihalash. –Т.: Fan
va texnologiya, 2008 y., -356 b.
8. Yuldashev T.R., Eshkabilov X.Q. Neft va gaz konlari mashina va
mexanizmlari. –Qarshi.: “Qashqadaryo ko’zgusi” OAV, 2015. -328 b.
9.Михалев, М.Ф. Расчет и конструирование машин и аппаратов
химических производств. М.Ф. Михалев. – Ленинград: Машиностроение, 1984.
10.Чичеров Л.Г. Расчет и конструирование нефтепромыслового
оборудования. Москва: Недра, 1987.
11. Касаткин А.Г. Основные процессы и аппараты химической
технологии. - М.: Химия, 1973. - 468 с.
12. Кузнецов А.А., Кагерман С.М., Судаков Е.Н. Расчеты процессов и
аппаратов нефтеперерабатывающий промышленности. - М.: Химия, 1974 г.
13 Jumayev Q.K., G’aybullayev S.A., Fozilov S.F. Neft va gazni qayta ishlash
korxonalari jihoz va qurilmalari. O’quv qo’llanma. Т., O’zbekiston, 2009 y.
14. Муравьев И.М. и др. “Технология добычи нефти и газа”, Москва.
Недра, 1971 г.
15. Мирзажанзаде А.Х. и др. “ Технология и техника добычи нефти”,
Москва. Недра, 1986 г.
16. Foydalanilgan internet saytlari:
http://www.cits.narod.ru
;
www.ziyo.net
;
www.oil-book.ru
;
www.gubkin.ru
;
www.oil.com
;
www.oil-gas.at
;
www.neft-gaz.ru
.
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………...
4
I bob. Neftni kon sharoitida tayyorlash jarayonlari ………………………………
7
1.1. Konlarda neft va gazni yig‘ish, tashish va tayyorlash zarurati………
7
1.2. Neftni turg‘unlashtirish, suvsizlantirish va tuzsizlantirish
jarayonlari…………………………………………………………….
13
1.3. Neft emulsiyalarining tasnifi va fizik-kimyoviy hossalari
19
II bob. Neftni kon sharoitida tayyorlashda termokimyoviy usullarning
qo‘llanilishi……………………………………………………………….
27
2.1. Neft emulsiyasining hosil bo‘lishi va uning deemulgatorlar bilan
o‘zaro ta’siri mexanizmlari……………………………………………
27
2.2. Xom-ashyo neftdan qatlam suvlarini ajratib olish jaryonlari…………. 31
2.3. Neftni tayyorlashda issiqlik almashinish uskunalarining
qo‘llanilishi……………………………………………………………
35
2.4. Neft tayyorlash qurilmasi va rezervuarlar saroyi majmuasida
neftni tindirish tavsifi…………………………………………………
41
2.5. Neftni tindirgichlar gardishlarini hisoblash…………………………... 47
II.Mehnat muhofazasi va texnika havfsizligi……………………………………..
50
3.1 Texnologik jarayonni xavfsiz olib borish sharoitlari
50
3.2. Texnologik uskunalarni ta’mirlashga tayyorlash va ta’mirlash
ishlariga talablar………………………………………………………
54
3.3. Statik elektrlanishdan himoyalash……………………………………
55
Xulosa……………………………………………………………….
56
Аdabiyotlar………………………………………………………….
.
58
Do'stlaringiz bilan baham: |