3-mashq. Quyidagi maqollarni daftaringizga yozib oling va yodlang.
Tig‘ yarasi bitadi, lekin til yarasi bitmaydi. Odobning boshi — til.
Yaxshi so‘z — jon ozig‘i, yomon so‘z — bosh qozig‘i. Yaxshi so‘z bilan
ilon inidan chiqadi, yomon so‘z bilan pichoq — qinidan. Til — dil
kaliti.
*4-mashq. Topishmoqlarning javobini toping. 0 ‘zingiz ham
til, so‘z, ilm,
kitob
haqida bilgan topishmoqlaringizni o ‘rtoqlaringizga aytib bering.
1.
Tilsiz aql o ‘rgatar. 2. Og‘izdan chiqquncha meniki, og‘izdan
chiqqani elniki. 3. Asaldan shirin, zahardan achchiq. 4. Temir qo‘rg‘on
ichida qizil toychoq o ‘ynaydi. 5. Bir nafasda olamni kezar.
Do'stlaringiz bilan baham: |