493-m ashq. Gaplarni o ‘qing. Shakldosh s o ‘zlarni toping. M a ’nosini
tushuntiring.
1. Sen ham pastroqqa tush endi. 2. Tushimda alahsiraganman,
shekilli. (M. Mahmudov) 3. Chang-to‘zon mashina oynasiga urilib, yo‘lni
ko‘rsatmay qo‘yar edi. 4. Bastakor changda qandaydir kuy chalar edi.
*494-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so ‘zlarning shakldoshlarini toping.
1. Belni aldab-aldab ishga solmasak b o ‘lmas. (S. Ahmad) 2. Qing‘ir
ish qirq yildan keyin ham fosh b o ‘laveradi. (Hikmadardan) 3. G o ‘ro‘g‘li
och qoldi, enasiga qarab bir so‘z dedi. (Dostondan) 4. Idoraga uch,
senga ham pul katta. (Sh. Toshmatov)
Do'stlaringiz bilan baham: |