25-dars. SHART MAYLI VOSITASIDA ERGASHGAN
QO‘SHMA GAPLAR
1- topshiriq.
Berilgan qo‘shma ga plar qismlari orasidagi
mazmuniy munosabatga diqqat qiling.
Alpomishga alla aytgan momolarim
Ruhini shod etay desang, xalq bo‘l, elim! (Muhammad Yusuf)
Bahor osmonida chaqnasa chaqin,
Ko‘ksingdan otilar olovli nafas.(A. Oripov)
2- topshiriq.
Qo‘shma gap tarkibidagi bosh va ergash gaplarni
aniqlang. Ergash gap kesimi qanday shaklda ekanligini ayting.
Bilib oling.
Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi
fe’llar orqali ifodalanganda, shart mayli qo‘shimchasi
ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vosita ham sanaladi. Bunday
ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish
yoki chiqmaslik shartini, paytini bildiradi. Yozuvda ergash gap
bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.
http://eduportal.uz
53
108-mashq.
Ko‘chiring, bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash
gapning bosh gapga qanday bog‘lovchi vosita yordamida bog‘lanayotganini
ayting.
1. Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi, seni
to‘ydiradi.
(Erkin Samandar) 2. Yomon bo‘lar, agar ko‘z yoshing
tugab qolsa, kelgunicha baxt.
(Shavkat Rahmon) 3. Esli-hushli
do‘stlaringiz bo‘lsa, biznikiga olib kelarsiz.
(Murod Muhammad
Do‘st) 4. Qorako‘zni yana supurgi bilan ursang, unga kosov
otsang, ukalaringnikiga ketib qolaman.
(Said Ahmad)
109-mashq.
-sa,
qolipiga mos uchta ergashgan qo‘shma gap
yozing. Ergash gapning bosh gapga qanday bog‘lanayotganini izohlang.
110-mashq.
Siz tabiatni kuzatganmisiz? Agar kuzatgan bo‘lsangiz,
bu haqda o‘z fikr-mulohazalaringizni bildiring. Berilgan gaplarni bosh
va ergash gaplarga ajrating.
1. Agar daraxt shoxlari yoz faslida sarg‘aysa, kuz erta keladi.
2. Olma, olcha kabi mevali daraxtlar ikkinchi bor gullasa, bu
kuzning iliq kelishidan darakdir. 3. Qaldirg‘och pastlab uchsa,
yog‘ingarchilik bo‘ladi. 4. Chinnigul o‘zidan yoqimli hid taratsa,
tez orada shamolni kutavering. 5. Baliq tez-tez suv betiga sapchib
chiqsa, yomg‘ir yog‘adi. 6. Mevali daraxtlar ko‘p hosil qilsa, qish
qattiq keladi.
111-mashq.
Ko‘chiring. Ergash va bosh gaplarni aniqlab, ergash
gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalarni ayting.
1. Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor qiladi.
(Maqol)
2. Seni
hurmat qilishlarini istasang, o‘zingni hurmat qil.
(«Tafakkur gulshani»dan)
3. Ichlari achimasa, menga o‘sha gaplarni gapirmas edi.
(Abdulla
Qahhor)
4. Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan.
(Maqol)
5. Mehmon kelsa
eshikdan, rizqi kirar teshikdan.
(Maqol)
1. Kesimi fe’lning shart mayli shakli bilan ifodalangan ergash
gaplar qanday ma’nolarni ifodalaydi?
http://eduportal.uz
54
2. Shart mayli qo‘shimchasi yordamida bog‘langan qo‘shma gap
qismlari qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?
112-mashq.
Uyga vazifa.
Kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar
bilan ifodalangan ergash gapli qo‘shma gaplardan bo‘lgan to‘rtta maqol
keltiring. Ergash va bosh gaplarni aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |