N. M. Kayumova


Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  aqliy  rivojlanishi  dast- 

lab  muomalada  bo'lish,  narsalar  bilan  bajariladigan  faoli­

yat natijasida keyin  esa  o'quv mehnat,  samarali  faoliyatlar ja­

rayonida  [rasm  chizish,  loy)  amalga  oshirib  boriladi.  Hozirgi 

zamon  pedagogika  fani bilimlar  sistemasini  o'zlashtirib  olish, 

ularni jamg'arish,  ijodiy tafakkurni  rivojiantirish hamda yan­

gi bilimlar hosil qilish uchun zarur bo'lgan bilish faoliyati usul­

larini egallab  olish  aqliy rivojlanishning asosiy ko'rsatkichlari 

hisoblanadi.

Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil 

etilishiga qarab belgilanadi.

Pedagogika-psixologiya fani  aqliy tarbiya berish vazifalari- 

ni samarali hal etishda birinchidan bolaning imkoniyatlaridan 

to'g'ri  foydalanish,  ikkinchidan  bola  organizmining  umumiy 

charchashiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan ortiqcha zo'riqish 

bo'lmasligi yo'llarini topish uchun Maktabgacha ta’lim yoshda­

gi  bolalarning  aqliy  rivojlanishi  qonunlari  va  imkoniyatlarini 

o'rganish bilan shug'ullanadi.

Keyingi  yillarda  olib  borilgan  psixologik-pedagogik  tadqi- 

qotlarning natijalari Maktabgacha ta'lim yoshi davrida bolalar­

ning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini 

ko'rsatadi.  Bularning hammasi  Maktabgacha ta'lim  yoshidagi 

bolalarga beriladigan bilim,  malaka va ko'nikmalarini yanada 

chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq.

Maktabgacha taTim yoshining oxiriga kelib  bolalar tevarak 

atrof to'g'risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushun- 

chalarga  ega  bo'lib  qoladilar,  asosiy  fikrlash  jarayonini  egal­

lab  oladilar,  narsa  va  buyumlardagi  voqealardagi  muhim  va 

muhim  bo'lmagan  tomonlarini  ajrata  oladigan  ba'zi  bir sabab 

natijali  bog'lanishlarni  bilib  oladigan  bo'lib  qoladilar.  Ularda 

o'quv faoliyatining  dastlabki  ko'rsatkichlari  shakllanadi.  Shu­

ning uchun bog'cha yoshidan boshlab rivojlantirib borish katta 

ahamiyatga ega.



158


Maktabgacha  ta'lim  yoshining  dastlabki  bosqichlarida  bo­

lalarda  tasavvur  ta'limi  bo'Iadi.  Hayotiy tajribaning  ortib  bo­

rishi va tafakkurning rivojlanishi bilan  ijodiy xayol tarkib  to­

padi.  Kichik  Maktabgacha  ta'lim  yoshidagi  bolalar  uchun 

ko'rgazmali-harakatli,  ko'rgazmali  obrazli  tafakkur  xosdir. 

Buning  asosida  so'z,  mantiqiy tafakkur,  tushunchali  tafakkur 

rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda analitik-sintetik tafakkur 

faoliyati  tarkib  toptiriladi  bu  hodisalarni,  voqealarni,  chuqur 

anglab  olish,  ularni  muhim  bo'lgan  va  muhim  bo'lmagan  to- 

monlarini ajratishga o'rgatish lozim.

Qiziquvchanlik  bolaga  xos  xususiyatdir.  U  bolani  tevarak- 

atrofdagi  voqea-hodisalarga,  narsa  va  buyumlarga  qiziqish 

bilan  qarashga,  hamma  narsani  ushlab  his  qilib,  diqqat  bilan 

tomdsha  qilishni  ktizatishda  namoyon  bo'Iadi.  Tarbiyachi  ku­

zatishlar  tashkil  etib,  bolalarda  paydo  bo'lgan  savollarga  o'z 

vaqtida  javob  berishga  harakat  qiladi,  ularni  fikrini  mustaqil 

javob qidirishga yo'llab, Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar­

da qiziquvchanlikning susayishiga yo'l qo'ymaydi.

Aqliy  tarbiyaning  vazifasi  bolalar  qiziquvchanligini  ular 

aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga 

qiziqish hosil qilishdan iborat.

Bolalar bog'chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatini rivoj­

lantirish vazifasi turibdi. Qobiliyatlar tegishli faoliyat jarayoni­

da  namoyon  bo'Iadi  va  rivojlanadi.  Insonning  aqliy  qobiliyati 

aqlining  ziyraklik  -   fahm-farosatlilik,  tanqidiy  ko'z  bilan  qa­

rash,  sermulohazalik kabi  sifatlari  bilan  ajralib  turishi  mum­

kin. Aqliy ko'nikma va malakalarni rivojlantirish, ya'ni eng od- 

diy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim 

va muhim bo'lmagan belgilarni ajratib ko'rsatish boshqa pred- 

metlar  bilan  taqqoslash  va  hokazolarni  tarkib  toptirish  Mak­

tabgacha  ta'lim yoshidagi  bolalarga  aqliy tarbiya  berish  vazi- 

falaridan biridir. Bu ko'nikma va malakalar bilish faoliyatining 

tarkibiy  qismlari  bo'lib,  bolaning  bilimlarini  muvaffaqiyat­

li  egallab  olishga yordam  beradi.  Masalan:  o'simliklar va  hay­

vonlar bilan tanishtirish bo'yicha sistemali  mashg'ulotlar olib

159



borilgandan keyin bolalar ayrim konkret o'simliklar yoki hay- 

vonlar to'g'risida ma'lum bir tasavvurga ega bo'ladilar.

So'ngra  bolalardagi  aqliy-ko'nikma  va  malakalarni  rivoj­

lantirish  maqsadida  tarbiyachi  bolalar  bilan  quyidagi 

mashg'ulotlarni  o'tkazishni  rejalashtirishi  mumkin:  «Paxta 

o'simligini, momaqaymoq  o'simligi bilan solishtirish»,  «Qafas- 

dagi  ikki  xil  qushni  bir-biriga  solishtirish»  didaktik  o'yini  va 

shunga o'xshash tadbirlar o'tkazish. Eng muhimi shundaki, bo­

lalarga  bilim  beribgina  qolmasdan,  ularni  olgan  bilimlaridan 

aqliy va amaliy vazifalarni hal etishda foydalanishga o'rgatish 

zarur.

Ilk  va  bog'cha  yoshi  davrida  bolalarda  tevarak-atrofga 



bo'lgan  qiziqish  juda  tez  o'sadi.  Qiziqish  bolaning  aqliy  rivoj- 

lanishini  harakatga  keltiruvchi  qudratli  kuchdir.  Kattalar  bo­

laning qiziquvchanligini, bilishga bo'lgan har qanday xohishini 

sezishlari va rag'batlantirib borishlari kerak.




Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish