N. M. Kayumova


BILIMLAR, KO'NIKMA, MALAKALAR DASTURINING



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

BILIMLAR, KO'NIKMA, MALAKALAR DASTURINING

 

YARATILISH TARIXI

Ma’lumki,  bilimlar,  ko'nikma/malakalar  dastur ini  tanlash 

va tuzish prinsiplari deganda ta'lim dasturini ishlab chiqishda 

didaktika  amal  qiladigan  asosiy  qoidalar,  nazariy  asoslar  tu- 

shuniladi.

Shaxsning o'tmish  avlodlar yaratib  qoldirgan  ijtimoiy-tari- 

xiy  tajribalarni  o'zlashtirish  jarayonida  shaxsning  rivojlani­

shi  haqida  ta'limot  maktabgacha  ta'lim  didaktikasida  ta'lim 

mazmunini  tanlash  va  tuzish  prinsiplarini  ishlab  chiqishning 

metodologik  asosi  hisoblanadi.  Bu  didaktikada  bola  ta'lim  va 

tarbiya  olish jarayonida  kamol  topadi  degan  qoidaning  qaror 

topishi  barcha  yosh  davrlaridagi  bolalarga  mo'ljallangan  bi­

limlar  mazmunini  tanlash  prinsiplarini  ishlab  chiqishni  dol- 

zarb muammo qilib qo'ydi.

Mazkur 


muammoni 

ishlab 


chiqishda 

L.S.Vigotskiy,




L. S. Rubinshteyn, V.V. Davidov, LYa.Lerner, L.V.Zankov, A.RUsova, 

A.M.Leushina  va  boshqa  pedagog  va  psixologlar  katta  hissa 

qo'shdilar.

XX asrning  30-60 yillari  mobaynida  maktabgacha ta'lim  di- 

daktikasida  bilimlarning tabiati,  o'quv  dasturlarini  tanlash  va 

tuzish  prinsiplari  haqidagi  masalalar bahsli  masala bo'lib  kel- 

gan.

Mazkur  masala  bo'yicha  ikki  xil  qarashlar  nuqtayi  nazar 



mavjud bo'lib:

-  Maktabgacha yoshdagi bola fanlar,  obyektlar, voqelikning 

turli  jihatlari  haqidagi  bilimlarni  egallashga  qodir  emas  deb 

hisoblab,  maktabgacha  yoshdagi  bolaga  bir-biriga  aloqasi 

va  bog'liqligi  bo'lmagan  yorqin,  emotsional  ahamiyatga  ega 

bo'lgan  alohida kam  uchraydigan  tasavvurlar,  taassurotlargi- 

na tushunarli,  dasturi yorqin,  biron  o'zaro bog'lanmagan  tas- 

virlar  ro'yxatidan  iborat bo'lmog'i  lozim  deb  ta'kidladilar.  Bi- 

roq bu prinsipda bola dasturda ko'rsatilgan muayyan buyum, 

obyektlar  haqida  qanday  bilimlarga  ega  bo'lishi  masalasi 

qo'yilmagan,  bilimlar  mazmuni  faqat  buyumning  rangi,  haj­

mi, shaklini ko'rsatish bilan cheklangan, bilimlar murakkabligi 

faqat miqdoriy jihatlarni ko'rsatib bergan edi.  Bu  dastur maz­

muni va mohiyatini olib bera olmagan.

-  Ikkinchi  nuqtayi  nazar  tarafdorlari  L.S.Vigodskiyning 

"Katta maktabgacha yoshdagi bolalar muhim aloqalarni yo'lga 

qo'ya oladilar va ayrim bilimlar tizimini  o'zlashtirishga qodir"

-   degan  fikrga  tayanib,  maktabgacha  ta'lim  dasturi  maktab­

gacha yoshdagi bolalarning imkoniyatlariga mos keladigan va 

ularni maktabda o'quv fanlarni o'zlashtirishga tayyorlaydigan 

maqbul bir tizim bo'yicha tuzilishi zarur degan qarashni ilgari 

surdilar.  Biroq bu tizimning tabiati, bilimlar dasturini tanlash 

va tuzish prinsipini belgilashni talab etar edi.

Bilimlar dasturi o'zida quyidagilarni:

-  Bu mavjud dunyoni aks ettirishi, politexnik yo'nalish bilan 

ifodalanishi (mehnat, materiallar, mashinalar haqida bilimlar), 

hodisalarning obyektiv aloqasini o'zida aks ettirishi;

85



-  Buyumlar o'rtasidagi o'zaro aloqani aks ettirishi kerak edi.

Bilimlar dasturini ishlab chiqishdaYe.I.Tixeeva vaA.P.Usova-

lar katta hissa qo'shdilar.

Ye.I.Tixeeva  -   bolalar  bog'chasi  uchun  bilimlar  dasturini 

ishlab  chiqdi.  Unda  ijtimoiy hodisalar,  tabiat va  uning  obyekt- 

lari va voqealar bilimlarni kiritdi. U bilimlar mazmunini tizim- 

lashtirib,  tarqoq  obyektlarning  o'xshashligiga ko'ra  guruhlar­

ga birlashtirish zarur degan g'oyani ilgari surdi (uy hay vonlari, 

hashoratlar, transport va boshqalar).

A.P.Usova  -   bilimlar  dasturi  o'z  ichiga  ilmiy  bilimlarni  ol­

ish  kerak degan  g'oyani  ilgari  surdi.  Mazmunli,  ilmiy bilimlar 

tushunchalar zamirida yotadi. Bu tushunchalarni o'zlashtirish, 

o'zlashtirganda  ham  qaysilarini  o'zlashtirish  muhimligi  ma- 

salasiga esa A.V.Zaporojes, N.N.Podd'yakovlar o'z asarlari orqa­

li  yoritib  bordilar.  Katta  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  agar 

buyumlar  ko'rgazmasi  namoyish  etilsa,  ilmiy  bilimlarga  xos 

bo'lgan  fanlararo  muhim  aloqani  o'rnata  olishga  qodir  ekan- 

liklarini  isbotlab  berdilar.  Bu  ilmiy  qoidadan  (A.M.Musina, 

K.P.Nazarenko,  V.I.Loginova,  P.G.Samorukova,  I.A.Xaydurova 

va boshqa olimlar o'z tadqiqotlarida foydalanadilar).

Shunday qilib, maktabgacha tarbiya pedagogikasida olib bo- 

rilgan tadqiqotlar natijasi  asosida bilimlar, ko'nikmalar, mala­

kalar dasturini tanlash va tuzish prinsipi shakllantirildi.

Bilimlar dasturini tuzish quyidagi tamoyillarga asoslanadi.

-  Bilimlar,  ko'nikmalarning  hayot  va  amaliyot  bilan  aloqa- 

dorligi prinsipi;

-  Bilimlarning ilmiylik prinsipi;

-  Bilimlarning tizimlilik pritsipi;

-  Bilimlarning  tarbiyalovchi  va  rivojlantiruvchi  yo'nalishi 

prinsipi;

-  Bilimlar  ko'nikmalar  mazmunida  har  tomonlamalik, 

uyg'unlik prinsipi;

-  Tushunarlilik prinsipi.

1. 


Bilimlar,  ko'nikmalarning  hayot  va  amaliyot  biron  alo- 

qadorligi  prinsipida  -   maktabgacha  ta'lim  muassasasiga



86


mo'ljallangan  bilimlar,  ko'nikma,  malakalarni  dastur  uchun 

tanlashga umumiy yondashishni belgilovchi asosiy prinsipdir. 

Mazkur prinsipda bolaning mavjud hayotini keng tushunishga 

erishishni,  uning dunyoqarashini  maishiy ehtiyojlar doirasida 

cheklayotgan,  tengdoshlaridan  orqaga  surayotgan  to'siqlarni 

bartaraf etish talab qilinadi. Hayot bilan aloqadorlik:

-  Bu uni ijtimoiy jihatdan juda ahamiyatga molik va g'oyaviy 

ko'tarinkilik ruhida ko'rsatishdirki, ular bolani kattalar dunyo- 

siga (mehnat va ishlab chiqarishdagi) olib kiradi. Hayot, amali- 

yot, bilim aloqadorlik dasturiga muayyan ko'nikmalar doirasi- 

ni kiritishni taqozo qildi.

Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  egallashi  mumkin  bo'lgan 

ko'nikmalar:

- Atrof-muhit haqidagi bilimlar asosida o'zlashtirildi

-  Turli  faoliyatlarda  o'zlashtiriladigan  ko'nikmalar  (o'yin, 

mehnat, mustaqil shug'ullanish, o'zaro munosabatlar)

Bu  prinsip  -   maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  hayotiy 

yaqin  istiqboli  sifatidagi  bilimlar,  ko'nikmalarning  bolalarni 

maktab ta'limiga tayyorlashga oid yo'nalishni talab etadi.

II.  Bilimlarning ilmiylik prinsipi -  ilmiy bilimlar, qonuniyat- 

lar,  nazariya  ilmiy bilimlarning o'quv faoliyatidagi  o'rnini  yo- 

ritib beradi. Bu ikki yo'nalishda voqelikni qanday ko'rsa, shun­

day ko'rsatishni,  ya'ni  dastur  ishonarli  dalil,  hodisalarni  kiri­

tishni talab qiladi. Dalillar va hodisalarni rivojlantirishda o'zaro 

aloqa  yorqin  ko'rinishlarda  talab  qilib,  bilish  dialektikasi  ho- 

latlariga mos  keladi. Dalil va hodisalarning sabablarini ochish 

qaror topgan  umumiy  qarashlarga,  tushunchalar  mazmuniga 

muvofiq  kelishi, voqelikning juda  muhim  ko'rinishlarini  aniq- 

lab berishi lozim.

Ilmiylik prinsipi  -   mehnat  faoliyatining mazmun-mohiyati, 

tabiat haqidagi bilimlarni tanlashda muhim hisoblanadi.

III. Bilimlarning tizimiylik prinsipi  -  bu  ilmiylik prinsipi bi­

lan  uzviy bog'liqdir.  U  bilimlar  tuzilishini,  tabiatini  belgilaydi. 

Ilmiy bilimlar  tabiatiga  ko'ra  muayyan  ko'rinishga  ega  bo'lib, 

bu  bilimlar  mazmuni  bilan  bog'liqdir.  Tizimlilikda  buyumlar

87



yoki  hodisalarni  biror-bir  o'ziga  xos  yoki  muhim  xususiyat- 

lariga  ko'ra birlashtirish,  guruhlashtirish,  turkumlashni  bildi- 

radi.  Zamonaviy ilmiy bilimlar har bir bilish  obyektini boshqa 

obyektlar bilan aloqador yaxlit tizim sifatida tatbiq etadi. Bu ja­

rayon mantiqiy ketma-ketlik asosida ish olib borishga o'rgatadi 

va ko'p bosqichli bog'lanishiga ega bo'lgan elementlar, tizimlar 

orasidagi qonuniy munosabatni belgilash va bilimlarni egallash 

uzviyligini, uzluksizligini ta'minlashni amalga oshiradi.

IV. 

Bilimlarning  tarbiyalovchi  va  rivojlantiruvchi  yo'nalish 



prinsipi  -   ushbu  prinsip  dasturga  voqelikka  munosabatini 

shakllantiradigan  ko'nikmalar  tizimini  (bilimga,  mehnatga 

oid) rivojlantiradigan bilimlarni kiritishni talab qiladi.

Voqelikka to'g'ri ongli munosabatda bo'lish, biror-bir ish ha­

rakat va hodisalarning mohiyatini  tushunish,  faqatgina  atrof- 

muhit  haqidagi  bilimlar  asosida  rivojlanadi.  (V.V.Davidov, 

N.N.Podd'yakov, A.M.Leushina, V.I.Loginova,  I.A.Xaydurova va 

boshqalar).

Bilimlarning  tarbiyalovchilik  yo'nalishi  ularning  maqsad­

ga  muvofiq  tanlanishi,  jamiyatimizning  milliy  istiqlol  g'oya- 

larining  aniq  mazmuni  va  asoslarida  yoritilishi  ularning  mo­

hiyatini  aniqlashtirilishi,  bolalarga tushunarli  tarzda yetkazi- 

lishida namoyon bo'ladi.  Bunday ta'limlar bolada dunyoni tus- 

hunish  asoslarini  shakli anti rgan  holda  uni  jamiyat  hayotiga 

olib kiradi,  kattalarning mehnat ehtiyojlariga, ularning muno- 

sabatlari olamiga olib kiradi. Bu esa bolalarda mehnat buyum- 

lariga, tabiatiga kattalar talabiga nisbatan to'g'ri munosabatni 

shakllantiradi.

Bilimlarning ilmiylik prinsipi maktabgacha yoshdanoq,  bo­

lalarning  mafkuraviy  yo'nalganligini  ta'minlaydi,  ular  fe'l-at- 

vorida namoyon bo'ladigan axloqiy ongni shakliantirishga im- 

kon yaratadi.

Tizimli  bilimlar  bolaning  bilish  faoliyatini  rivojlanishini 

ta'minlaydi,  ular  asosida  bola  yaxlit  obyektni  idrok  etishdan, 

uning xususiyatlarini anglashga erishadi.  Bunda bolaning sen­

sor  ko'nikmalari  rivojlanadi.  Bolada  o'zaro  munosabatlarni




anglab  yetish  pjtimoiy-hissiy],  bilish  jarayoni  nutqiy  rivojla­

nish,  qiyoslash,  solishtirish  oddiy  tafakkur  operatsiyalari, 

mantiqiy fikrlash rivojlantiriladi.

V.  Bilimlar,  ko'nikmalar  mazmunida  har  tomonlama- 

lik,  uyg'unlik  prinsipi  -   dastur  mazmuniga  egallanishi  lozim 

bo'lgan  bilimlarni  xilma-xil  ko'rinishlariga  oid  ko'nikma  va 

malakalarini tanlab olish va kiritish degan talab qo'yiladi.


Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish