N. M. Kayumova



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

5.  Maktabgacha 

ta'limni 

tashkil 

etish 

va 

uni

 

boshqarishning  metodologik  asosi  qaysi  bandda  to'g'ri

 

ko'rsatilgan?

a] ta'lim  sohasiga  oid  qabul  qilingan  barcha  qonun  huj- 

jatlari

b) O'zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasi, 

«Ta'lim 

to'g'risida»gi qonun, «Maktabgacha ta'lim to‘g'risida»gi Nizom, 

«Maktabgacha ta'lim to'g‘risida»gi Konsepsiya

v) «Maktabgacha ta'lim to'g‘risida»gi Nizom, pedagogika va 

psixologiya  fani  yutuqlari,  «Maktabgacha  ta'lim  to'g'risida»gi 

Konsepsiya

g) barcha javoblar to'g'ri



XX BOB. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI VA

 

ULARNI TASHKIL ETISH



Maktabgacha ta'lim muassasasi -  maktabgacha

 

yoshdagi bolalar ijtimoiy tarbiya maskani

Maktabgacha  ta’lim  muassasasi  uzluksiz  ta'lim  tizimining 

birinchi  bosqichi,  jamiyatning  eng  muhim  ijtimoiy  zaminidir. 

Maktabgacha  ta'lim  muassasi  bolalarni  tarbiyalash  va 

rivojlantirish,  ularni  maktabga  tayyorlashda  yetakchi  o'rin 

tutadi.

Barcha 


turdagi 

maktabgacha 

ta'lim 

muassasalari 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 -  2021-yillarda 

maktabgacha  ta'lim  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora- 

tadbirlari  to'g'risida»gi  2016-yil  29-dekabrdagi  PQ-2707-son 

qaroriga  muvofiq  Vazirlar  Mahkamasi  qarori  asosida  tashkil 

etiladi.

Davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasida  ta’lim  mazmuni 

maktabgacha  ta'limga  qo'yiladigan  davlat  talablariga  asosan 

ishlab  chiqilib,  O'zbekiston  Respublikasi  Maktabgacha  ta’lim 

vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  yoki  tavsiya  qilingan 

dasturlar bilan belgilanadi.

Davlat  maktabgacha  ta’lim  muassasasining  ish  tartibi 

va  bolalarning  ushbu  muassasada  bo'lish  vaqti  davlat 

maktabgacha  ta’lim  muassasasining  ustavi  va  muassisning 

qarori bilan belgilanadi.

Davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasida  besh  kunlik  ish 

haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:

12 soatli;

10,5 soatli;

9 soatli;

4 soatli.

Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi joylashgan hududda 

yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha



507


ta'lim  muassasasida yoki  uning  alohida  guruhlarida  6  kunlik 

ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.

Davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasida  ovqatlanishni 

tashkil  etish  ushbu  muassasa  zimmasiga  yuklatiladi  hamda 

sanitariya  qoidalari,  normalari  va  gigiyena  normativlariga 

muvofiq amalga oshiriladi.

Bolalarga  tibbiy  xizmat  ko'rsatish  davlat  maktabgacha 

ta'lim muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga 

belgilangan  tartibda  biriktirilgan  hududiy  sog'liqni  saqlash 

organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tibbiyot  xodimlari  davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasi 

xodimlari  bilan  birgalikda  bolalarning  hayoti,  sog'lig'i 

va  jismoniy  rivojlanishi,  davolash-profilaktika  tadbirlari 

o'tkazilishi,  sanitariya  qoidalari,  normalari  va  gigiyena 

normativlariga,  ovqatlanish  rejimi  va  sifatiga  rioya  qilinishi 

uchun mas'uldirlar.

Davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasalarida  bolalarning 

hayotini muhofaza qilish va sog'Iig'ini mustahkamlashni tashkil 

etish  tartibi  O'zbekiston  Respublikasi  Maktabgacha  ta'lim 

vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasining  tibbiyot 

xodimlari  faoliyatini  nazorat  qilish  hududiy  sog'liqni  saqlash 

organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasi  rahbariyati  tomo­

nidan  tibbiyot  xodimining  faoliyat  olib  borishi  uchun  zarur 

shart-sharoitlar  (alohida  xizmat  xonasi,  mebel  va  tibbiy 

jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish uchun zarur bo'lgan 

dori-darmonlar) yaratib beriladi.

Davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasi  tibbiyot  xodimla- 

rining malakasini oshirish sog'liqni saqlash tizimidagi malaka 

oshirish muassasalarida har uch yilda kamida bir marta bepul 

amalga oshiriladi.

Muassislari  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  bo'lgan 

davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilish 

qabul  komissiyasining  qaroriga  binoan  maktabgacha  ta'lim

508



muassasalari  faoliyatini  metodik  ta'minlash  va  tashkil  etish 

tuman  [shahar]  bo'limlari  tomonidan  mazkur  Nizomning 

1-ilovasida  keltirilgan  shaklda  beriladigan  yo'llanmalari 

asosida amalga oshiriladi.

Muassislari boshqa tashkilotlar bo'lgan davlat maktabgacha 

ta’lim  muassasalariga  bolalarni  qabul  qilish  ularning 

muassislari  tomonidan  belgilanadigan  tartibda  amalga 

oshiriladi. Bo'sh o'rinlar mavjud bo'lgan taqdirda, ushbu davlat 

maktabgacha  ta’lim  muassasalari  bolalarni  maktabgacha 

ta'lim  muassasalari  faoliyatini  metodik  ta'minlash  va  tashkil 

etish  tuman  (shahar)  bo'limlarining  yo'llanmalari  bo'yicha 

shartnoma asosida qabul qilishi mumkin.

Maktabgacha  ta'lim  muassasasiga  bolalarni  qabul  qilishda 

quyidagilar:




Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish