N. M. Kayumova



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

Milliy xalq o'yinlari.

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  milliy  qadriyatlar  asosida 

tarbiyalashda  milliy  xalq  o'yinlarining  ahamiyati  kattadir.  Bu 

o'yinlar ikki guruhga bo'linadi:

1. Milliy harakatli o'yinlar. 2. Milliy xalq o'yinlari.

Milliy  harakatli  o'yinlar  sport  turlari  hamda  xalqimiz  qad- 

riyatlari  bilan  aloqador  bo'lib,  ular  asrlar  davomida  davrlar- 

ga  mos  ravishda  rivojlanib,  takomillashib,  e’zozlanib  kelin- 

gan. U bolalarning jismonan baquwat, sog'lom, jasur, qat'iyatli, 

chaqqon, uddaburon bo'lib o'sishlarida muhim omil hisoblana­

di. Xalq milliy o'yinlarida millatning o'tmish tarixi, ma'naviy va 

madaniy rivojlanishining xarakter -  xususiyatlari, urf-odatlari, 

an'analari jamlangandir.

Xalq  milliy  o'yinlari  orqali  bolalarni  ma'naviy,  aqliy,  jis­

moniy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida ularda o'z 

Vatanini  sevish,  uning boyliklari  qadriga yetish,  buyuk ajdod- 

Iarimiz  meroslarini  hurmat qilish,  milliy kuy va  qo'shiqlardan 

zavqlanish tuyg'ulari, shuningdek, о'sib kelayotgan yosh avlod- 

da  chidamlilik,  sabr-toqatlilik, tezkorlik,  ildamlik, botirlik kabi 

shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.

Xalq  milliy  o'yinlarini  maktabgacha  ta’lim  muassasalarida 

tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:

-   xalq  milliy  o'yinlarining  turlari  va  ularni  tashkil  etish 

yo'llari, usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;

-   milliy  o'yinlarni  tashkil  etishda  ma’naviy  qadriyatlar  va 

urf-odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;

-  maktabgacha yoshdagi bolalarni  milliy istiqlol  ruhida tar­

biyalashda xalq milliy o'yinlaridan maqsadli foydalanish;

-   xalq  ertaklari,  xalq  og'zaki  ijodi  durdonalaridan  unumli 

foydalanish;

-   bolalarning  o'ynashlari  uchun  shart-sharoit  (o'yin  uchun 

jihozlar, atributlar) yaratish;



357


-   maktabgacha  ta'lim  muassasalari,  oila  va  mahallalar 

o'rtasida milliy o'yinlar bo'yicha ko'rik tanlovlar va musobaqa- 

lar o'tkazish.

-   Milliy harakatli  o'yinlar  bolalarning yosh  xususiyatlariga 

o'yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.

l-2yoshli bolalar bilan o'ynaladigan о ‘yin turlari. «Barmoq- 

qa-barmoq», «G'oz-g'oz», «G'oz tursin», «Bo'p-bo'p», «Toy-toy», 

«Poyezd»,  «Achom-achom»  o'yinlari  go'dak  endi  bir-ikki  qa- 

dam tashlashni o'rganayotgan vaqtda gavdasini to'g'ri tutishga 

yordam beradigan o'yinlar hisoblanadi.

3-4 yoshli bolalar bilan o'ynaladigan o'yin turlari: "O't o'yin", 

"Kesak  qo'ydi",  "Ko'z  boylag'ich”,  "Choriy  chambar”,  "Awal- 

akam",  "Tayoq  irg'itish”,  "Quloq  cho'zish",  "Chitti  gul",  "Xolam 

mehmonga keldi", "Uchdi-uchdi".

4-5  yoshli  bolalar  bilan  o'ynaladigon  o'yin  turlari:  “Chir- 

Aylanma”,  “Chillak",  “Tortishmachoq”,  “Lafta",  "Dor  o'yin", 

"Ko'pkari",  "Berkinmachoq",  "Jami",  "Chertan  devor  gir-gir 

aylan".


Katta  yoshdagi  bolalar  uchun  o'yinlar:  "Chavandozlar", 

"Doiraga  tort",  "Do'ppi  yashirma",  "Sapalak",  "Besh  tosh",  “Oq 

terakmi  ko'k  terak".  Bu  o'yinlar  orqali  bolalarda  chaqqon- 

lik,  o'z-o'zini  boshqara  olish  va  o'ziga  ishonch  tarbiyalanadi, 

qat'iyatlilik  ko'nikmalari  shakllanadi,  fikrlashga  o'rgatilib  bo­

riladi,  topqirlik  qobiliyatlari  rivojlanadi,  hozirjavob  bo'lishga 

tayyorlanib boradi.

Xalq harakatli o'yinlarni tashkil etish va bolalarga o'rgatishda 

quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur;

1. Bolani ruhiy jihatdan o'yinga tayyorlash.

2. O'yin jarayonida bolalarning jismoniy tayyorgaligi va yosh 

xususiyatlariga e’tibor berish.

3.  Har  bir  o'yinning  pedagogik  tomonlarini  nazardan  qo- 

chirmaslik.

4.  O'yinlarni  ijtimoiy-foydali  mehnat  bilan  bog'lagan  holda 

hayotga tatbiq etish.



358


5. 

O'yin 


davomida 

o'zaro 


munosabatlarni 

yanada 


mustahkamlash.

6.  Jamoa  bo'lib  birgalikda harakat qilish, jamoa manfaatiga 

hurmat va e'tiborli bo'lish.

O'zbek xalqining ermak va  ovutmachoq o'yinlari bilan,  aso- 

san,  bolaning  ilk yosh  davridan  boshlab  shug'ullanib  boriladi. 

Bu  o'yinlar  asosan  kattalarning bevosita  rahbarligida  harakat 

va  so'zlarning  uyg’unlashuvi  bilan  o'ynatiladi.  Masalan:  "Bar- 

moqlar”,  “Sichqon  -   sichqon"  o'yinlari  orqali  bolalarda  xush- 

chaqchaqlik  kayfiyatlari  hosil  qilinib  tasawurlari  o'sib  bora­

di. Xalqimizda "Bolaning ilonni changallaydigan davrida” ibora 

bor. Bu hikmat hali qo'rqish hissini bilmaydigon davrida, ya'ni 

yaxshi-yomonni  ajrata  olmaydigan  vaqtida  qo'llaniladi.  Xuddi 

shu davrida "Sichqon- sichqon” o'yini qo'l keladi.

Ilk yoshdagi  bolalar  dastro'moldan  yasalgan  "Sichqon''ning 

harakatlanishidan 

qattiq 


zavqlanib, 

qiyqirib 

yayraydi- 

lar.  "Sichqon”ni  harakatlantiruvchi  katta  odam  uning  juda 

chaqqonligini namoyish etishi kerak.  Bu ovutmachoq go'dakka 

sichqon  shakli  va  uning juda  to'g'risida  tasavvur  hosil  qilish­

ga  ko'maklashadi.  Ermak  o'yinlardan  «Oymoma»,  «Bog'ga 

kirsam  maylimi»,  «Alla»,  «Aji-aji»,  «Boylandi»,  «Chapakka-xo- 

chapakka»  orqali bolalarni  muloqotga o'rgatib boriladi.  Bu ja ­

rayonda  bolalarning eshitish,  ko'rish,  sezish,  his  qila  olish  ka­

bi  sensor  qobiliyatlari  faollashadi.  Bolalarning  nutq  faolligi­

ni o'stirish maqsadida aytishma o'yinlaridan keng foydalanila­

di. Bunday o'yinlarga «Boylandi», «Xolam keldi», «Mundi-mun- 

di»,  «Bulbulim-bulbulim»,  «Ko'z  boylog'ich»,  «Oq  sholi,  ko'k 

sholi», «Ada hormang»lar kiradi. Yana xalqimizda azal-azaldan 

o'ynab kelinadigan so'z o'yinlaridan «Yarashtirgich»lar hali-ha- 

nuzgacha bolalar orasida «tinchlik -  yarashuv» timsoli sifatida 

qo'llaniladi. Bu o'yinlar bolalar tilidan ana shunday jaranglaydi:

Karimga berdim toychoq,

U olavermadi har choq.

Toychog'imni kim olsa,

359



Men u bilan chin o'rtoq.

Yalinchoq-yalinmachoq,

Pista po'choq.

Qilichmi, to'qmoq, qirq yilgacha o'rtoq,

To'qmoq, to'qson yilgacha o'rtoq.

Bolalarning  matematik  tasavvurlarini  o'stirishga  yordam 

beradigan  o'yin turiga  «Sanamalar»  kiradi.  Bu  o'yin  jarayoni­

da  bolalar  she'riy satrlar  orqali  son-sanoqdan topishmoq  tar- 

zida foydalanib qatnashadilar. Bunda bolalarning tasawurlari, 

fikrlash  doiralari  kengayib,  she'riy  ohangda  to'g'ri  javob  qay- 

tarishga o'rgatilib boriladi. Asosan, bu o'yinlar quyidagicha ja- 

ranglaydi:

Dadam-u oyim,

Bor ikkita singlim.

Bahodir, Dildor,

Bog'chaga ketar,

Sanab ko'r chaqqon,

Bizlar nechta jon?

O'zbek xalqi nihoyatda so'zga chechan, topqir bo'lib, o'zining 

alyor-u qo'shiqlariga boydir. Bu fikrimizning isboti sifatida xalq 

orasida  mashhur bo'lgan  «Qiqillamalar»ni  misol  sifatida  kelti- 

rish mumkin. Bu so'z o'yinlarida sodir bo'layotgan voqea-hodi- 

salar, kechinmalar she'riy ohangda ijro etiladi. Masalan: 

Shov-shov etadi ariq,

Karim ekadi tariq.

Yoki:


Echki keladi ma'rab,

O'z egasiga qarab.

Yuqorida  ko'rsatib  o'tilgan  o'yinlar  maktabgacha  yoshdagi 

bolalarni ma'naviy axloqiy pedagogik -  psixologik jihatdan tar- 

biyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish