N. M. Kayumova


Fikriy  -  aql, donolik, fahm-farosat, zehnlilikdan iborat. 2.  Xulqiy fazilat



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

 Fikriy 

-  aql, donolik, fahm-farosat, zehnlilikdan iborat.

2. 


Xulqiy fazilat 

-  iffatlilik, adolatlilik, saxiylik, odoblilikdan 

iborat deydi.

Farobiy yomon fazilatlarni qoralaydi va unga -  razillik deb 

ta’rif beradi.

Mutafakkir  inson  qadr-qimmatini  kamsituvchi  jamiyatga 

qarshi chiqadi. Uning "Baxt-saodatga erishuv yo'llari" haqidagi 

asarida  davlatning  vazifasi  insonlarni  baxt-saodatga  olib 

borish, bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo'lga kiritilishini 

ta'kidlaydi.

Farobiy davlatni yetuk shaxs, yaxshi fazilatlarga ega bo'lgan 

kishilar  tomonidan  boshqarish  lozimligi  ta'limotini  ilgari 

surdi.  Mutafakkir  davlat  va  shahar  birlashmasining  o'ziga 

xos  xususiyatlari,  davlatni  boshqarish  shakllari,  vazifalari, 

uslublarini  yoritib  berib,  unda  insonlarning  farovon  hayot 

kechirishi haqidagi siyosiy-ijtimoiy-huquqiy turmushtarzlarini 

yoritadi.

Farobiyning  fozil  jamoa  va  komil  insonlar  haqidagi 

ta'limotlari  so'nggi  olim-mutafakkirlar  ijodiga  katta  ta'sir 

ko'rsatdi.

Markaziy  Osiyo  xalqlari  madaniyatini  o'rta  asr  sharoitida 

dunyo  madaniyatining  oldingi  qatoriga  olib  chiqqan  buyuk 

mutafakkir Abu Ali Ibn Sinoning dunyoqarashi Farobiy asarlari 

ta'sirida  shakllandi,  u  ijtimoiy-falsafiy  masalalarda  Farobiy 

qarashlarini davom  ettirdi, ilg'or falsafiy oqimni yangi tabiiy- 

ilmiy  fikrlar  bilan  boyitdi  va  tizimlashtirdi.  Uning  falsafiy 

qarashlari:

276



1. Shaxs haqidagi ilm;

2Jnsonning o'zaro munosabatlari haqidagi ilm;

3.Davlatni, mamlakatni boshqarish haqidagi ilmdir.

Ibn  Sino  haqiqiy  axloqiy  fazilatlarga  va  ideal  jamoaga 

shu  mavjud  dunyoda  erishish  mumkin,  insonlar  o'zaro 

yordam  asosida  yashashlari  kerakligini  ta'kidlaydi.  Jamiyat 

kishilarning o'zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli 

qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini uqtiradi. Jamiyat 

a'zolarining  hammasi  bu  qonunga  itoat  etishlari,  qonunni 

buzish  va  adolatsizlik,  jazolanish,  basharti  davlat  boshlig'i 

o'zi  adolatsizlikga  yo'l  qo'ysa,  xalqning  unga  qarshi  chikishi 

to'g'ri  va  bu  holatni  jamiyat  qo'llab-quvvatlashi  lozimligini 

ta'kidlaydi.

Uning "Tadbir al-manozil"  (Turar joyni boshqarish),  “Axloq 

haqida  risola”,  “Burch  haqida  risola",  "Adolat  haqida  kitob", 

"Donishnoma”  asarlarida  insonlarning  umumiy  fazilatlari, 

ularda  yuz  beradigan  yaxshi  va  yomon  xulqlarning  paydo 

bo'lish  sabablari  to'g'risida  fikr  yuritib,  bu  sifatlar  odatdan 

paydo  bo'ladi,  odatlarning  yaxshi  yoki  yomon  bo'Iishida 

hukumat  ahllarining  ta'siri  katta  deydi.  Ibn  Sino  axloqiy 

fazilatlardan  iffat,  qanoat,  saxiylik,  shijoat,  sabr,  adolatlik, 

do'stlik,  vafodorlik kabilarga  o'z  ta'rifini  beradi.  Ibn  Sinoning 

fikricha  insonlar  xulq-atvoriga  yomon  nuqsonlardan  aldov, 

adolatsizlik,  bo'xton,  o'ch  olish,  irodasizlik  kabi  illatlarni 

bartaraf  etishda  davlat  va  jamiyat  a'zolari  va  oilaning  ta'siri 

ustida  so'z yuritadi.  U bola tarbiyasi haqida  fikr bildirib,  bola 

tarbiyasini  unga  ism  berishdan  boshlashni  lozim  deb  biladi. 

Bolaga  munosib  ism  tanlash  ota-onaning  dastlabki  oliyjanob 

vazifalaridan  deb  bilib,  uning tarbiyasi  bilan,  avvalo,  ota-ona 

shug'ullanishi  kerakligini  ta’kidlaydi.  Ibn  Sino  o'zining  ko'p 

tarmoqli  falsafiy  qarashlari  va  boy  merosi  bilan  mamalakat 

taraqqiyotida katta rol o'ynadi.

Yuksak  davlat  arbobi  va  sarkarda  Sohibqiron  Amir  Temur 

ilm-fan,  ma'naviyat  va  davlatni  boshqarishga  katta  e'tibor 

qaratib,  yangi  davlat tizimini tuzgan  mashhur  shaxsdir. Amir

277



Temur  davlati  o'z  davrida  Ovro'pa  va  Osiyodagi  eng  yirik 

mustahkam  va  rivojlangan  davlat  sifatida  tanildi.  U  davlatni 

boshqarishga katta  e'tibor  berib,  yangi  davlat tizimi  bo'yicha 

Devoni  Buzrugdan  tashqari  har  bir  viloyatda  Devon  deb 

ataluvchi  boshqarma  tuzib,  bu  boshqarmalar  soliq  yig'ish, 

tartibni  saqlash,  ijtimoiy  binolarga  qarab  turish  va  aholining 

xulqiy-axloqiy harakatlarini ostiga olish bilan shug'ullangan.

Uning “Temur tuzuklari" da davlat tuzilishi, davlatdagi turli 

lavozimlarning  vazifasi,  davlat  boshqarishga  asos  bo'lgan 

qoidalar  haqida  fikr  yuritadi.  U  davlat  ishlarini  har  doim 

islom va shariat hukmlari asosida boshqargan. O'z davlatining 

martabasini  qonun-qoidalar  asosida  boshqarganligi,  davlat 

ishlariga  noqonuniy  hech  bir  kimsani  aralasha  olmasligi, 

bu  ishga  qurbi  yetmaganligini  ta’kidlab,  jamiyat  ishlaridagi 

odamlarning  12  toifaga bo'linishi,  saltanatni boshqarishda  12 

qoidaga  amal  qilganligi,  saltanat  4  qat'iy  qoidaga  asoslanishi 

kabi masalalaryoritiladi.

Amir  Temur  saltanatni  boshqarishda  to'rt  narsaga  amal 

qilgan. Ya'ni:

1. Kengash;

2. Mashvarat-u maslahat;

3. Qat'iy qaror, tadbirkorlik, xushyorlik;

4. Ehtiyotkorlik.

Shuni  alohida  ta'kidlash  mumkinki,  Amir  Temur  davlat, 

jamiyat hayotida bo'lib o'tadigan har bir muhim rejani kengash 

oldidan  o'tkazar  va  bu  kengashga  nafaqat  davlat  arboblari, 

sarkardalar,  temurzodalar,  balki  sayyidlar,  shayxlar,  ilm-fan 

ahlini ham taklif etgan.

Temuriylar  davri  madaniyati  ma'naviyatini  tez  va  yuksak 

darajaga  ko'tarilishiga  olib  keldiki,  uning  yutuqlari  so'nggi 

uzoq  asrlar  davomida  madaniy  huquqiy  rivojlanish  uchun 

ozuqa  bo'ladi.  Ulug'  ajdodlarimiz  tomonidan  qoldirilgan 

falsafiy, madaniy-ma'rifiy ta'limotlar, ya'ni:

278



-   Axloq-odob,  muomalani  inson  tarbiyasining  asosiy 

maqsadlaridan deb bilib, uning adolat, yuksalish, ma'naviyatga 

intilishiga yo'l ochish, imkoniyat yaratish zarur;

-   Komil inson faqat rivojlangan  davlatchilikda shakllanadi. 

Bunda davlatchilik esa aql va ilmga o'zaro kelishuv, birgalikda 

ega bo'lish natijasida amalga oshiriladi.

-   Mustahkam  davlatchilik  fozil  jamoani  vujudga  keltira 

oladi,  bu  davlat,  jamoaga  rahbarlik,  hokimlik  qilayotgan 

shaxsning  ma'rifatli,  ilmli,  axloqli  bo'lishi  jamoani  kelishib 

boshqara olishga bog'liqdir -  degan falsafiy qarashlari huquqiy 

tarbiyaning negizi hisoblanadi.


Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish