N. M. Kayumova


Tabiatga munosabat odobini tarbiyalash



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

Tabiatga munosabat odobini tarbiyalash

304


zarur  bo'lgan  dori-darmonlar  ham  ona-tabiatda  yetishgan 

mevalar,  turli  giyohlar  va  ziravorlardan  tayyorlanadi.  Inson 

tanasida  birorta  ortiqcha  a'zo  bo'lmaganday,  tabiatda  ham 

ortiqcha  yaratilgan  birorta  narsa  yo'q.  Ularning  hammasi 

hayot uchun zarur.

Yer yuzi ekologiyasi keskin buzilmoqda. Daraxtlarningkesib 

yuborilishi,  qush  va  hayvonlarning  shafqatsizlik  bilan  ovlab 

yo'q  qilinishi  tabiat  muvozanati  qonunlarining  buzilishiga 

sabab bo'Idi va bo'lmoqda.

Dengiz va daryolarga, okeanlarga neft qoldiqlari quyilib, yer 

yuzidagi  suv  ekologiyasi  tubdan  izdan  chiqarilmoqda.  Inson 

uchun  quyosh  nuri,  toza  havo,  toza  suv naqadar  zarur  bo'lsa, 

ona  zamin  ham  shunday  zarur,  uni  asrab-avaylash  insonning 

o'z qo'Iidadir.

Atrof  -   muhitning  tozaligini  ta'minlash  o'zimizga  bog'liq, 

biz  katta-yu  yosh  toza  havodan  bahramand  bo'lish  uchun 

shahrimizga  ko'chat  ekib,  ko'kalamzorlashtirsak,  uning 

ozodaligini  saqlasak  o'zimizning  sog'lig'imizni  saqlagan 

bo'lamiz.

Bahor faslida ko'chat ekish oyligi o'tkaziladi. Shunday ekan, 

nihollarni  yaxshi  niyat bilan  ekish,  parvarishlash,  gullar  ekib 

o'stirish har bir o'quvchi va kattalarning insoniy burchidir.

O'zbek  xalqi  qadriyatlari  orasida  tabiatni  saqlash,  qadriga 

yetish, chiroyiga chiroy, ko'rkiga-ko'rk qo'shishi odatlari bor.

Inson  tabiatdagi  har  bir  giyoh,  o't-alaf,  dov-daraxt, 

parranda-darrandalarni, olamda nimayiki kerakli bor narsani 

zarur deb biiadi. Ota-bobolarimiz zilol suvni, buioqlarni, so'lim 

daraxtzorlarni,  qoya-g'orlarni,  xosiyatli  o't-o'Ianlarni,  gul- 

giyohlarni  muqaddas  bilib  asrashga,  niyati  порок kishilardan 

saqlashga, toptamaslikka, oyoqosti qilmaslikka alohida e'tibor 

berib kelganlar. Avvalo, har bir inson yer yuzidagi o'simliklarni 

ko'paytirishga  hissa  qo'shishi,  kamaytirishdan  o'zini  tiyishi 

lozim.  O'simliklarni  ko'paytirishning birdan  bir yo'Ii  -   mevali 

va manzarali daraxtlarni iloji boricha ko'proq ekishdir. Ularni 

parvarish  qilish,  bog'-rog'lar  yaratish  har  bir  inson  uchun

305



xayrli ish bo'lishi bilan birga, savobli ish hamdir. Xalqimiz bog' 

yaratgan  odamlarni  hech  qachon  esidan  chiqarmaydi.  Go'zal 

bog'lar  yaratish,  yurtni  gullar  bilan  burkash  qadimdan  eng 

yaxshi odatlarimizdan biri bo'lib kelgan.

Yaqin va  O'rta Sharq xalqlarining qimmatli va nodir yozma 

yodgorliklaridan  biri  Sharofiddin Ali Yazdiyning  "Zafarnoma" 

asarida  Amir  Temurning  davlat  faoliyati  va  harbiy yurishlari 

bayon  qilinishi  bilan  bir  qatorda,  XIV  asr  oxiri  va  XV  asr 

boshlarida  O'rta  Osiyodagi  madaniy  hayotga  doir  bir  qancha 

noyob ma’lumotlar ham keltirilgan.

Ajdodlarimizning  yuksak  did  va  nafosat  nigohi  bilan 

yaratilgan bog'-rog'lari,  ulkan  qurilishlari  hozirgi  kunda  ham 

Samarqand-u  Buxoroni,  ko'hna  Urganch,  Xivani  bezab,  Yer 

yuziga  zeb  berib  turibdi.  Bu  nodir  obidalar bobokalonlarimiz 

el-yurt obodonchiligiga alohida e'tibor qilganliklaridan dalolat 

beradi.


''Zafarnoma”da  Sohibqiron  Amir  Temur  tomonidan  barpo 

etilgan "Bog'i shamol", "Bog'i dilkusho", "Shahrisabz qo'rg'oni" 

va Oqsaroy kabi obidalar haqida batafsil hikoya qilinadi.

Bunday  misollarni  keltirishimizdan  maqsad  o'tmish 

ajdodlarimizdan  bizgacha  urf-odat  bo'lib  yetib  kelgan  obo- 

donchilik  ishlaridan  hozirgi  yoshlarni  xabardor  etish,  ularni 

ana  shu  ishlar  misolida  tarbiyalashdir.  Ular  ham  Jaloliddin 

Manguberdi, Amir Temur, Mirzo  Ulug'bek, Alisher Navoiy kabi 

el farvonligi, yurt obodligi uchun kurashuvchi zabardast o'g'il- 

qizlar,  oliyhimmat  inson,  tabiatga  mehr-muruvvatli  kishilar 

bo'lib yetishsinlar.


Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish