N. M. Kayumova


Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni O'zbekiston



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni O'zbekiston

 

Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tanishtirish

Maktabgacha  ta'lim  yoshidagi  bolalarni  O'zbekiston  Res­

publikasi  Konstitutsiyasi  bilan  yaqindan  tanishtirish  dolzarb 

masalalardan biri hisoblanadi. Dastlab, Konstitutsiya o'zi nima, 

nima  uchun  u  Respublikamizning  bosh  qomusi  hisoblanadi, 

uning mazmuni, mohiyati, inson va fuqarolarning asosiy holati 

to'g'risida tushuncha berilishi lozim.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidayuqorida ko'rsa­

tib  o'tilgan  masalalar  o'z  ifodasini  topgan.  Hamma  huquqiy 

me'yorlar undan kelib chiqadi va unga bo'ysunadi.

"Konstitutsiya"  so'zi  lotin  tilida  "Constitutio"  -   so'zidan 

kelib  chiqib,  "tuzish",  "o'rnatish",  "belgilash”  degan ma'nolarni 

anglatadi. Dastlab, qadimgi Rimda jamiyatdagi ijtimoiy muno­

sabatlar  qonun  asosida  belgilangan  bo'lib,  u  o'zining  uzoq 

tarixiga ega. Jahonda birinchi Konstitutsiya 1787-yilda AQShda, 

1831-yilda Belgiyada, 1874-yilda Shvetsariyada qabul qilingan.

O'zbekiston  Respublikasi  mustaqillikga  erishganligining 

dastlabkiyillarida o'zining Konstitutsiyasi qabul qilinishi o'zbek 

davlatchiligining  rivojlanishiga  asos  bo'ldi.  Mustaqillikdan 

avval  O'zbekiston garchand suveren  davlat deb  atalgani  bilan 

barcha  masalalarni  mustaqil  hal  eta  olmagan.  Konstitutsiya-



279


ning  yaratilishi  1990-yilning  iyun  oyidan  boshlangan  bo'lib, 

bunda  Respublikamiz  olimlari,  oliy  kengash  deputatlari, 

butun  o'zbek xalqi  ishtirok etdi va xalq  muhokamasidan  o'tib 

1992-yil  8-dekabrda  qabul  qilindi.  O'zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasi  qabul  qilingan  kun  umumxalq  bayrami 

deb  e'lon  qilindi.  Qabul  qilingan  Konstitutsiya  mustaqil 

respublikamizning birinchi Asosiy Qonuni hisoblanadi.

O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  -   xalqning 

maqsadini,  istagini,  davlat  suverenitetini,  ijtimoiy  va  davlat 

tuzilishini,  xalqaro  munosabatlarni,  inson  va  fuqarolarning 

huquqiy  holatini,  davlat  organlarining  vakolatlarini,  saylov 

tizimi va boshqa muhim masalalarni o'z ichiga olgan.

Maktabgacha  ta'lim  yoshidagi  bolalarni  O'zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasi  bilan  tanishtirishdan  maqsad

-   o'zi  istiqomat  qilayotgan  davlati,  xalq  irodasi  va  uning 

manfaatlari,  milliy  davlat,  uning  ma'muriy-hududiy  tuzilishi, 

milliy  davlat ramzlari,  fuqarolarning burch va majburiyatlari, 

unda  istiqomat  qiluvchi  barcha  millat  va  elatlarning  tillari, 

urf-odatlari  va  an'analarini  hurmat  qilish,  xalqimizning 

tarixiy,  ma'naviy  va  madaniy  merosini  avaylab-asrash, 

onalik  va  bolalikni  davlat  tomonidan  muhofaza  qilinishi,  har 

kimning  bilim  olish  va  huquqlardan  foydalanishi,  jamiyat  va 

davlat  hayotining  eng  muhim  masalalari  saylov,  referendum, 

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti,  inson  erkinligi,  sha'ni, 

qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari to'g'risida tushuncha 

berish  orqali  bolalarga  huquqiy  ta'lim  va  tarbiya  berishdan 

iborat.

Ma'lumki,  maktabgacha  ta'lim  muassasalarida  bolalarga 

ta'lim-tarbiya berish “Ilk qadam" dasturi asosida olib boriladi.

Bolalarga  huquqiy  tarbiya  berish  jarayoni  asosan  o'rta 

guruhdan  (3-4  yosh)  boshlanib,  unda bolalarga  Konstitutsiya 

saboqlari  asosida  ilk  huquqiy  tushuncha  berish,  bolalarda 

ularning  umumiy  Vatani  -  O'zbekiston  haqida  tasavvur 

uyg'otish,  o'zi  tug'ilib  o'sgan  joyiga  muhabbat  tuyg'usini 

uyg'otish,  o'z  shahar,  qishloq,  mahalla  va  ko'chasi  haqidagi

280



bilimlarini  kengaytirish,  o'zi  yashash  joyidagi  me'morchilik 

yodgorliklari, chiroyli qurilishlarga qiziqish uyg'otish, ularning 

nomlarini to'liq aytishga o'rgatish vazifalari qo'yiladi.

Katta guruhda  (4-5 yosh]  -  bolalarda mustaqil  O'zbekiston 

davlati  haqidagi  tushunchalarini  kengaytirish,  Samarqand, 

Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlari, "Buyuk Ipak yo'li" haqida 

qisqacha  ma'lumot  berish,  O'zbekistonning  mustaqilligi, 

gerbi,  bayrog'i,  madhiyasi  haqidagi  bilimlari  shakllantiriladi. 

O'zbekiston  madhiyasini  ijro  eta  olishga  o'rgatiladi.  O'zbe­

kiston  Respublikasi  Prezident  tomonidan  boshqarilishi, 

O'zbekistonning  poytaxti  Toshkent  shahri  ekanligi  haqida 

tushuncha  beriladi.  Bolalarning  o'z  tug'ilgan  yurtiga  mehr- 

muhabbat  hissini  shakllantirish,  milliy  g'ururni  tarbiyalash, 

"Konstitutsiya saboqlari” asosida ilk tushunchalar beriladi.

Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yosh] -  Bolalarning mustaqil 

O'zbekiston haqidagi tasavvurlarini boyitish,  O'zbekistonning 

qadimiy shaharlari va  Buyuk  Ipak yo'li  haqida  "Konstitutsiya 

saboqlari” 

asosida 

tushunchalar  beriladi. 

O'zbekiston 

Respublikasini  himoya  qilish  har  bir  fuqaroning  burchi 

ekanligi, tabiatga va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda 

bo'lishga  majbur  ekanliklari,  o'z  sha'ni,  qadr-qimmati  va 

erkinliklari  to'g'risidagi  huquqiy  bilimlarga  ega  bo'ladilar. 

Maktabgacha  ta'lim  muassasalarida  bolalarni  Konstitutsiya 

bilan tanishtirishda eng asosiy g'oya -   Mustaqillik g'oyalarini 

aks  ettirilishi  muhim  hisoblanadi.  Bunda  "O'zbekiston  -  

mening  Vatanim",  "Konstitutsiya  asosiy  qomusimiz",  "Qonun 

muqaddas”,  "Mustaqillik  bayrami"  mavzularida  suhbatlar 

o'tkazib,  bolalarda  dastlabki  tasavvur  va  tushunchalar  hosil 

qilinadi.

O'zbekistonda davlat tili -  o'zbek tilidir degan modda bilan 



tanishtirish, Tushunchalar berishda -  "Til -  millatning ulkan va 

bebaho boyligi” mavzusida suhbat o'tkazish orqali davlat tili va 

uning qabul qilinishi bilan bog'liq bo'lgan ma'Iumotlar beriladi. 

Ulug'  bobomiz  A.Navoiy  o'zbek  tilining  "asoschisi"  haqida 

bilimlar,  davlatimizda  130  dan  ortiq  millat  va  elat  vakillari

281



istiqomat  qilishi,  ularning  yashashi  va  o'sib-ulg'ayishi  uchun 

hamma  bilan  teng  sharoitlar  yaratilganligi,  bu  millatlarning 

tillari,  urf-odatlari  va  an'analarining  o'zbek  xalqi  tomonidan 

hurmat qilinishi, bu millatlarning xohishi bo'yicha o'zi istagan 

tilda ta'lim olishlari mumkinligi to'g'risida tushuncha beriladi.

O'zbekiston  Respublikasi  davlat  ramzlari  Vatanimizning 

milliy g'ururi,  o'zligimizni  namoyon  etuvchi,  millatimiz  sha'ni 

va  obro'sini  butun  jahonga  namoyon  etishdagi  faxrimiz- 

iftihorimizdir.  Davlat  ramzlaridan  davlat  bayrog'i  (1991-yil 

18-  noyabr),  davlat gerbi  (1992-yil  2-dekabr),  madhiya  (1992- 

yil  10-dekabr)  qabul  qilinganligi,  ularning tuzilishi,  unda  aks 

etgan ranglar va tas virlar, belgi va ishoralar bilan tanishtiriladi. 

Mujassam mashg'ulotlar (nutq o'stirish, tasviriy faoliyat, atrof 

olam)  orqali tushunchalari  kengaytiriladi,  davlat madhiyasini 

baralla kuylab olishga o'rgatib boriladi.

-  O'zbekiston Respublikasining poytaxti -  Toshkent shahri. 

8-modda  shaharning  tarixiy,  diqqatga  sazovor  joylari,  ta'lim 

maskanlari  va  bolalar  uchun  yaratilgan  sharoitlar  bilan, 

shuningdek,  o'zi  tug'ilib  o'sgan  shahar,  qishloq,  mahalla  va 

ko'chalar, yashash joyidagi  tarixiy,  madaniy-ma'naviy yodgor- 

lik, ularning nomlarini to'liq aytishga o'rgatib boriladi.  Bunda 

"Ona  shahrim  Toshkentim",  "Samarqand  -   qadimiy  shahar", 

"Buxoro shahri"," O'zbek xalqining milliy san'ati", "Xiva shahri", 

“Buyuk  Ipak  yo'li"  "Mening  mahallam”  haqida  suhbatlar 

o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir.

-  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  -   O'zbekiston  xalqini 

millatidan qat'iy nazar, O'zbekistonning fuqarolari tashkil etadi 

deb nomlangan 8-modda bilan tanishtirishda etnik,  diniy yoki 

til  jihatdan  boshqa  millatga  mansub  kishilar  O'zbekistonda 

istiqomat  qilayotgan  bo'lsalar,  ular  O'zbekiston  Respublikasi 

fuqarolari  hisoblanishi,  ularning  o'z  diniga  e'tiqod  qilish  va 

uning rasm-rusumlarini bajarish va o'z ona tilidan foydalanish 

huquqi rad etilmaganligi haqida ma’lumot beriladi.

-  O'zbekiston  Respublikasi  demokratik  davlat  bo'lib,  u 

umuminsoniy  prinsiplar  asosida  unda  yashayotgan  har  bir

282



inson,  uning  hayoti,  erkinligi,  qadr-qimmati,  sha'ni  va boshqa 

daxlsiz huquqlari oliy qadriyat bo'lib hisoblanishi to'g'risida fikr 

yuritilganda,  inson  shaxsining  sha'ni  va  qadr-qimmati  huquq 

va  erkinliklariga  nisbatan  davlatimiz tomonidan  qilinayotgan 

g'amxo'rlik, adolatva tinchlikni ta'kidlash, do'stlikva birdamlik 

ruhida tarbiyalashni ta'minlash masalalari, ijtimoiy va huquqiy 

tamoyillar to'g'risida tushuncha beriladi.

-  Hamma  uchun  vijdon  erkinligi  kafolatlangan,  har  bir 

inson  xohlagan  diniga  e'tiqod  qilish  yoki  hech  qaysi  dinga 

e'tiqod  qilmaslik huquqiga  ega  -   (31-  modda]  degan  moddani 

tushuntirishda  davlatimiz  har  bir  bolaning  fikrlash,  vijdon 

va  din  erkinligi  huquqini  hurmat  qilinishini  ta'minlanishini, 

bolalar ota- onalar istaklariga muvofiq holda din tanlash, vijdon 

erkinligiga,  hamda  erkin  fikrlash  huquqlariga  ega  ekanliklari 

to'g'risida  ma'lumot  beriladi.  O'z  dini  yoki  e'tiqodlarini 

targ'ib  qilish  erkinligi  faqat  qonunda  belgilangan  hamda 

davlat xavfsizligi,  jamoat tartibini,  aholining  ma’naviyati yoki 

sog'lig'ini  saqlash  yoki  boshqa  shaxslarning  asosiy  huquq  va 

erkinliklarini  himoya  qilish  uchun  zarur  hisoblangandagina 

cheklanishi mumkin.

-  Har  bir  shaxs  mehnat  qilish,  erkin  kasb  tanlash,  adolatli 

mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda 

ishsizlikdan  himoyalanish  huquqiga  egadir  -   deb  nomlangan 

37-moddasini  tushuntirishda  bolalarda  kattalar  mehnatiga 

hurmat  va  qiziqish  hissini  uyg'otish  va  tarbiyalash  va 

umumlashtirish, ishlab chiqarish korxonalari, qurilish, dalalar 

va  boshqa  sohalarda  qilinayotgan  mehnat  haqida  bilimlarini 

takomillashtirish,  o'zbek  xalqining  milliy  hunarmandchilik, 

duradgorlik  mehnati  bilan  tanishtirish,  tarbiyachi,  enaga, 

oshpaz,  bog'bon  va  kasb  egalari  mehnatlariga  nisbatan 

minnatdorchiliktuyg'ularini tarbiyalash, mashinasoz, tikuvchi, 

novvoy,  oshpaz,  o'ymakor,  haydovchi,  o'qituvchi,  shifokor  va 

boshqa kasblar bilan tanishtirish jarayonida kelajakda qanday 

kasb  egasi  bo'lishiariga  zamin  tayyorlanadi.  O'zbekiston 

Respublikasi  mehnat  qonunchiligida  mehnat  qilish  huquqi  16 

yoshdan deb belgilangan.



283


-  Har  bir  inson  malakali  tibbiy  xizmatdan  foydalanish 

huquqiga  ega  (40-modda).  Davlatimiz  tomonidan  sog'liqni 

saqlash  tizimini  takomillashgan  xizmatlar  turlari  tashkil 

etganligi,  bolalar  eng  yuqori  darajadagi  andozadagi  tibbiy 

yordam  olish  huquqiga,  sog'liqni  himoya  qilish  xizmatlaridan 

foydalanish  huquqiga  ega  ekanliklari  haqida  ma'lumot 

beriladi,  Shuningdek, bola tug'ilmasdan avvalgi  ona va bolaga 

ko'rsatilayotgan  g'amxo'rliklar,  sharoitlar,  raqamlar  va 

bolalar  oTimini  oldini  olish  chora-tadbirlari,  tibbiy-sanitariya 

yordamini rivojiantirish omillari, bolalar to'yimli ovqat va toza 

ichimlik suvi bilan ta'minlanishi, atrof muhitni tozalash, tug'ruq 

yoshidagi ayollarga ko'rsatiladigan g'amxo'rlik, yordam ishlari, 

maktabgacha ta'lim muassasasidagi bolalarga ko'rsatilayotgan 

tibbiy  yordam,  shifokor,  hamshira  ishlari  to'g'risida  batafsil 

ma'lumot va tushunchalar berilishi lozim.

-  Har  kim  bilim  olish  huquqiga  ega.  Bepul  umumiy  ta'lim 

olish  davlat  tomonidan  kafolatlanadi.  Maktab  ishlari  davlat 

tomonidan  nazoratidadir  -   deb  nomlangan  41-modda 

bilan  tanishtirishda  har  bir  bola  ilm  olish  huquqiga  egaligi 

hamma  uchun  teng  imkoniyatlar  yaratilganligi,  bu  jarayon 

maktabgacha  ta'lim  muassasalaridan  boshlanganligi  va 

quyidagi bosqichlarda davom ettirilishi:

-  Bepul va majburiy umumiy ta'lim;

Bepul o'rta maxsus ta'lim.

Shuningdek, bola o'z qobiliyatiga ko'ra oliy maTumotli bo'lish 

huquqiga ega.  Davlat tomonidan barcha zarur vositalar, shart- 

sharoitlar  yaratilganligi,  o'qitishning  zamonaviy  usullarini 

qo'llash, axborot texnologiyalarini ta'lim jarayonidagi natijasini 

ommalashtirish,  bolalarning  maktabga  muntazam  borishlari, 

maktab  intizomi,  bolaning  insoniylik  qadr-qimmatini  hurmat 

qilish kabi huquqlari haqida tushuncha beriladi.

"1-sentabr -  Bilimlar kuni” deb bayram qilinishi. O'zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  1-sinfga  qadam  qo'ygan 

bolalar  bepul  o'quv-qurollari  bilan  ta'minlanishi,  kutbxonalar

284



barcha  manbalar  bilan  ta'minlanganligi  to'g'risida  fikr 

yuritiladi.

O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  XI  bobida 

fuqarolarning  burchlari  va  majburiyatlari  yoritilgan  bo'lib, 

bunda;

-   barcha  fuqarolar  Konstitutsiyada  belgilab  qo'yilgan 



burchlarini  bajaradilar  -   deb  nomlangan  47-moddada  - 

maktabgacha yoshdagi bolalarga "burch" iborasining mazmuni 

bilan  tanishtirishda  o'z  Vatani,  uning  milliy  an'analari  va 

odatlariga hurmat bilan qarash,  odob bilan muloqotga kirisha 

olish  (salomlashish,  xayrlashish,  minnatdorchilik  bildirish], 

ota-onalari  va  Vatan  oldidagi  burchlarini  his  etish,  ularga 

g'amxo'rlik  va  parvarish  qilish  kabi  fazilatlarni  o'rgatishda 

tarbiyachi  bolalarda  muloyimlilik,  e'tiborlilik,  qat'iyat,  sabr- 

toqat va  o'zaro  mehrni  tarbiyalashi,  yuzaga  chiqarishi  lozim. 

Buning  uchun  "Ota-onaga  hurmat”,  "Burch”,  "Yaxshilik”,  "Me­

ning  majburiyatlarim”  kabi  mavzularda  suhbatlar  uyushtiri- 

ladi.


-   Fuqarolar  O'zbekiston  xalqining  tarixiy,  ma'naviy  va 

madaniy  merosini  avaylab-asrashga  majburdirlar.  Madaniyat 

yodgorliklari davlat muhofazasidadir (49-modda].

Bunda  O'zbekiston  hududidagi  tarixiy  obidalar,  qadimiy 

yodgorliklar  haqida  tushuncha  beriladi.  Bolalar  qalbida  o'z 

xalqiga,  uning  boy  merosiga  hurmat  va  muhabbat  tuyg'ulari 

tarkib toptiriladi.

Ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarda:  "Vatanimiz  ziyoratgohlari", 

"Shahidlar xotirasi maydoni”ga sayohat uyushtirilishi maqsad- 

ga  muvofiqdir.  Ma'naviy yodgorliklar  o'zbek xalqining og'zaki 

ijodi namunalari asosida bolalar ongida bularni asrab avaylash 

tushunchalari  tarbiyalanadi.  Bola  o'zi  yashayotgan  shahar va 

qishlog'i,  ko'chasidagi  madaniy  yodgorliklar  haqida  tasavvur 

hosil qilinishi, bolalar tariximiz va buyuk Sharq allomalarining 

hayoti va ijodi bilan tanishtiriladi.

-  Fuqarolar atrof-tabiiymuhitgaehtiyotkorona munosabatda 

bo'lishga majburdirlar (50-modda).

285



-  Yer, yer  osti boyliklari,  suv,  o'simlik va hayvonot dunyosi 

hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan 

oqilona  foydalanish,  zarur  va  ular  davlat  muhofazasidadir 

(55-modda).

Bolalarda  tabiatdagi  go'zallikdan  zavq  olishni  tarbiyalash 

orqali  ular  ongida  tabiatga  zarar  yetkazmaslik,  ekologiyani 

zararlamaslik,  tevarak-atrofni  iflos  qilmaslik,  o't-o'lanlarni 

bosmaslik,  daraxt  shoxlarini  sindirmaslik,  hayvon  va 

qushlarga ozor bermaslik, uyalarini buzmaslik va boshqalarni 

bolalar 


ongiga 

singdirish 

kerak. 

Bolalarda 

ekologik 

madaniyatni  tarbiyalash,  davlatimiz  tomonida  ekologiya  va 

tabiatni muhofaza etish, "Suv va suvdan foydalanish", "Yer osti 

boyliklari hayvonot dunyosini muhofaza etish va undan oqilona 

foydalanish"  "O'simlik  dunyosini  muhofaza  etish”  borasidagi 

chora-tadbirlar haqida tushuncha beriladi.

Ta'lim-tarbiyaviy  jarayonni  tashkil  etishda:  "Park"  va 

"Bog‘cha”ga  sayr,  "Dunyodagi  eng  asosiy  narsa  suvning 

xususiyatlari bilan tanishtirish", o'simlik va hayvonlar haqidagi 

videoroliklar  namoyish  etish,  "Qizil  kitob"  muhofaza  ramzi 

ekanligi  haqida  suhbat  tashkil  etish  orqali  tabiatga  nisbatan 

ehtiyotkorona munosabatda bo'lish ko'nikmalari shakllantirib 

boriladi.

-  O'zbekiston  Respublikasini  himoya  qilish  -  O'zbekiston 

Respublikasi har bir fuqarosiningburchidir. Fuqarolar qonunda 

belgilangan  tartibda  harbiy  va  muqobil  xizmatni  o'tashga 

majburdirlar  -   deb  nomlangan  52-moddada  bolalarda  harbiy 

qo'shin,  milliy  armiya  to'g'risida  tasavvur  hosil  qilish,  ularga 

nisbatan qiziqish uyg'otish orqali Vatan muhabbati va uni ko'z 

qorachig'idek  saqlash  hissi  tarbiyalab  boriladi.  Bolalarning 

millat  tarixiga  qiziqishini  shakllantirish  maqsadida  Amir 

Temur  -   yirik  davlat  arbobi,  mashhur  sarkarda  bo'lganligi 

haqida  ma'lumot  berish.  Shuningdek,  "14-yanvar  -   Vatan 

himoyachilari  kuni”,  "jaloliddin  Manguberdi",  "Ona  yurt 

himoyachilari  -   milliy  qahramonlarimiz" 

mavzularida 

suhbatlar tashkil etiladi.

286



Bosh  qomusimizda  jamiyatning  asosiy  bo'g'ini  bo'lgan 

"Oilaga" maxsus bob ajratilgan bo'lib, unda davlatimiz tomoni­

dan oilaga, farzandlarga ko'rsatilayotgan yordam, yetim bolalar 

va  vasiylikka  olingan  bolalarga  ularni  boqish,  tarbiyalash, 

o'qitish  jarayonlaridagi  ota-ona  va  farzandlarning  huquq  va 

burchlari,  voyaga  yetgan  va  mehnatga  layoqatli  farzandlar 

o'z ota-onalari haqida g'amxo'rlik qilish majburiyatlari haqida 

tushuncha  beriladi.  Ya'ni,  har  bir  bola  oilada  yashash  va 

tarbiyalanish,  o'z  ota-onasini  bilish,  ularning  g'amxo'rligidan 

foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga egadir. Ota-ona 

o'z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shartligi, 

bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning ota- 

oriasi  zimmasiga  yuklatiladi.  Bu  modda  bilan  tanishtirishda 

bevosita  "Bolalar  huquqlari  to'g'risidagi  Konvensiya"  va  "Oila 

Kodeksi" dan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  89-moddasi

-   O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  -   davlat  boshlig'i 

hisoblanadi va ayni vaqtda ijro etuvchi hokimiyatga va nafaqat 

uning  markaziy  bo'g'iniga,  balki  respublikaning  barcha  ijro 

etuvchi  tizimiga  rahbarlik  qiladi.  Davlat  boshlig'i  sifatida  u 

hokimiyatning barcha tarmoqlariga  boshchilik  qilib,  ularning 

faoliyatini  muvofiqlashtiradi.  Prezidentimiz  davlatimiz  tinch- 

Hgi,  obro'si,  shon-shavkatini  butun  jahonga  tanitishdek 

ulkan  mas'uliyatni  amalga  oshirayotgan,  xalqimiz  turmush 

farovonligi, ulg'ayayotgan yosh avlod kelajagini ta’minlashdek 

ulkan  vazifalarni  amalga  oshirayotganligi  to'g'risida  to'liq 

ma'lumotlar berilishi lozim.


Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish