210
QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNOLOGIYASI YO‘NALISHI
Hovuz baliqchilik xo‘jaligida ishlatiladigan baliq ozuqasi turlari
Tabiiy
ozuqa
Qo‘shimcha
ozuqa
Balanslashgan
ozuqa
Tabiiy ozuqa resurslari suv o‘tlari, yuksak suv o‘simliklari, tuban va
yuksak qisqichbaqasimonlar, bakteriyalar, hasharotlar va boshqa
suv jonivorlarini o‘z ichiga oladi. Tabiiy ozuqa resurslari miqdori,
asosan, suvning sifatiga bog‘liq.
Bu ozuqa hovuzga qo‘l bilan kiritiladi. Ozuqaning bu turi mahalliy
bozorda mavjud. O‘simlik hosili, chorva chiqindilari va oshxona
chiqindilari ham qo‘shimcha ozuqaga kiradi.
Bu ozuqa baliqlarga qo‘l bilan beriladi. Ammo ozuqa nihoyatda
to‘yimli bo‘lib, maxsus korxonalarda tayyorlanadi. Bunday ozuqa
bilan, asosan, oddiy laqqa, kanal laqqasi, xonbaliq, karp kabi baliq
turlari boqiladi.
Qaysi baliqda shartli refleks osonlik bilan hosil bo‘lib, qo‘ng‘iroq ovozini eshitishi bilan
qirg‘oqqa ovqat yeyish uchun kelishi tajribalarda sinab ko‘rilgan.
Muammoli topshiriq
Mustahkamlash uchun savollar
1. Respublikamiz suv havzalarida baliqlarning qanday turlari ko‘paytiriladi?
2. Ko‘l baliqchiligida ko‘paytiriladigan asosiy baliq turlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
3. Baliqlarni boqishda hovuzning ahamiyati nimalardan iborat?
11-amaliy mashg‘ulot
Ishning maqsadi:
maktab bog‘ida hovuz yoki o‘quv ustaxonasida
akvarium tashkil qilish orqali baliq parvarish qilish bo‘yicha ish
jarayonlarini o‘rganish.
Jihozlar:
asbob-uskuna va moslamalar, akvarium, baliq turlari, xavfsizlik
texnikasi qoidalari bo‘yicha yo‘riqnoma.
Baliqchilik xo‘jaliklaridagi ish
jarayonlarini o‘rganish
@edurtm_uz
211
ESLATMA
Mazkur amaliy mashg‘ulotni maktab sharoitida, hududda mavjud baliqchilikka
moslashtirilgan fermer xo‘jaligi yoki oilaviy tadbirkorlik asosida tashkil etilgan
joylarga ekskursiya uyushtirish asosida ham tashkil qilish mumkin.
Ishning bajarilish tartibi
1. Ish o‘rnini xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda tashkil qilish.
2. Baliqchilik xo‘jaliklaridagi ish jarayonlarini berilgan nazariy ma’lumotlar
asosida o‘rganib chiqish.
3. Baliqlarni parvarish qilish texnologiyasiga oid adabiyotlar, videoroliklar bilan
tanishib chiqish.
4. Maktab bog‘ida maxsus hovuz tayyorlash yoki o‘quv ustaxonasida asbob-
uskuna va moslamalardan foydalanib, akvarium yasash, baliqlarni parvarish
qilish bo‘yicha ish jarayonlarini o‘rganish maqsadida tayyor akvarium tashkil
qilish ham mumkin.
5. Baliq turiga qarab ozuqa mahsulotlarini tayyorlash.
6. Maxsus hovuz yoki akvariumda ovqat maydonchasini tashkil qilish.
7. Uni belgilangan xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya
qilgan holda tashkil qilish.
8. Baliqlarni parvarish qilish jarayonini kuzatib borish va kuzatish natijalarini
daftarga yozish.
9. Ishni yakunlash, ish o‘rnini yig‘ishtirib, tartibga keltirish.
@edurtm_uz
Do'stlaringiz bilan baham: |