Harakat darajasiga ko‘ra turlari
Akademik A. F. Middendorf otlarning barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda
ikkita katta guruh –
chopqir otlar va o‘rtacha tezlikda harakat qiluvchi otlarga
bo‘lgan.
Salt miniladigan ot zotlariga, asosan, egarlab miniladigan otlar kiradi. Bu yo‘nalishdagi
otlar serharakat, chopqir, boshi yengil, suyaklari ingichka va ixcham bo‘ladi. Ular yo‘rtib
yura olmaydi, lekin sakrab chopganda tez harakatlanadi, hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha
salt miniladigan otlarning arabi va toza qonli zotlari mavjud.
O‘rta Osiyo respublikalari o‘zining chopqir otlari bilan mashhur. Axaltaka va yovmut
ot zotlari, O‘zbekistonda tarqalgan qorabayir ot zotlari shular jumlasidandir (24-rasm).
Axaltaka oti
Yovmut oti
Qorabayir oti
24-rasm.
O‘rta Osiyo respublikalarida mashhur chopqir ot turlari.
1. Otlar odimlab yurganda sekin, soatiga 4–5 km tezlikda harakat qiladi. Bu harakat
og‘ir yuk tortuvchi otlarda uchraydi.
2. Yo‘rtib yurganda otlar soatiga 10–12 km yo‘l bosadi. Otchoparda yengil poyga
aravasiga qo‘shilganda, chopqir yo‘rtoqi otlar 1 km masofani bir yoki bir yarim
daqiqada bosib o‘tadi.
3. Yo‘rg‘alab yurgan otlarning harakat tezligi yo‘rtib yuradigan otlarning tezligiga teng.
Zebralar hozir xo‘jalik ahamiyatiga ega emas, ularni ayrim hayvonot bog‘lari yoki
qo‘riqxonalarda uchratish mumkin.
@edurtm_uz
202
QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNOLOGIYASI YO‘NALISHI
Ot go‘shti
Qimiz
Qazi
25-rasm.
Otdan olinadigan mahsulotlar.
Qorabayir
zoti Markaziy Osiyo davlatlarida boqiladigan zotdor otlardan ko‘p jihati
bilan ustun turadi. Chopqirligi, chidamliligi, chiroyliligi va aravalarga qo‘shgan vaqtda
yaxshi ishlashi bilan ajralib turadi. Balandligi 152–154 cm. Yirikligi o‘rtacha. Qorabayir
otlari O‘zbekistonning barcha viloyat va tumanlarida uchraydi.
Otlar va ularni boqish biologik xususiyatlariga ko‘ra, boshqa turdagi chorva
mollaridan farq qiladi. Masalan, ularning oshqozoni sodda tuzilishiga ega bo‘lishi bilan
hajmi jihatidan qoramolnikiga qaraganda 7–8 marta kichik. Otlarning ichaklari ham
ancha kalta bo‘ladi. Shunga ko‘ra, otlarning asosiy ozuqasi beda, pichan, yem, kunjara,
sersuv va shirali ozuqalar hisoblanadi. Osh tuzi esa ularga istaganicha beriladi. Otlarga
kechqurun ko‘proq dag‘al ozuqalar beriladi. Yem sutkasiga to‘rt barobar miqdorida
berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Oziqlantirishda oldin dag‘al ozuqa, so‘ng yem va
yana dag‘al ozuqa beriladi. Sutkasiga 3–4 marta sug‘oriladi. Terlab turgan otlarni biroz
dam olib bo‘lgach, sug‘orish talab etiladi.
Qishloq xo‘jalik ishlarining bir qismi ot kuchi bilan bajariladi. Masalan, otlar aravaga
qo‘shilgan holda qishloq xo‘jalik mashinasi sifatida, shuningdek, yerga ishlov berishda,
chorvachilikda ayrim transport yordamida bajariladigan ishlarni amalga oshirishda
va boshqa qator ishlarni bajarishda yaqindan yordam beradi. Bundan tashqari, tog‘li
tumanlarda, ya’ni transport vositalari yura olmaydigan yerlarda otlar bemalol yuk
tashish ishlarini bajara oladi. Chegaralarni qo‘riqlashda, yaylovda cho‘pon va mol-
boqarlar uchun otlar asosiy transport vositasi hisoblanadi.
Sport o‘yinlarida ham otlardan foydalanish yildan yilga kengayib bormoqda. Dunyo
bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalarda ham ot sportiga alohida e’tibor beriladi.
Otlar o‘zining turli xil mahsulotlari (go‘sht, qimiz, teri va boshqalar) bilan ham katta
ahamiyatga ega. Masalan, qimiz aholining eng foydali va shifobaxsh ichimliklaridan
hisoblanadi. U bir qator kasalliklar (sil, ichak, oshqozon kasalliklari va boshqalar)ni
davolashda salmoqli o‘rin egallaydi. Ot go‘shti o‘zining to‘yimliligi, kaloriyasi, mazasi va
qiymati jihatidan ko‘plab xalqlarning eng sevimli mahsuloti hisoblanadi. Ot go‘shtidan
ayrim xalqlar turli xil lazzatli mahsulotlar (qazi, yog‘, quritilgan go‘sht, konserva, kolbasa
va boshqalar) hamda taomlar tayyorlaydi (25-rasm).
@edurtm_uz
203
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Yoqutiston va Boshqirdiston aholisi ot
go‘shtini ko‘proq iste’mol qilishga moslashgan xalqlar hisoblanadi. Bu respublikalarda
go‘sht uchun boqiladigan otlar yil davomida, asosan, yaylovlarda boqiladi va parvarish
qilinadi. Ot go‘shti o‘zining kimyoviy tarkibiga ko‘ra turli mineral moddalarga boy va
to‘yimliligi jihatidan katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |