FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI, XAVFSIZLIK TEXNIKASI
QOIDALARI
Iste’molchi kimyoviy moddalari.
Sovunlar, yuvish vositalari va maishiy kimyo
vositalaridan foydalanish natijasida inson tanasiga kiradigan kimyoviy moddalar
miqdori ular keltirib chiqaradigan sog‘liq muammolari uchun muhim hisoblanadi.
AQSHda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, bir sutkada inson organizmiga kiradigan
deterjan sirt faol moddasining miqdori ko‘pi bilan 3 mg atrofida. Mamlakatimizda olib
@edurtm_uz
156
SERVIS XIZMATI YO‘NALISHI
borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, hatto ichimlik suvida ham juda ko‘p miqdordagi
sirt faol moddalari mavjud ekan. Yuvish vositalaridan foydalanish joylari ham
hisobga olinadigan bo‘lsa, bunday holatning inson salomatligi va ekologik xavfsizlik
nuqtayi nazaridan salbiy ta’siri juda yuqori. Shu sababli, yuvish vositalarini ishlab
chiqaruvchilarni nazorat ostida ushlab turish juda muhim. Inson salomatligi va atrof-
muhitning ifloslanishi uchun eng kam zararli bo‘lgan aralashmalar Sog‘liqni saqlash
vazirligi tomonidan belgilanadi va ishlab chiqaruvchilar ushbu mezonlarga rioya
qilishlari uchun nazorat qilinadi.
Suyuq sovun, shampun, kir yuvish vositalari va idishlarni yuvish vositalari asosiy
sintetik tozalovchi vositalar hisoblanadi. Ushbu mahsulotlar tarkibidagi kimyoviy
moddalar inson organizmi uglerod tuzilishini buzadi yoki tanadagi kislorodni iste’mol
qiladi. Yuvish vositalari inson salomatligiga zarar yetkazmasligi uchun, deylik, kirlarni
8 t, idishlarni esa 6 tonna suv bilan yuvish kerak. Aslida bunday bo‘lmaganligi sababli
ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat ostida ushlab turish, mahsulotlarni esa tez-tez
sinab ko‘rish va tahlil qilish lozim.
Ehtiyot bo‘ling, kimyoviy “qurollar”!
Maishiy kimyo vositasi
yorlig‘ida uning tarkibi
aniq ko‘rsatilgan
bo‘lishi kerak.
Unda xlororganik birikmalar,
akilbenzolsulfonatlar,
etoksillangan alkilfenollar
bo‘lmasligi shart.
Maishiy kimyo mahsulotlarini
bolalardan yashirish va ular
qo‘li yetmaydigan joyda
saqlash kerak.
Kimyoviy vositalar bilan ishlaganda,
rezina qo‘lqop kiyish, ko‘zlarni
himoyalash, nafas yo‘llari va teriga
kimyoviy faol moddalar tushishidan
ehtiyotlanish zarur.
Maishiy kimyo vositasining changi, tutuni
va kukunlari organizmga tushmasligiga
e’tibor qaratish lozim, bunday vositalar
bilan ishlayotganda, albatta, xonada havo
aylanib turishi kerak.
Maishiy kimyo vositalari ishlab chiqaruvchilar agressiv birikmalar o‘rniga ko‘proq
tabiiy moddalardan foydalanishga o‘tayotganliklarini ham qayd etish joiz. Masalan, xlor
kislotasi o‘rniga limon kislotasi qo‘llanilmoqda va hokazo. Xlorli birikmalarni maishiy
kimyoda qo‘llashga rasmiy taqiqlar joriy qilinmagan bo‘lsa-da, ishlab chiqaruvchilarning
o‘z tashabbusi bilan bunday birikmalarni imkon qadar qo‘llamaslikka bo‘lgan
urinish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu, asosan, maishiy kimyo xavfsizligiga bo‘lgan
talabchanlikning ortganligi va OAVda yetarli targ‘ibot ishlari olib borilganligi bilan
bog‘liqdir.
Hozir do‘kon peshtaxtalarida maishiy kimyo mahsulotini sotib olayotgan xaridorlar
uning iste’mol muddatidan tashqari tarkibiy xavfsizligiga ham e’tibor qarata boshladi.
Bu yaxshi holat, albatta. Shu sababli ishlab chiqaruvchilar endilikda mahsulot yorlig‘ida
@edurtm_uz
157
“ishqorsiz modda”, “yashil texnologiya”, “ekologik sof mahsulot” singari reklama-
targ‘ibot yozuvlarini keng qo‘llashmoqda. Marketologlar olib borgan tadqiqotlarga ko‘ra,
ro‘zg‘orda yaqin dastyor bo‘lgan maishiy kimyo mahsulotlarining bexatarligi uchun o‘rta
statistik xaridor qimmatroq tannarxga ham rozi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |