Mustahkamlash uchun savollar
Muammoli topshiriq
Yog‘och taxtani parmalab teshik ochishda taxtaning ikkinchi tomonini
ko‘chirib yubormaslik uchun nima qilish kerak?
@edurtm_uz
27
7-§. YOG‘OCH VA YOG‘OCH MATERIALLARIGA
BADIIY ISHLOV BERISH
Xalq hunarmandchiligi va uning tarixi xalqlarning, jumladan, o‘zbek xalqining
paydo bo‘lishi, shakllanishi, tarixiy rivojlanishi hamda milliy qadriyatlarini ifodalovchi
soha sifatida xizmat qila oladigan ma’naviy, moddiy va madaniy meros hisoblanadi. U
150 dan ziyod tarmoqqa ega bo‘lib, o‘zining ko‘plab xususiyatlari – amaliyligi, ijodiyligi,
milliyligi, mahalliy xomashyolarni topish va ularga ishlov berishning qulayligi, o‘g‘il va
qiz bolalar mehnatining o‘ziga xosligi, shahar va qishloq maktabini uyg‘unlashtira olishi,
asosiy hollarda murakkab qurilma, asbob-uskuna va dastgohlarni talab qilmasligi bilan
ajralib turadi (masalan, naqqoshlik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi kabi turlari).
Qadimdan ota-bobolarimiz yog‘och materiallariga badiiy ishlov berish usullari, ya’ni
ularga naqsh o‘yish va gul solish san’atini avloddan avlodga o‘rgatib kelgan.
Hozirgi paytda yog‘och o‘ymakorligi me’morchilik bilan bir qatorda uy-ro‘zg‘or va
turli xil buyumlarga bezak berishda ham keng qo‘llanilmoqda.
Mahalliy an’analarni asrab-avaylash, ardoqlash orqali ularni yangi mazmun
bilan boyitayotgan xalq ustalari tomonidan qadimiy san’atning yetuk namunalari
yaratilmoqda. Bugungi kunda zamonaviy me’morchilik bilan bog‘liq ganch va yog‘och
o‘ymakorligi ham tobora rivojlanib bormoqda.
Yog‘och o‘ymakorligida turli naqsh uslublaridan foydalaniladi. Har bir usta o‘zi
yashab, ijod etgan hudud badiiy an’analarining o‘ziga xos tomonlarini aks ettiradi.
Masalan, xivalik xalq ustalari yog‘ochni o‘yib naqsh ishlashda yog‘ochning tabiiyligini
saqlab qolishgan bo‘lsa, buxorolik ustalar naqsh o‘yib ishlangan buyumlarni jimjimador
qilib, ularni oltin va kumushsimon ranglar bilan bo‘yaganlar. Qo‘qonlik xalq ustalari
o‘yib naqsh solishda yog‘ochni o‘rta chuqurlikda o‘yishgan bo‘lsa, toshkentlik ustalar
taxta yuzasidagi naqshlarni zaminsiz, chiziqlar orqali bajarganlar va bunda hoshiya
naqshlarini ko‘p ishlatganlar, marg‘ilonlik ustalar esa o‘ymakorlik ishlarining zaminini
o‘ta chuqur o‘yganlar.
Yog‘och materiallariga badiiy ishlov berishda ishlatiladigan yog‘och materiallar
yaxshi qurigan bo‘lsa, tob tashlab buralish, qurish natijasida darz (yorilish) ketish hollari
yuz bermaydi.
Naqsh o‘yilishi kerak bo‘lgan buyumni yaxlit holda dastgohga o‘rnatish birmuncha
qiyin. Shu sababli uni qismlarga ajratib o‘yish oson va qulay kechadi. O‘yiladigan
buyum qismlari maxsus burama qisqichlar bilan dastgoh ustiga qimirlamaydigan
qilib o‘rnatiladi. Naqsh tushirishdan oldin yumshatish uchun buyum yuzasiga paxta
moyi surtiladi. O‘yish vaqtida iskana ravon kesishi uchun iskana uchi sovunga tekkizib
olinadi.
Yog‘och materiallariga badiiy ishlov berishda duradgorlikda ishlatiladigan asbob-
uskuna va moslamalardan tashqari, duradgorlik yelimi, kazein yelimi, chigit moyi,
yelimdon kabi yordamchi materiallardan ham keng foydalaniladi.
@edurtm_uz
Do'stlaringiz bilan baham: |