41
hat jarayonining yakunlovchi bosqichi –
lavozimga tanlashdan
oldin bo‘lishi kerak.
Xodimlarni kasbga saralash respublikamiz mustaqillikka
erish gan hozirgi paytda har bir kishining mehnat qilish va kasb
tanlashga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqa rish
uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda. Mamlakatda tashkil
etilayotgan kasb tanlash xizmati mana shu maqsadlarga xizmat
qilishi kerak, har bir yosh kishining qiziqishlariga va alohida-alo-
hida xususiyatlariga juda to‘liq mos keladigan kasbni tanlashda
yoshlarga yordam berish ana shu xizmatning asosiy vazifasidir.
Kasbga yo‘nalishdan iborat murakkab va g‘oyat xilma-xil kasb-
larga to‘g‘ri saralash muhim o‘rinlardan birini egallaydi, chun-
ki aynan kasbga saralash (kasbga tanlash) jarayonida insonning
barqaror psixofiziologik xususiyatlarining
tanlangan kasb unga
qo‘yadigan talablarga mos kelishi aniqlanadi. Kasbning shaxsga
nisbatan talablari turlicha bo‘lib, yuqori balandliklarda suv osti
va yer ostida ishlash bilan bog‘liq (kosmonavt uchuvchi, g‘avvos,
shaxtyor va boshqalar) kasblarni tanlagan kishilarning sog‘lig‘iga
nisbatan qat’iy talablar qo‘yiladi. Radio montajchi, soat va optik
asboblarni yig‘uvchi uchun ko‘zning o‘tkir bo‘lishi, qo‘l barmoq-
larining juda chaqqon harakat qilishi muhimdir, ammo mexa-
nika yig‘uv ishlari slesari uchun uncha ahamiyati yo‘q, u odat-
da yirik
detallar, moslamalar bilan ishlaydi. Stanokchi uchun bir
xildagi va takrorlanuvchi ishga ongni moslash, diqqatni uzoq vaqt
jamlash qobiliyati, slessar uchun esa ko‘z mo‘ljali, harakatlarning
aniqligi muhimdir. Tajribaning ko‘rsatishicha, bir xildagi, maz-
muniga ko‘ra o‘xshash bo‘lgan ishlarni har xil kishilar turli dara-
jadagi zo‘riqish bilan o‘zlashtirib, so‘ngra esa turlicha muvaffaqi-
yat bilan mustaqil ravishda bajaradilar. Ba’zi xodimlar nisbatan
tez va oson o‘rganib olib tanlagan sohada unumli mehnat qiladi-
lar, bu esa ularning psixofiziologik xususiyatlari kasb talablariga
mos kelishi bilan bog‘liqdir.
Kasbga yaroqlilik insonning jismoniy fazilatlari va psixo-
fiziologik xususiyatlariga hamda kasb talablariga mos
kelish dara-
jasidir. Shaxsning psixofiziologik xususiyatlari kasb talablariga
mos kelganida inson osongina va tezda yuksak malakali kasb
egasi (kasbga mutlaq yaroqli) bo‘lib qolishi mumkin.
42
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda va yuksak pirovard
natijalariga erishishda mehnat jamoasining barqarorligi muhim
ahamiyatga ega. Bu narsa xodimlar shaxsiy tarkibining barqa-
ror doimiyligiga erishish yuzasidan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy
tashkiliy chora-tadbirlar bilan ta’minlaydi. Korxonada mehnat
jamoasini barqarorlashtirish jarayonini boshqarish quyidagi ki-
chik tizimni o‘z ichiga oladi:
● xodimlarni qabul qilish va joy-joyga qo‘yish;
● xodimlarni ko‘paytirish;
● xodimlarning kasb bo‘yicha o‘sishi;
● ishdan bo‘shash sabablarini tahlil qilish va xodimlar
qo‘nimsizligining oldini olish.
«Xodimlarni ishga qabul qilish va joy-joyiga qo‘yish»
kichik
tizimli korxonaga zarur xodimlarni qabul qilish va ularni ishlab
chiqarishda kerakli joyga qo‘yishni ta’minlaydi. Mehnat shartno-
masi xodimlar bilan korxonalarning talab ehtiyojlarini qondiruv-
chi, barqaror jamoa shakllantirishning huquqiy asosi hisoblana-
di. Mehnatni tashkil etishning kollektiv shakllari sharoitida yangi
a’zolarni ishga qabul qilishda boshlang‘ich mehnat jamoalari ning
ahamiyati ancha oshadi. Xodimlarning ko‘nikishi ikki asosiy
yo‘nalish bo‘yicha:
1. Kasb jihatdan kamol topish.
2. Mehnat jamoasining ijtimoiy muhitiga ko‘nikib borish kabi
yo‘nalish bo‘yicha o‘tadi.
Jamiyat har bir kishiga u o‘zining qobiliyatlari va iste’dodlarini
to‘laroq namoyon etib, zo‘r samara bilan
ishlay oladigan mehnat
faoliyati sohasida qaror topish imkoniyati berilishidan manfaat-
dordir. Kasbga saralash (tanlash) xodimga uning sog‘lig‘i va alo-
hida xususiyatlariga juda mos keladigan kasbni tanlashga yor-
dam berish maqsadida uning meditsina tekshiruvidan o‘tkazish
asosida psixofiziologik diagnostikaning ilmiy asoslangan me-
tod va usullari sistemasini o‘z ichiga oladi. Bunda kasbga sara-
lash tartibi insonning mazkur kasbga kerakli ekanligi to‘g‘risidagi
qarorni bildiradi, vaholanki, kasbga tanlash ayni vaqtda uning
uchun istiqboldagi kasbning yetarlicha keng turlarini izlab to-
pishni ham maqsad qilib qo‘yadi, bunda uni har jihatdan rivoj-
lantirishning turli-tuman imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Shunday
43
qilib, kasb tanlashning o‘ziga xos
xususiyati shundan iboratki,
kasbga saralashdan farqli o‘laroq bu kasbga emas, balki insonga
bog‘liq bo‘ladi, ya’ni uning maqsadi konkret kasb uchun odam-
larni saralash emas, balki mazkur kishi uchun kasbni tanlashdir.
Kasbga saralash jarayonida jismoniy va aqliy tafovutlar asosi-
da insonning kasbga kerakligi aniqlanadi. Ammo bu gap tabi-
at insonga kasbga munosibligining o‘chmas belgisini chin degan
ma’noni bildirmaydi.
Tеst
1. Kadrlarni tanlash qanday maqsadni ko‘zlab amalga oshi-
riladi?
A) xodimning kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash asosida
B) kasb oldiga qo‘yilgan talab va xodim salohiyati o‘rtasidagi
mutanosiblikni o‘rganish
maqsadida
C) korxonada kadrlar qo‘nimsizligining oldini olish maqsa-
dida
D) A, B, C
2. Xodimlarning ko‘nikishi dеganda qanday jihatlar nazarda
tutiladi?
A) kasb jihatdan kamol topishi
B) mеhnat jamoasining ijtimoiy muhitiga xodimning ko‘nikishi
C) A va B
D) xodimning har qanday mеhnat sharoitiga ko‘nikishi lo-
zimligi
1
2
D
C
Do'stlaringiz bilan baham: