N. K. Jamalov mehnat huquqi


Ish vaqtini hisobga olib borishning tushunchasi va turlari



Download 2,79 Mb.
bet43/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

6. Ish vaqtini hisobga olib borishning tushunchasi va turlari
Mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlarida «ish vaqtini hisobga olish» atamasi ikki hil ma’noda ishlatiladi.

Ulardan birinchisi ish vaqti rejimining kunbay hisobiga asoslangan, ikkinchisi esa, ish vaqti jamlab hisobga olinadigan turlarini birlashtiradi

Mehnat kodeksi 125-moddasining ikkinchi qismiga binoan har bir xodimning haqiqatda ishlagan ish vaqtini, shu jumladan ish vaqtidan tashqari ishlagan vaqtini ish beruvchi o’z vaqtida aniq hisobga olib borishi shart.

Ish vaqti kunbay hisobga olinadigan ishlarda ish rejimi har bir ish kuni va har bir ish haftasi muddati tegishli toifadagi xodimlar uchun qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan ish muddati normasi chegarasidan ortib ketmagan holda taqsimlanadi. Ish kunining aniq, muddati umumiy qoidaga ko’ra ichki mehnat tartibi qoidalari yoki ish smenasi jadvallari bilan belgilanadi va boshqa turlarini nazarda tutishi mumkin.



Masalan, olti kunlik ish haftasida xodimlarning haftada besh kun 7 soatdan, dam olish kuni arafasidagi kunda 5 soat yoki to’rt kun 7 soatdan va ikki kun 6 soatdan yoxud ikki kun 7 soatdan va to’rt kun 6,5 soatdan ishlashini nazarda tutish mumkin.

Besh kunlik ish haftasida ish vaqtining qirq soatlik muddati sakkiz soatlik ish kunini belgilash yo’li bilan ta’minlanadi.



Ish vaqtini jamlab hisobga olishning mohiyati shundaki, hisobga olinadigan davrdagi ish vaqtining muddati ish soatlarining normal miqdoridan oshib ketmaydigan shart bilan korxonada ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilinishi mumkin. (Masalan, oy, yil choragi, mavsum, yil va shu kabi muxlatlarda). Ish vaqtini jamlab hisobga olishni qo’llanish tartibi, shuningdek hisobga olinadigan davr mobaynida xodimlarga har oyda to’lanadigan ish haqi miqdorini tenglashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar jamoa shartnomasida yoki ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.


Иш вақтини жамлаб ҳисобга олишни жорий қилиш тўғрисидаги масалани ҳал этишда ва ҳисобга олишнинг бу усулини қўллашда айрим тоифадаги ходимларни иш вақтидан ташқари ишларга жалб этиш хусусида белгиланган чеклашларга риоя қилган ҳолда жорий этилади.

Jumladan,

- ish vaqtini jamlab hisobga olishni joriy etish haqqidagi qaror ish beruvchining bir o’zi tomonidan qabul qilinishiga yo’l qo’yilmasligi lozim. Bunday qaror faqatgina kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinishi mumkin;

- ish vaqtini jamlab hisobga olishni qo’llanish tartibi jamoa shartnomasida belgilanishi, agar u tuzilmagan bo’lsa, - ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tayin etilishi;

- ish vaqti jamlab hisobga olinganda hisobga olinadigan davr­ning muddati bir yildan ortib ketmasligi lozim ekanligi;

- ish vaqti jamlab hisobga olinganda kundalik ish vaqtining muddati har qanday holatlarda ham o’n ikki soatdan ortib ketmasligi lozim ekanligi;

- jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo’lsa, ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi kelishuvida hisobga olinadigan davr mobaynida xodimlarga har oyda to’lanadigan ish haqi miqdorini to’g’rilab borishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutilishi kerakligi;

- o’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlar uchun ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy etilishiga yo’l qo’yilmasligi;

- homilador ayollar, o’n to’rt yoshga to’lmagan bolasi (o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi) bor ayollar, shuningdek nogironlik guruhidan qat’i nazar nogironlar uchun ish vaqtini jamlab hisobga olish ularning roziligisiz joriy etilishiga yo’l qo’yilmasligi. Bunda shuni ham unutmaslik lozimki, ish vaqtini jamlab hisobga olish nogiron xodimga joriy etilganda, uning roziligini olishdan tashqari unga bunday rejimdagi ish tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo’lishi kerak.

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish