N. K. Jamalov mehnat huquqi



Download 2,79 Mb.
bet38/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

7-Mavzu: Ish vaqti

Reja:

1. Ish vaqti tushunchasi vauning turlari

2. Ish vaqtining normal muddati

3. Ish vaqtining qisqartirilgan muddati

4. To’liqsiz ish vaqti

5. Ish vaqti rejimi

6. Ish vaqtini hisobga olib borishning tushunchasi va turlari 251

7. Tungi vaqtdagi va normal ish sharoitlardan chetlashganda ish vaqtini tartibga solish
1. Ish vaqti tushunchasi vauning turlari
Ish vaqti tushunchasi O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 114-moddasida belgilab qo’yilgan bo’lib, ish vaqti deb xodim ish tartibi yoki grafigiga (jadvaliga) yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o’z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo’lgan vaqt hisoblanadi.

Ish vaqtidan foydalanishda xodim tomonidan haqiqatda ishlangan vaqtni, shuningdek xodim uchun belgilangan ish vaqti muddati doirasidagi belgilangan ishni bajarish bilan band bo’lmagan bo’lsa ham ish vaqtiga qo’shib hisoblanadigan ayrim davrlar (xodimning aybisiz bekor turib qolingan davrlar, ish kuni (smena) davridagi haq to’lanadigan tanaffuslar, malaka oshirish va qayta tayyorlashga yuborilishi, donorlik qilish, ishdan bo’shatilgan va keyinchalik ishga tiklangan va sh.k.) ish vaqtiga tenglashtiriladi va xodimga ushbu vaqt uchun belgilangan tartibda haq to’lanadi.

Haqiqatda ishlangan vaqt deganda, u yoki bu kalendarь davrda xodim tomonidan o’zi uchun belgilangan norma doirasida yoki belgilab qo’yilgan tartibda bu normadan tashqari ishlangan vaqt tushuniladi.

Amaliyotda haqiqatda ishlangan vaqt muddati xodim uchun belgilangan ish vaqti (smena) muddatiga mos kelishi ham, mos kelmasligi ham mumkin.



Masalan, agar xodim ish vaqtidan tashqari, dam olish yoki bayram kuni belgilangan tartibda ishlagan bo’lsa, uning haqiqatda ishlagan vaqti ish vaqti uchun belgilangan muddatidan oshib ketadi. Muayyan davrda haqiqatda ishlangan vaqt xodim uchun belgilangan ish vaqtining belgilangan normasidan kam bo’lishi ham mumkin. Xodim kasalligi tufayli ishga chiqmaganda, ya’ni mehnat vazifasini ma’lum davr mobaynida bajarmagan xolda shunday holat yuzaga kelib chiqishi mumkin. Bunday hollarda xodim tomonidan ish vaqti muddatining bajarilmaganligi, ya’ni to’liq ishlanmaganligi uzrli sabablar oqibatida kelib chiqqan bo’lib, xodim taqdim etadigan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqa to’lash uchun asos bo’ladi. Xodimning o’ziga belgilangan ish vaqti normasini uzrsiz sabab bilan ishlab bermaganligi mehnat vazifasini xodim tomonidan buzish deb hisoblanib, uni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo’ladi.

Ish vaqtini huquqiy jihatdan tartibga solish quyidagilarni o’z ichiga oladi: ish vaqti muddatini normalashtirish; ish vaqtidan foydalanishni reglamentlash; ish vaqtini hisobga olib borish tartibini belgilash.

Ish vaqtini normalashtirish - bu turli toifadagi xodimlar uchun muayyan kalendarь davrlardagi ish vaqti muddatini belgilab qo’yishdir.

Ish vaqtidan foydalanishni reglamentlash - ish vaqti rejimini belgilashni, shuningdek normal mehnat shartlari doirasidan chetga chiqilgan taqdirda ish vaqtidan foydalanish xususiyatlarini belgilab qo’yishni taqozo etadi.

Ish vaqtini hisobga olib borish-ish vaqtini qayd etishning muayyan tizimi va tartibini o’rnatish tushuniladi.

O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga asosan ish vaqtining quyidagi turlari nazarda tutiladi: ish vaqtinint normal muddati, qisqartirilgan muddati, to’liqsiz ish vaqti.



Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish