8-Mavzu: Dam olish vaqti
Reja:
1. Dam olish vaqti tushunchasi va turlari
2. Ta’tillar tushunchasi va uning turlari.
3. Mehnat ta’tillari tushunchasi va turlari.
4. Yillik qo’shimcha ta’tillar
5. Mehnat ta’tillar muddatini hisoblab chiqarish tartibi
6. Yillik asosiy ta’tilni olish huquqini beradigan
ish stajini hisoblab chiqarish
7. Ta’tillarni berish va undan foydalanish tartibi
8. Ta’tilni uzaytirish yoki uni boshqa muddatga ko’chirish.
9. Ta’tillar uchun haq to’lash. Foydalanilmagan ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to’lash
10. Ta’tillar uchun haq to’lash. Foydalanilmagan ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to’lash
1. Dam olish vaqti tushunchasi va turlari
Dam olish vaqti bu – xodim mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo’lgan va bundan u o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanishi mumkin bo’lgan vaqtdir.
Dam olishga bo’lgan huquq O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiningning 38-moddasida, Mehnat kodeksi va milliy qonunchilikning boshqa aktlarida mustahkamlangandir. Dam olish huquqining eng muhim kafolatlaridan biri dam olish vaqti turlarining qonun hujjatlari asosida mustahkamlab berilganligi hamda eng kam muddati belgilab qo’yilganligidir.
Mehnat kodeksining 126-moddasiga ko’ra dam olish vaqti bu – xodim mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo’lgan va bundan u o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanishi mumkin bo’lgan vaqtdir.
Dam olish vaqtini xodim mehnat vazifalarini bajarishdan ozod etib qo’yiladigan boshqa vaqtlardan farqlovchi belgisi uning ishdan xoli bo’lgan vaqtdan o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanishi mumkinligidir. Xuddi shu sababli xodim ishdan ozod etib qo’yilgan va mehnat vazifalarini bajarish bilan band bo’lmagan (masalan, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish, ta’lim olish, malaka oshirish va shu shu kabilar bilan bog’liq holda) boshqa davrlar dam olish vaqtiga kiritilmaydi, xodim bunday davrlardagi vaqtini o’zi xohishiga ko’ra tasarruf etish va undan o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanish imkoniyatiga ega bo’lmaydi.
Dam olish vaqtiga bevosita ma’lum maqsadga qaratilgan ijtimoiy ta’tillar ham qo’shilmaydi. Bunday ta’tillar xodimga dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun emas, balki bolani tarbiyalash, o’qish bilan bog’liq, darsliklarni yozish ishlarini bajarish, doktorlik dissertatsiyalarini tugatish maqsadida beriladi.
Ish kuni (smena) davomidagi tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan va ish vaqtiga qo’shilmaydigan tanaffuslardir.
Dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusning boshlanish va tugash vaqti ichki mehnat tartibi qoidalarida, ish smenasi jadvallarida yoki xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan bevosita mehnat shartnomasida belgilab qo’yiladi.
Ish kuni (smenadagi) tanaffusslar dam olishga ham mo’ljallanganligi sababli tanaffus muddati ovqatlanib olishdan tashqari dam olishni ham nazarda tutgan holda belgilanadi.
Ish vaqti jamlab hisobga olinganda ayrim kunlari kundalik ish (smena) muddati, aytaylik, 10, 11 yoki 12 soatga borganda korxonada dam olish va ovqatlanish uchun xodimlarga ikki marta tanaffus berish nazarda tutilsa, aksincha, ish vaqtining qisqartirilgan muddatida, to’liqsiz ish kuni o’rnatilgan hollarda tanaffus umuman belgilamasligi mumkin.
Ba’zi korxonalarda ishlab chikarish sharoitlari ko’pincha ishni to’xtatib turishga imkon bermaydi, binobarin dam olish va ovqatlanish uchun xodimlarga tanaffus belgilashning iloji ham yuq. bolalar bog’chasi tarbiyachisi bolalarni qarovsiz qoldirib, ishdagi tanaffusdan o’z xohishiga ko’ra foydalana olmaydi. Nazorat o’tkazish punkti nazoratchilari, axborotni uzluksiz qabul qilib uzatish operatorlari va shu kabi kasb egalari navbatchilikni tashlab keta olmaydigan xodimlar uchun ish beruvchi bevosita ish vaqtida ovqatlanib olish imkoniyatini ta’minlab berishi belgilab qo’yilgan.
SHu sababli bunday ishlar mavjud korxonalarda ichki mehnat tartibi qoidalarida ularning aniq ro’yxatini nazarda tutish va ayni bir vaqtda shunday ishlarni bajaruvchi xodimlarning ovqatlanib olish tartibi hamda joyini belgilab qo’yish lozim.
Jumladan, bolalar bog’chasi tarbiyachilariga ovqatlanib olish uchun belgilanadigan vaqt, masalan, ular tarbiyasida bo’lgan bolalarning ovqatlanish vaqtiga to’g’rilanishi yoki boshqa vaqt tayin etilishi (aytaylik, yasli gruppasidagi bolalar ovqatlanib bo’lib uxlash uchun yotgan paytda) mumkin.
Bajarilayotgan ishlarning o’ziga xos jihati va xususiyatlarini hamda boshqa holatlarni hisobga olib, dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffuslardan tashqari qo’shimcha tanaffuslar berish ham nazarda tutilishi mumkin. Mehnat kodeksining 236-moddasiga binoan ikki yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarga dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari, bolani ovqatatlantirish uchun qo’shimcha tanaffuslar ham beriladi. Bunday tanaffuslarni berish tartibi qonun bilan tartibga solinadi.
Bu tanaffuslar kamida har uch soatda bir marta har biri o’ttiz minutdan kam bo’lmagan muddat bilan beriladi. Ikki yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolasi bo’lgan taqdirda, tanaffusning muddati kamida bir soat qilib belgilanadi.
Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va o’rtacha oylik ish haqi hisobi bo’yicha haq to’lanadi.
Mehnat kodeksi 236-moddasining uchinchi qismiga binoan ikki yoshga to’lmagan bolasi bor ayolning xohishiga ko’ra, bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun belgilangan tanaffusga qo’shib berilishi yoki umumlashtirilib, ish kunining (ish smenasining) boshiga yoki oxiriga kuchirilib, ish kuni (ish smenasi) shunga yarasha qisqartirilishi mumkin
Kundalik (smenalararo) dam olish vaqti
Kundalik dam olish vaqti – bu bir ish kuni (smena) tugashi bilan keyingi kungi (smenadagi) ish boshlanishi o’rtasidagi vaqtdir.
Kundalik dam olish vaqtining eng kam muddati qonun bilan belgilangan va Mehnat kodeksining 128-moddasiga ko’ra o’n ikki soatdan kam bo’lishi mumkin emas.
Haftalik uzluksiz dam olish (dam olish) kunlari
Haftalik dam olish deb ishdan ozod bo’lgan va xodimlarga har haftada berilishi kafolatlangan dam olish kunlari tushuniladi.
Xodimlarga har bir ish haftasida dam olish kunlari, ularning soni (bir yoki ikki dam olish kuni) korxonada joriy etilgan ish haftasi turiga bog’liqdir.
Mehnat kodeksining 129-moddasiga ko’ra besh kunlik ish haftasida ishlayotgan xodimlarga ikki kundan iborat dam olish kuni va olti kunlik ish haftasida ishlayotgan xodimlarga bir kundan iborat dam olish kuni berilishi nazarda tutiladi.
Ishlab chikarish texnikaviy sharoitlariga ko’ra yoki aholiga muntazam uzluksiz xizmat ko’rsatish taqozosi oqibatida ishni to’xtatish mumkin bo’lmagan korxonalarda, shuningdek uzluksiz ishlab chiqarishga asoslangan korxonalarda dam olish kunlari soni korxonada joriy etilgan ish haftasi turiga qarab, tegishli ravishda olti kunlik yoki besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarga belgilagan muddatidan kam bo’lishi mumkin emas.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlar
Do'stlaringiz bilan baham: |