Mikrogliya.
Ular mayda yadrolari yaxshi bо„yaladigan hujayralardir.
Hujayralar tanasida uncha katta bо„lmagan notо„g„ri shaklda о„simtalar chiqadi.
Shu о„simtalar yordamida amyobasimon harakatlanishi mumkin.
Amyobasimon harakatlanish davrida hujayraning shakli о„zgaradi,
о„simtalar hujayra tanasiga tortilib о„ziga xos donali shar shaklini oladi.
Mikrogliya halok bо„layotgan neyron, nerv tolasi va bakteriyalarni fagotsitoz qilish
qobiliyatiga ega. Mikrogliya hujayralari kelib chiqishi va faoliyati bо„yicha
makrogliyadan tubdan farq qiladi. Hozirgi vaqtda mikrogliya hujayralari barcha
makrofaglar kabi, mononuklear fagotsitlar sistemasiga kiritiladi. Ular, xuddi
makrofaglar singari, homilada mezenximadan, sо„ngra esa qondagi monotsitlardan
rivojlanishi mumkin deb hisoblanadi.
Nerv tolalari
. Nerv tolalari deb glial parda bilan о„ralgan nerv
hujayralarining о„simtalariga (neyrit va dendritlarga) aytiladi. Nerv tolalari
pardalarining tuzilishiga kо„ra ikki gruppaga bо„linadi: 1) miyelinsiz nerv tolalari;
272
2) miyelinli nerv tolalari.
Miyelinli va miyelinsiz nerv tolalarining markazida о„q silindr joylashgan
bо„lib, u nerv hujayrasining о„simtasidir. О„q silindr oligodendrotsitlar hisobiga
hosil bо„lgan pardalar bilan о„ralgan. Bu hujayralar Shvann hujayralari yoki
neyrolemmotsitlar deyiladi.
Miyelinsiz nerv tolalari asosan vegetativ nerv sistemasining nerv stvollarini
hosil qiladi. Miyelinsiz nerv tolasi neyrolemmotsit bilan о„ralgan о„q silindridan
iborat. Bunda Shvann hujayrasining qobig„i о„q silindrni g„ilof singari о„rab turadi.
Lemmotsitlarning pardalari juda yupqa bо„lganligi sababli yorug„lik mikroskopida
hujayra chegaralari kо„rinmaydi (86-rasm).
86 – rasm. Miyelinsiz nerv tolasi. 1- nerv tolasi; a – nervrolemma; b – Shvann hujayrasi; v – о„q
silindr.
Neyrolemmotsitlar sitoplazmasi nozik lenta sifatida kо„rinib, uning ma‟lum
yerlarida yadrolar joylashgan. Yadro chо„zinchoq yoki tayoqcha shaklida bо„lib,
о„q silindrining uzunasi bо„ylab joylashgan. Tashqi tomondan neyrolemmotsit
bazal membrana bilan qoplangan. Bir neyrolemmotsit tanasidan bir necha (3–5,
ba‟zan 10–20) о„q silindr о„tgan bо„lishi mumkin. Bunday bir necha о„q silindrga
273
ega bо„lgan nerv tolasini «kabel tipidagi» tolalar deyiladi (87-rasm).
87 – rasm. Kabel tipidagi nerv tolasi kо„ndalang kesmasi. 1 - aksonlar; 2 -
neyrolemmotsit: 2.1 - yadro, 2.2 - sitoplazma, 2.3 - plazmolemma; 3 - mezakson; 4 – bazal
membrana.
Elektron mikroskop ostida tekshirishlar shuni kо„rsatdiki, о„q silindr
taraqqiyoti davomida neyrolemmotsit ichiga botib kiradi va uning devoridan
chuqurcha hosil qiladi. Chuqurchaning devorlari о„q silindrni hamma tomonidan
о„rab oladi va uning yon devorlari birlashib ikki membranali tuzilma – mezaksonni
hosil qiladi.
Miyelinli nerv tolalari uzun ipsimon tuzilishga ega bо„lib, bu tolalar
miyelinsiz tolalarga qaraganda ancha yо„g„on va ularning diametri 1 –20 mkm
gacha yetadi. Miyelinli nerv tolasida 2 qismni – ichki – ancha yо„g„on qismni va
tashqi – yupqaroq – neyrolemmotsitlarning yupqa sitoplazmasidan iborat qismini
farq qilish mumkin (88-rasm). Tolalarga osmiy kislotasi bilan ta‟sir qilganda uning
miyelin qismi qora yoki tо„q jigar rangga bо„yaladi, chunki uning tarkibida lipid va
oqsil moddalar bor. Pardaning miyelinli qismi ma‟lum bir masofada (500–600
274
mkm dan 2–3 mm gacha) uziladi. Bularni Ranvye bо„g„iqlari yoki tugun
bо„g„iqlari deb atalib, ular qо„shni neyrolemmotsitlar (Shvann hujayralari)
chegarasida joylashadi. Bо„g„iqlar orasidagi miyelin qavatda oz
yoki
kо„p
miqdorda qiya joylashgan chiziqlar – Shmidt – Lanterman kertiklari bor. Bu
kertiklar miyelin qavatdagi oqsil va lipidlarning о„zaro ma‟lum bir tartibda
joylashishi tufayli hosil bо„ladi. Ikkala tugun bо„g„iqlari orasidagi nerv tolasi
tugunlararo segmentni tashkil etadi. О„z taraqqiyot davrida bо„lg„usi miyelinli nerv
tolasining о„q silindri, miyelinsiz nerv tolasi kabi, Shvann hujayralari tizimchasiga
botib kiradi.
88 – rasm. rasm. 1 - akson; 2 – miyelin qavat; 2.1 - Shmidt – Lanterman kertiklari; 3 -
neyrolemma; 4 – Ranvye bug„iqlari; 5 - tugunlararo segment
Neyrolemmotsit hosil qilgan chuqurchaning yon devorlari ancha kо„tarilgan
bо„lib, о„q silindrni belbog„ kabi о„rab turadi. Asta-sekin neyrolemmotsitning
chetki uchlari о„zaro yaqinlashadi va birikadi, natijada, ikki membranali struktura
– mezaksonni hosil qiladi. Sо„ngra mezakson uzunlashadi va konsentrik holatida
о„q silindr atrofida о„raladi. Shuning natijasida neyrolemmotsit sitoplazmasi
torayadi va о„q silindr atrofida zich zona – miyelin qavati hosil bо„ladi (89-rasm).
275
89 – rasm. Miyelinli nerv tolasining hosil bо„lish sxemasi. A – miyelin pardasi hosil
bо„lishini kо„ndalang kesmasi; B - miyelin pardasi hosil bо„lishining uch о„lchamda kо„rinishi:
1 – mezakson; 2 – akson; 3 – miyelin qobig„i qavatlari; 4 –lemmotsit sitoplazmasi; 5 – Shmidt –
Lanterman kertiklari; 6 – limmotsit yadrosi.
Elektron
mikrosop
miyelin
qavatining
mezaksonning
konsentrik
takrorlanishidan iborat ekanligini kо„rsatadi. Miyelin parda mezaksonning ustma-
ust qatlamlaridan iborat bо„lib, bunda och va tо„q bо„yaluvchi qavatlarni kо„rish
mumkin. Och bо„yaluvchi qavat lipid molekulalaridan, tо„q bо„yaluvchi qavat esa
oqsil molekulalaridan tuzilgan.
Shunday qilib, miyelinli nerv tolasi quyidagi qismlardan tuzilganligini
elektron mikroskop ostida qayd qilishimiz mumkin. Miyelinli tola markazida nerv
hujayrasining о„simtasi – о„q silindr joylashadi. Uni chegaralab turuvchi
plazmolemma yoki aksolemma esa mezaksonning bir necha qavatidan iborat
miyelin qobig„iga tegib yotadi. Miyelin tashqi tarafdan neyrolemmotsitning yadro
saqlovchi yupqa sitoplazmasi bilan о„ralgan. Sitoplazma neyrolemmotsitning
276
tashqi plazmolemmasi vositasida uni о„rab turuvchi bazal plastinkadan ajralib
turadi. Bazal plastinka atrofida kollagen tolalarni va ba‟zan fibroblast hujayralarni
uchratish mumkin.
Nerv tolasi bо„ylab impulsning tarqalishida ularning hujayra qobig„i yoki
plazmolemmasi asosiy о„rin tutadi. Ma‟lumki, hamma hujayralar singari nerv
hujayrasi ham polyarizatsiyalangan holatda bо„ladi. Neyronning polyarizatsiya
holati asosan natriy va kaliy ionlari miqdoriga bog„liq bо„lib, odatda, hujayra
ichida hujayra tashqarisidagiga qaraganda natriy ionlari taxminan 8–10 marta kam,
kaliy ionlari esa 40–50 baravar kо„pdir. Neyron plazmolemmasi ionlarni tanlab
о„tkazish qobiliyatiga ega bо„lib, tinch holatda kaliy tashqariga, natriy esa
ichkariga kirishga moyil bо„ladi. Kaliy ionlarining tashqariga chiqishi natriy
ionlarining ichkariga kirishiga qaraganda tezroq bо„ladi. Natijada, hujayra ichida
manfiy anionlar kо„proq yigilib, о„q silindr ichining manfiyligini belgilaydi.
Potensial ma‟lum birlikka yetgach, neyron ichidagi manfiy potensial kaliyning
tashqariga chiqishiga qarshilik kо„rsatadi. Shunday qilib, hujayraning tinch
holatidagi potensiali yuzaga keladi.
Turli ta‟sirlar natijasida nerv impulsining hosil bо„lishi nerv hujayrasi
membranasining natriyni о„ta tez о„tkazuvchanligiga bog„liq. Ta‟sir natijasida
plazmolemma orqali natriy ionlari neyronlarga о„tib, uning manfiyligini
kamaytiradi, ya‟ni nerv о„simtasining bir qismida depolyarizatsiyani yuzaga
keltiradi. Bu holat, о„z navbatida, о„q silindrining qо„shni qism membranasi
о„tkazuvchanligini о„zgartiradi, sо„ngra depolyarizatsiyaga olib keladi va hokazo.
Depolyarizatsiyaga uchragan qismi esa bir necha millisekund ichida о„zini avvalgi
holatiga qaytadi.
Bayon etilgan mulohazalar miyelinsiz nerv tolalaridan nerv impulsi sekin
о„tishini (1–2 m/s) aniq tushuntirib beradi. Miyelinli nerv tolasida miyelin
izolyator (ajratgich) roliki о„ynaydi, chunki uning lipoproteid qavatlari ionlarning
о„tishiga tо„sqinlik qiladi. Miyelin qavat bо„lgani uchun nerv qо„zg„alishi butun
tola bо„ylab bormay, Ranvye bо„g„iqlari sohasida bо„ladi, xolos. Natijada,
depolyarizatsiyaga uchragan qismlar ma‟lum masofada bо„lib (kо„pincha, 2–2,5
277
mm), nerv impulsining tez о„tishini (5- 120 m/s) belgilaydi. Nerv impulsining
bunday о„tishini Ranvye sohalari bо„ylab sakrab (saltator) о„tkazish deb
tushuntirish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |