Kо‘ndalang-targ‘il muskul tо‘qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi
.
Skelet muskullari mioblast hujayralarining zich tо„plamlari bо„lgan miotomlardan
rivojlanadi. Mioblastlar kо„payib, atrofdagi mezenximaga kо„cha boshlaydi va
bо„lg„usi muskul gruppalarining kurtaklari joylashadigan yerlarda tо„plana boradi.
Mioblastlar yadrolarining jadal bо„linishi natijasida yirik, kо„p yadroli tuzilmalar –
miosimplastlarga aylanadi. Keyinchalik ularda miofibrillalar paydo bо„lib,
miosimplastning periferiyasida joylashadi.
Simplastlarning markazida sarkoplazma va qator tizilgan yadrolar yotadi.
Taraqqiyotning bu davrida ularni muskul naychalari deb yuritiladi. Keyinchalik
miofibrillalarning soni kо„payadi, yadrolar periferiyaga suriladi va shu yо„sinda
kо„ndalang- targ„il muskul tolalari shakllanadi.
Kо„ndalang-targ„il muskul tо„qimasi jarohatlangandan keyin qulay
sharoitlarda tiklanish qobiliyatiga ega bо„ladi. Reperativ tiklanish vaqtida muskul
tolalarida kо„p miqdorda differensiallashmagan mioblastlar hosil buladi. Ba‟zi
mualliflarning fikricha, mioblastlar jarohatlangan muskulning yadro va sitoplazma
saqlaydigan bir bо„lagidir. Muskul tо„qimasida sarkolemmaning bazal qavati va asl
plazmolemmasi orasida yо„ldosh hujayralarning topilishi mioblastlar yо„ldosh
hujayralaridan hosil bо„ladi, degan fikrga olib keldi. Xuddi normal gistogenezda
bо„lgani kabi, mioblastlardan muskul tolalari taraqqiy etadi. Qayta tiklanishda ham
taraqqiyotning uch fazasi kuzatilishi mumkin: 1) mioblastlar fazasi, 2) muskul
258
naychalari fazasi, 3) muskul tolalarining shakllanish fazasi. Qulay sharoitlar
bо„lmagan hollarda muskul tо„qimasining regeneratsiyasi tо„liq nihoyasiga
yetmaydi va shikastlanishda hosil bо„lgan nuqson biriktiruvchi tо„qima chandig„i
bilan almashinadi. Postnatal о„sish davrida muskul tolalari uzunlashadi va
yо„g„onlashadi. Ularning kattaligi shu muskullar bajarayotgan ishga bog„liq.
Tug„ilishning birinchi yillaridan sо„ng muskul tо„qimasining о„sishi faqatgina
tolalarning yо„g„onlashishi (gipertrofiya) bilan bog„liq bо„lib, muskul tolalarining
kо„payishi – giperplaziya (yunon. plazis – hosil bо„lishi) bilan bog„liq emas.
Yurakning kо‘ndalang-targ‘il muskul tо‘qimasi
. Kо„ndalang-targ„il muskul
tо„qimasi yurak miokard qavatida joylashadi. Bu muskul tо„qima skelet
kо„ndalang-targ„il muskuldan farqli ravishda kо„ndalang-targ„il muskul tolalaridan
emas, balki yurak muskul hujayralaridan – miotsitlardan tashkil topgan. Bu
hujayralar faqat yurakda uchragani uchun kardiomiotsitlar deb yuritiladi (82-rasm).
Hozirgi vaqtda 3 xil
82-rasm- Yurak muskul tо„qimasi. 1- yurak muskul tolasi; 2 – yadro; 3– oraliq
plastinkalar; 4 – qon tomirli biriktiruvchi tо„qimali parda; 5 – ikki muskul tolalari orasidagi
anastomoz.
259
kardiomiotsitlarni farq qilish mumkin. Qisqaruvchi-tipik, impuls о„tkazuvchi atipik
va sekretor. Qisqaruvchi kardiomiotsitlar uzunligi 50–120 mkm, kengligi 15–20
mkm, silindr shaklidagi hujayralardir. Ular oraliq plastinkalar orqali о„zaro
birlashib zanjirsimon (tizmasimon) tuzilmalar hosil qiladi. Kardiamiotsit
markazida bir yoki ikki oval yoki chо„zinchoq shakldagi yadro joylashadi.
Miofibrillalar yadro atrofida joylashib, ular orasida mitoxondriyalar kо„p. Silliq
endoplazmatik tо„r va T-sistema yaxshi rivojlangan. Donador endoplazmatik tо„r
kuchsiz rivojlangan (83 - rasm).
83 – rasm. Yurak muskul hujayralari orasidagi oraliq plastinkalarning tuzilish sxemasi.
1 – muskul tolasi pardasi; 2 – oraliq plastinka; 3 – miofibrilalalar; 4 – mitoxondriyalar;
5 – milprotofibriddalar; 6- A disk; 7 – I disk; 8 – sarkoplazma.
Kardiomiotsitlar sarkolemma bilan qoplangan bо„lib, sarkolemma о„z
navbatida plazmatik membrana va bazal membrana bilan о„ralgan. Bazal
membrana oraliq plastinkalar sohasida bо„lmay, kardiomiotsitlarni faqat yon
260
tarafdan о„rab turadi. Oraliq plastinkalar ikki hujayraning plazmatik membranalari
orasida joylashib, elektron mikroskop ostida zinapoyasimon joylashganini
kо„ramiz. Oraliq plastinkalar sohasida kardiomiotsitlar desmosomalar, tirqishli
birikish (neksus), interdigitatsiyalar orqali birlashgan. Oraliq plastinkalarga
miofibrillalarning aktin protofibrillalari kelib tugaydi. Miofibrillalar tuzilishi xuddi
skelet kо„ndalang-targ„il muskul tо„qimasini eslatadi.
Yurakdagi qо„zg„alishni о„tkazuvchi muskul tо„qimasi (Purkinye tolalari
yoki atipik kardiomiotsitlar) ham muskul hujayralari – kardiomiotsitlardan tuzilgan
bо„lib, ular qisqaruvchi kardiomiotsitlardan yirikroq (uzunligi 100 mkm, kengligi
50 mkm), qо„zg„alishni peysmeker hujayralaridan qisqaruvchi muskul tolalariga
о„tkazadi.
Peysmeker (ritm boshqaruvchi) hujayralar atipik muskulning alohida turi
bо„lib, u vegetativ nerv sistemasining tolalari bilan innervatsiya qilingan.
Gistologik preparatlarda atipik hujayralar kuchsiz bо„yaladi. Chunki bu
hujayralarda mioglobin va va miofibrillalar kamroq, sarqoplazma esa kо„proqdir.
Miofibrillalar doimo bir-biriga parallel yotmaydi, natijada bu hujayralarda
kо„ndalang-targ„illik kuchsizroq rivojlangan. Kardiomiotsitlarda mitoxondriyalar
(sarkosomalar), ribosomalar ancha kam, T- sistema esa juda kuchsiz rivojlangan.
Sarkosomalarning kam bo„lishi moddalarni aerob parchalanishi sust ketishini
kо„rsatuvchi dalilidir.
Sо„nggi vaqtlarda yurakning bо„lmacha kardiomiotsitlarida maxsus
glikoproteid tutuvchi sekretor granulalar borligi aniqlandi. Shu bilan birga bu
hujayralar qon bosimi va ionlar munosabatini boshqaruvchi natriy uretik faktor
sekretsiya qilishi, bu hujayralar ma‟lum endokrin funksiyaga ega ekanligini
kо„rsatadi.
Yurak muskul tо‘qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi.
Yurak muskul
tо„qimasi segmentlanmagan mezodermadan, aniqrog„i, splanxnotomning visseral
varag„idan rivojlanadi. Bu varaqdan mioepikardial plastinka hosil bо„lib, uning
hujayralaridan miokard va epikard hosil bо„ladi. Mioepikardial plastinkaning
mezenxima hujayralari mioblast hujayralarga differensiallashib kardiomiotsit
261
hujayralarni hosil qiladi va sо„ngra plastinkalar orqali birlashadi
9
.
Yurak kо„ndalang-targ„il muskul tо„qimasining regeneratsiyasi yoshga qarab
о„zgaradi. Gо„daklarda kardiomiotsit hujayralar bо„linish qobiliyatiga ega bо„lsa,
balog„atga yetgan organizmda va qari odamlarda yо„ldosh (satellit) hujayralar
bо„lmagani uchun va kardiomiotsit hujayralar bо„linish qobiliyatini yо„qotganni
uchun nobud bо„lgan kardiomiotsit hujayralar qayta tiklanmaydi va nobud bо„lgan
kardiomiotsitlar о„rnida (miokard infarktida) biriktiruvchi tо„qimali chandiq hosil
bо„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |